Abulqosimov h. P., Muminov n. G



Yüklə 3,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/158
tarix28.11.2023
ölçüsü3,96 Mb.
#136477
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   158
- P2

 
1.2.1-jadval 
Yashirin iqtisodiyotning farqlanish mezonlari
14
 
Asosiy belgilari 
“Ikkinchi” 
yashirin 
iqtisodiyot 
“Kul rang” 
yashirin 
iqtisodiyot 
“Qora” yashirin 
iqtisodiyot 
Sub’ektlari 
Rasmiy (“oq”) 
iqtisodiyot sektori 
menejerlari 
Norasmiy 
guruhlar 
Professional 
jinoyatchilar
13
Qarang: Вечканов Г.С. Экономическая безопасность: Учебник для вузов. - 
СПб.: Питер 2007. Глова 12; Попов Ю.Н., Тарасов М.Е. Теневая экономика в 
система рыночного хозяйства: Учебник. –М.: Дело, 2005. –С 11-43. 
14
Латов Ю.В., Ковалев С.Н. Теневая экономика: Учебное пособие для вузов. 
/ Под. ред. д.п.н., д.ю.н., проф. В.Я.Кикотя; д.э.н., проф. г.М.Казиахмедова. – М.: 
«Норма», 2006. -С. 15. 


Ob’ektlari 
Ishlab 
chiqarishsiz 
daromadni qayta 
taqsimlash 
Oddiy tovar va 
xizmatlarni ishlab 
chiqarish 
Taqiqlangan 
va 
kamyob 
bo‘lgan 
tovar 
va 
xizmatlarni ishlab 
chiqarish 
“Oq” iqtisodiyot 
bilan bog‘liqligi 
“Oq” iqtisodiyot 
bilan ajralmas 
Nisbatan erkin 
“Oq” iqtisodiyotga 
nisbatan 
avtonomdir 
Xufyona iqtisodiyotni o‘rganish va tahlil etish taxminan yarim 
asrdan buyon davom etayotgan bo‘lsa ham, olimlarda va 
tahlilchilarda uni tahlil qilishning yagona yondashuvi hanuzgacha 
mavjud emas. Masalan, ingliz tilidagi manbalarda “informal 
economy” (norasmiy iqtisodiyot), “underground economy” (yashirish 
(maxfiy) iqtisodiyot), “shadow economy” (soyadagi (pana) 
iqtisodiyot), “black economy” (qora iqtisodiyot) kabi terminlarni 
uchratish mumkin, va bu terminlar turli tadqiqotchilarda turli ma’noni 
anglatmoqda
15

“Ikkinchi” yashirin iqtisodiyot – bu “oq” iqtisodiyot ishchi va 
xodimlarining o‘z ish joylarida yashirincha, qonun bilan taqiqlangan 
iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanishlari bo‘lib, ushbu faoliyat avval 
yaratilgan milliy daromadning yashirin qayta taqsimlanishiga olib 
keladi. Bu faoliyat bilan, asosan, boshqaruv mahkamasidagi “obro‘li 
odamlar” (“oq yoqalilar”) shug‘ullanganligi sababli yashirin 
iqtisodiyotning ushbu turini “oq yoqalilar”, deb nomlashadi. Jamiyat 
nuqtai nazaridan “ikkinchi” yashirin iqtisodiyot hech qanday yangi 
tovar va xizmatlarni yaratmaydi. “Ikkinchi” iqtisodiyotda bir necha 
odamlar boshqa odamlarning yo‘qotishlari evaziga naf ko‘radilar 
(daromad oladilar). “Ikkinchi” yashirin iqtisodiyot – shaxsiy ehtiyoj 
va davlat tomonidan hisobga va ro‘yxatga olinmaydigan ehtiyojlarni 
qondirish maqsadida alohida fuqarolar o‘rtasida va ularning norasmiy 
birlashmalari o‘rtasidagi mustaqil iqtisodiy munosabatlardir. Bu 
munosabatlar fuqarolarning davlatning xo‘jalik mexanizmidagi 
xatolar, aholi talablari, xohishlari inobatga olinmasligiga qarshi aks 
ta’siridir. 
15
Муминов Н.Г. Яширин иқтисодиётнинг моҳияти, сабаблари ва оқибатлари: 
назарий ёндашув // Иқтисод ва молия, №8, 2016. Б.3. 


Bular eng avvalo: 
a) moliya va soliq xizmatlarining soliqlarni to‘lashdan bo‘yin 
tovlashni rag‘batlantiradigan darajada zaifligi; 
b) rivojlangan bozor tizimining noqonuniy resurslar manbalariga 
tayanishga majbur etadigan darajada mavjud emasligi; 
v) haddan ziyod va, shu jumladan, qonunlarga xilof ravishda 
ma’muriylashtirilganlik; 
g) nodavlat tadbirkorlikka nisbatan davlatning hozirdagi 
siyosatining uzoq muddatlarga mo‘ljallanganligiga shubha tug‘ilishi. 
“Kul rang” yashirin iqtisodiyot – qonun tomonidan 
taqiqlanmagan, lekin ro‘yxatga olinmaydigan tovar va xizmatlarni 
ishlab chiqarish va sotish bilan shug‘ullanuvchi iqtisodiy faoliyatdir. 
“Oq” iqtisodiyot bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan va uning hisobiga 
tekinxo‘rlik qilib yashaydigan “ikkinchi” yashirin iqtisodiyotdan 
farqli o‘laroq “kul rang” yashirin iqtisodiyot nisbatan mustaqil 
faoliyat yuritadi. Litsenziya, soliq va boshqalarga ketadigan 
xarajatlardan qochish maqsadida xususiy ishlab chiqaruvchilar ongli 
ravishda rasmiy ro‘yxatdan o‘tishmaydi, yoki bu faoliyat to‘g‘risidagi 
hisobot umuman ko‘rib chiqilmaydi. Bu sektorda mustaqil ishlab 
chiqaruvchilar yoki litsenziyaga ega bo‘lish, soliq to‘lash va boshqa 
shu kabi xarajatlardan qochib rasmiy hisobga olinishdan ongli 
ravishda bo‘yin tovlashadi, yoki bunday faoliyat to‘g‘risida hisobot 
umuman nazarda tutilmagan bo‘ladi. 
“Qora” yashirin iqtisodiyot (uyushgan jinoyatchilik iqtisodiyoti) 
– qonun tomonidan taqiqlab qo‘yilgan tovar va xizmatlarni ishlab 
chiqarish va sotish bilan bog‘liq noqonuniy iqtisodiy faoliyatdir. 
“Qora” yashirin iqtisodiyot “kul rang” iqtisodiyotga rasmiy 
iqtisodiyotdan nisbatan ko‘proq ravishda ajralgandir. Keng ma’noda 
normal iqtisodiy hayotga to‘g‘ri kelmaydigan, uni buzadigan barcha 
faoliyat turlari “qora” yashirin iqtisodiyotga kiradi. Bu faoliyatga 
faqatgina zo‘ravonlikka asoslangan qayta taqsimlash (o‘g‘rilik, 
bosqinchilik, tovlamachilik) emas, balki jamiyatni yemiradigan tovar 
va xizmatlarni ishlab chiqarish ham (narkobiznes, qimor o‘yinlari, 
fohishabozlik, reket) kiradi. Kriminal, jinoiy xufyona iqtisodiyotni 
noqonuniy ishlab chiqarish, yashirin ishlab chiqarish va ongli 
ravishda oldindan rejalashtirib, g‘arazli maqsadlarni ko‘zlab qilingan 
jinoyatlar tashkil etadi. 


Noqonuniy ishlab chiqarishga biznes va tadbirkorlik shaklida 
tashkil etilgan qonunchilikda qat’iyan man qilingan faoliyat turlari 
kiradi. Bunday faoliyat turlariga quyidagilar kiradi: 
– qurol-yarog‘lar ishlab chiqarish va sotish; 
– narkobiznes; 
– kontrabanda; 
– qimorxona, qimor o‘yinlarini tashkil etish; 
odam savdosi
– fohishalik va h.k. 
Ushbu faoliyat turlari yashirin, nolegal korxona, sex, yashirin 
biznes va tadbirkorlik sub’ektlari yoki rasmiy ravishda faoliyat 
yuritayotgan korxonalar (firmalar) shaklida tashkil etiladi. Yashirin, 
jinoiy xufyona iqtisodiyot doirasida uyushgan jinoyatchilik vujudga 
kelib rivojlanadi. Uyushgan jinoyatchilikka asoslangan jinoiy 
xufyona iqtisodiyot ko‘pgina holatlarda yuqorida bayon qilingan 
qonunchilikda man qilingan tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarish va 
sotish bilan shug‘ullanadi.
Jinoiy uyushgan iqtisodiy faoliyat shakllaridan biri reketdir. 
Reket odamlarni qo‘rqitish, shantaj qilishga asoslangan biznes deb 
hisoblanadi. Bunday faoliyat turlariga rasmiy iqtisodiy hayotda to‘liq 
inkor etilgan, ular bilan kelisha olmaydigan, rasmiy iqtisodiyotning 
buzilishiga olib keluvchi xatti-harakatlar kiradi. Ushbu taklif 
etilayotgan tasniflashni absolyutlashtirish kerak emas. Yashirin 
iqtisodiyotning turli shakllari o‘rtasida keskin chegara mavjud emas. 
Masalan, uyushgan jinoiy guruhlar norasmiy sektor korxonalaridan 
“o‘lpon” yig‘ishlari va o‘zlarining daromadlarini poklab olish uchun 
qonuniy tadbirkorlar bilan aloqalaridan foydalanishlari mumkin 
(qarang:1.2.2-jadval). 
Xufyona iqtisodiyot barcha tovarlar va xizmatlar, resurslar 
bozorini hamda iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini qamrab oladi. 
Shuningdek, huquqiy shaxs maqomiga ega bo‘lmagan, rasmiy 
ro‘yxatga olinmagan va huquqiy shaxs maqomiga ega bo‘lgan 
korxonalar xufyona iqtisodiyot sub’ektlari bo‘lishi mumkin. 



Yüklə 3,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   158




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə