Abu rayhon beruniyning hayoti va ijodi


Oriental Renaissance: Innovative



Yüklə 407,18 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/8
tarix12.03.2023
ölçüsü407,18 Kb.
#102354
1   2   3   4   5   6   7   8
abu-rayhon-beruniyning-hayoti-va-ijodi (1)

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 1 | ISSUE 5 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 
878 
w
www.oriens.uz
June 
2021
 
 
oʻlchash haqida fikr yuritgan. Qadimdan insonlar yerning shakli va kattaligini 
bilishga qiziqqanlar va turli xalqlar yer shaklini turlicha tasavvur qilishgan. 
“Bagʻdodda tashkil topgan „Donishmandlik uyi“ nomli oʻsha davrning fanlar 
akademiyasida O‘rta Osiyolik olimlardan Xorazmiy, Fargʻoniy, Habash Xasib, 
Marvaridiy kabi olimlar turli sohalarda ish olib borganlar”
7
. Uning yozishicha
xalifa Maʼmun buyrugʻiga binoan „Donishmandlik uyi“ning olimlari ikki guruhga 
boʻlinib, Iroqning Mosul shahri gʻarbidagi Sanjar sahrosida gradus oʻlchash usuli 
asosida yer kattaligini aniqlashga kirishishgan, bunda Xolid al-Marvaridiy bir 
guruhga, Abu ibn Iso as Asturlobiy ikkinchi guruhga rahbarlik qilgan. Har qaysi 
guruh oʻzi oʻlchab topgan natijalar boʻyicha bir gradus meridian yoyning 
uzunligini hisoblagan”
8
.
NATIJALAR 
Sulton Mahmud G‘aznaviy Hindistonga qilgan safarining birida Beruniyni 
ham birga olib ketadi, yoʻlda Moʻlton shahrida vaqtincha istiqomat qilishga toʻgʻri 
keladi. “U oʻzga yurtda boʻlishiga qaramay, fursatdan foydalangan holda 
Moʻltondan 400 kilometr gʻarbdagi Nandna qoʻrgʻonida yer kurrasi oʻlchamini 
aniqlashga kirishadi, avval shu joyning geografik kengligini oʻlchab 320001 ga 
teng ekanligini aniqlaydi”
9
. Soʻngra ufqning pasayish burchagini oʻlchaydi. Bu 
haqda olimning oʻzi quyidagicha yozadi: „Hindiston yeridagi Nandna qoʻrgʻonida 
istiqomat qilishimga toʻgʻri keldi. Qoʻrgʻonning gʻarb tomonida baland togʻ, 
janubiy tomonida esa keng sahroni koʻrdim va shu on ufq pasayishini oʻlchash 
usulini sinab koʻrishga kirishdim. Togʻ tepasidan turib yerning lojuvard rangdagi 
osmon bilan tutashganini yaqqol koʻrdim. Qarash chizigʻi vertikalga 
perpendikulyar boʻlgan chiziqdan 00 341 pasaydi. Perpendikulyar boʻlgan togʻ 
balandligini oʻlchadim, u shu yerda qoʻllanadigan oʻlchovda 652,055 choʻzim 
gazga teng keldi“. 
Beruniy tibbiyotga bagʻishlangan „Saydana“ asarida mingdan ortiq dorivor 
moddalar nomini 30 tilda yozib chiqqan. Xorazmdagi siyosiy vaziyat oʻzgarishi 
natijasida Beruniy 998-yili Joʻrjon shahriga ketishga majbur boʻladi. U bu davrga 
qadar Kat va Ray shaharlarida oʻzining dastlabki ilmiy izlanishlarini boshlab 
yuborgan edi. Joʻrjonda kechgan yillar (998-1004) Beruniy uchun yirik izlanishlar 
va ijodiy kamolot davri boʻldi. Oʻzining birinchi astronomik tajribalarini 16 yoshda 
Kat shahrida boshlagan alloma, Joʻrjonda nafaqat astronomiya va boshqa tabiiy 
fanlar bilan shugʻullandi, balki tarix va din tarixi bilan ham qiziqdi. Olimning 
7
Норхўжаева Қ. “Беруний ва унинг геодезия фанига доир ишлари”. – Т.: Фан, 1973. – B. 43. 
8
O’sha asar, B. 138. 
9
Beruniy “Geodeziya”. – Т.: Fan, 1966. – B. 145. 



Yüklə 407,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə