Abu rayhon beruniyning hayoti va ijodi


Oriental Renaissance: Innovative



Yüklə 407,18 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/8
tarix12.03.2023
ölçüsü407,18 Kb.
#102354
1   2   3   4   5   6   7   8
abu-rayhon-beruniyning-hayoti-va-ijodi (1)

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 1 | ISSUE 5 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 
881 
w
www.oriens.uz
June 
2021
 
 
yunoncha suf (sof) so’zi bizga hikmat demakdir. Shuninig uchun faylasufga 
“filosufa”, ya’ni “hikmatni suyuvchi”, deb ism berilgan”. Beruniy fikricha, ba’zi 
musulmon ulamolari bu so’zni manbaini yaxshiroq tekshirib o’tirmay, so’fiya 
so’zining istiloh termin ekanligini bilmay, tavakkal qilib, so’ffiya so’zi suffadan 
olingan, payg’ambar davrida sahobalar doimo suhbatlashib o’tiradigan suffa, ya’ni 
“ahli suffa” so’zi bilan bog’laydilar. Shundan keyin bu so’zni “suf attuyus” (taka 
juni) so’zidan qisqartirilgan deb tushundilar. Beruniyning zamondoshi va do’sti 
bo’lmish atoqli shoir Abul-Fath Bustiyning mana bu so’zlarini ham keltiradi: 
“Odamlar so’fiy so’zida tortishib, qadimdan turli fikrda bo’ldilar, uni suf-jun 
so’zidan olingan dedilar. Menimcha, so’fiy ko’ngli pok-sofiy deb bilish eng 
to’g’ridir”. Albatta, Abul-Fath Bustiyning bu fikri ilmiy emas, balki badiiy, poetik, 
estetik yondoshuvidir. Beruniy bunday talqinni ilmiylikdan “yaxshigina chetga 
chiqish”, deb baholaydi. Beruniy qadimgi yunonlarning borliq hodisalarini va 
ayrim fozil, yetuk san’at egalarini ilohiylashtirish odatini ham tasavvufiy qarashlar 
bilan aloqador ekanligini tushuntiradi. “Beruniy fikricha, ba’zi insonlar bu 
dunyodagi hayotida odamlarga ko’p yaxshiliklar qilgani tufayli, o’lganlaridan 
keyin ularning ruhlari ham yaxshilik qilishni davom ettirgani uchun, odamlar 
ularning ruhlariga hurmat va ta’zim bildirib, ularning haykallarini yasab, chiroyli 
maydonlarga qo’yganlar”
15
. Jolinus turli san’atlarni o’rganishga qiziqtiradigan 
kitobida bunday deydi: “Xalqning fazilatli arboblari, izzatli va sharafli bo’lishga 
erishgan zotlar o’z san’atlarini yaxshi ishlata bilishlari sababli ilohiylashtirilgan. 
Shular jumlasidan, Asklepius va Diyonisius (Dionis) ilgarigi vaqtda ikkita inson 
bo’lsalar ham, yo keyinchalik, yoki o’sha davrning o’zidayoq iloh, deb tanilganlar. 
Chunki ikkalovi ham o’z sohasida eng ulug’ sharafga ega bo’lganlar. Ularning biri 
odamlarga tabiblik san’atini, boshqasi esa tokchilikni o’rgatgan”. Beruniy yana bir 
o’rinda tabobat ustozlaridan Buqrot (Gippokrat) ham Asklepiy ruhidan madad 
so’rab, xo’roz qurbonlik qilganini aytadi. Bu marosim musulmonchilikda, aziz 
avliyolarga, pirlarga atab hayr-ehson qilish, “is chiqarish” marosimini eslatadi. 
Beruniy fikricha, Zevs ham, Zuhra (Afrodita) ham Quyosh va Venera 
sayyoralarining badiiy-estetik ramzi-obrazlaridir. 
XULOSA 
“Beruniy “Hindlarning aqliy va xissiy mavjud narsalar haqidagi 
tushunchalari” haqidagi shu bobda ilmiy tafakkur va diniy, mifologik, estetik 
tafakkurining o’ziga xos qonuniyatlari borligini juda teran tushuntiradi”
16
. Beruniy 
15
Жалилов Ғ. “Абу Райҳон Беруний”. – Т.: Фан, 1950. – B. 310.
16
Irisov.A Abu Rayhon Beruniyning “Hindiston” asari.Tanlangan asarlar.II tom. – T.: Fan, 1965. – B. 55. 



Yüklə 407,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə