Abu rayhon beruniyning hayoti va ijodi


ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR



Yüklə 407,18 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/8
tarix12.03.2023
ölçüsü407,18 Kb.
#102354
1   2   3   4   5   6   7   8
abu-rayhon-beruniyning-hayoti-va-ijodi (1)

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR 
1022-1024-yillarda Mahmud Hindistonga qilgan yurushida Beruniyni oʻzi 
bilan olib ketdi. Safarda ham Beruniy ilm bilan shugʻullandi”. U Panjobdagi 
Nandna qal’asi yonida yer shari meridianini bir gradusining uzunligini oʻlchadi va 
u 11895 km. ekanini aniqladi. Bu maʼlumot hozirgi zamon oʻlchashlari natijasi - 
1
Mamatov N., Hojeboyev A., Yo’ldoshev S. Falsafa. – T.: Sharq, 2005. – B. 66. 
2
Po‘latova D., Qodirov M., Ahmedova M., Abduhalimov A. Falsafa tarixi (Sharq falsafasi). – T.: TDSHI, 2013. – B. 
132.


Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 1 | ISSUE 5 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 
877 
w
www.oriens.uz
June 
2021
 
 
11110 km bilan taqqoslansa, Beruniy oʻlchashlarining aniqligi qay darajada ekani 
koʻrinadi”
3
. U Hindistonda „Hindiston“ asari uchun maʼlumot yigʻdi va uni 1030-
yil yozib tugatdi. Oʻsha yili Mahmud vafot etdi va uning oʻrniga oʻgʻli Mas’ud 
taxtga chiqdi. Mas’ud Beruniyga koʻp iltifotlar koʻrsatdi. Shu sababli, Beruniy 
oʻzining shoh asarini Mas’udga bagʻishlab „Qonuni Mas’udiy“, deb atadi. Bu asar 
asosan astronomiyaga oid boʻlsa ham, Beruniyning matematikaga oid, yaʼni 
trigonometriya va sferik trigonometriyada qilgan anchagina kashfiyotlari shu 
asarda bayon etilgan. Beruniyning matematikaga va fanning boshqa sohalariga 
qoʻshgan hissasini yozib qoldirgan 100 dan ortiq asaridan ham koʻrish mumkin. 
Ulardan eng yiriklari „Hindiston”, “Qonuni Mas’udiy“, „Geodeziya“, 
„Mineralogiya“ va „Astronomiya“. Qolganlarini quyidagicha taqsimlash mumkin: 
matematikaga doirlari 22 ta; astronomik asboblar haqida 10 ta; astrologiklari 21 ta; 
turli fanlar (fizika, mineralogiya, adabiyot, tarix va boshqalar) - 38 ta; turli tillardan 
tarjima asarlar 21 ta”
4
. “Beruniyning bu asarlaridan atigi 30 ga yaqini bizning 
kunlargacha yetib kelgan. Beruniy yoshligidayoq koʻp vaqtini turli kuzatishlar 
bilan oʻtkazgan. U bolalik chog’idayoq astronomik asbob yasagan. Xorazmning 
turli joylar koordinatalarini aniqlash bilan shugʻullangan va 995-996-yillarda Kat 
shahrida diametri 15 ziroʻ (Ziroʻ qadimgi oʻlchov birligi, 49 santimetr chamasida) 
boʻlgan doira va boshqa asboblar bilan astronomik oʻlchash ishlarini olib borgan. 
Beruniyning 152 asari maʼlum boʻlib, bizgacha uning faqat 30 ga yaqini yetib 
kelgan”
5
. Jami asarlarining 70 tasi astronomiyaga, 20 tasi matematikaga, 12 tasi 
geografiya va geodeziyaga, 4 tasi mineralogiyaga, 1 tasi fizikaga, 1 tasi 
dorishunoslikka, 15 tasi tarix va etnografiyaga, 4 tasi falsafaga, 18 tasi adabiyotga 
bagʻishlangan. U 50 yoshida qadimiy sanskrit tilini oʻrgandi, bundan tashqari, fors, 
arab, yahudiy, grek tillarini ham bilar edi. Beruniyning boy ilmiy merosi hali toʻla 
oʻrganilmagan. Beruniy yirik olim Abu Nosir ibn Iroqdan Evklid geometriyasi, 
Ptolemeyning astronomik taʼlimotlari boʻyicha dars olgan. 995-yilgacha u 
astronomiya, geografiya, geodeziyaning amaliy masalalarini hal etish bilan birga 
yer va osmon globusini yasadi hamda astronomiyaga oid bir necha kitoblar yozdi. 
Olimning ana shunday asarlaridan biri „Geodeziya“ 1025-yilda yozib tugatilgan. 
Bu asar „shaharlar orasidagi masofalarni aniqlash uchun joylarning chegaralarini 
belgilash“
6
ga doirdir. Kitobning 4-bobi oxirida Beruniy yer aylanasining kattaligini 
3
Falsafa ensiklopedik lug’at. – T.: “O’zbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti, 2010. – B. 214.
4
Mamatov N., Hojeboyev A., Yo’ldoshev S. Falsafa. – T.: Sharq, 2005. – B. 55. 
5
Po‘latova D., Qodirov M., Ahmedova M., Sulaymonov J. Yangi va eng yangi davr Sharq falsafasi. – T.: TDSHI, 2013. 
– B. 93. 
6
Beruniy “Geodeziya”. – Т.: Fan, 1966. – B. 38. 



Yüklə 407,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə