Abulqosimov h. P., Muminov n. G


 Xufyona iqtisodiyotni namoyon bo‘lishining asosiy shakllari



Yüklə 3,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/158
tarix28.11.2023
ölçüsü3,96 Mb.
#136477
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   158
- P2

1.2. Xufyona iqtisodiyotni namoyon bo‘lishining asosiy shakllari 
va sohalari 
Mashhur iqtisodchi E.Fayg xufyona iqtisodiy harakatlarning 
to‘rtta xilini ajratadi: nolegal (maxfiy, yashirincha), hisobga 
olinmagan, ro‘yxatga olinmagan va norasmiy iqtisodiy faoliyat. 
1.
Nolegal iqtisodiyot.
Nolegal iqtisodiyot tijoratning qonuniy 
shakllari sohasini belgilab beruvchi, yuridik normativlarni buzuvchi 
iqtisodiy faoliyat tomonidan ishlab topilgan daromadning sinonimi 
sifatida ishtirok etadi. Nolegal tadbirkorlar ta’qiqlangan tovarlar va 
xizmatlarni ishlab chiqarishda va ularni taqsimlashda ishtirok etadi 
(giyohvondlik 
moddalarini 
noqonuniy 
ishlab 
chiqarish, 
chayqovchilar tomonidan valyuta ayirboshlanishi va h.k.).
2.
Hisobga olinmagan iqtisodiyot
. Hisobga olinmagan 
iqtisodiyot institutsional jihatdan o‘rnatilgan, soliq kodeksida qayd 
etilgan fiskal qoidalarni chetlab o‘tuvchi yoki ulardan bo‘yin 
tovlovchi iqtisodiy faoliyatni o‘z ichiga oladi. Hisobga olinmagan 
iqtisodiyotdan olingan daromadlar soliq organlariga xabar 
qilinmaydi. Bunda “soliq bo‘shlig‘i” – soliq tushumlarini nazarda 
tutuvchi summa bilan amalda olingan daromad o‘rtasidagi farq 
yuzaga keladi. 
3.
Ro‘yxatga olinmagan iqtisodiyot
. Ro‘yxatga olinmagan 
iqtisodiyot hukumat statistika organlarining talablariga ko‘ra 
belgilangan institutsional qoidalarni chetlab o‘tuvchi iqtisodiy 
faoliyat turidan tarkib topgan. Bu yerda davlat milliy statistika 
tizimida ro‘yxatga olinmagan daromad summasi asosiy ko‘rsatkich 
hisoblanadi. E.Faygning fikriga ko‘ra, ro‘yxatga olinmagan daromad 


– bu amaldagi umumiy daromad bilan statistika tizimi tomonidan 
qayd etiladigan daromad o‘rtasidagi farqdir. Rivojlanayotgan 
mamlakatlarda uyda ishlab chiqarish ro‘yxatga olinmagan iqtisodiy 
faoliyatning muhim tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi.

Yüklə 3,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   158




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə