Lapasov Muhiddin mmt-83



Yüklə 26,86 Kb.
səhifə1/3
tarix05.05.2023
ölçüsü26,86 Kb.
#108554
  1   2   3
Tezis Moliya


Lapasov Muhiddin MMT-83
Tezis
Mavzu: Asosiy va aylanma kapital.
Kapital so’zi (nem. Kapital; lot. capitalis — bosh, asosiy), sarmoya
keng ma'noda — o'z egasiga daromad keltirish xususiyatiga ega bo'lgan jami vositalar va mablag'lar; yangi qiymat keltiruvchi, o'zini o'zi ko'paytiruvchi qiymat. Tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarish uchun kishilar tomonidan yaratilgan resurslar;
tor ma'noda — ishlab chiqarish vositalari ko'rinishidagi ishga qo'yilgan, ishlab turgan daromad manbai.
Kapitalning paydo bo'lishiga tovar ishlab chiqarish, tovar muomalasi dastlabki shart hisoblanadi. Bozorda o'ziga xos, alohida tovar — ish kuchining paydo bo'lishi bilan oddiy tovar ishlab chiqarish kapitalistik ishlab chiqarishga aylanadi, tovar ishlab chiqarishning shu davrida tovar muomalasidagi pul kapitalga aylanadi.
Firma tashkil etilish chog'ida unga qo'yilgan pul ustav (nizom) kapitali, deb yuritiladi. Bu pul topilgan daromadni kapitalga aylantirish natijasida ko'payib boradi va firmaning umumiy (yalpi) kapitali hosil bo'ladi. Kapital dastlab pul shaklida bo'ladi, shu sababli u nominal kapital hisoblanadi. Bu pulga resurslar sotib olib, ishlab chiqarish amalda yurgizilib foyda topilganda real kapital yuzaga keladi. Individual, ya'ni xususiy korxonalardagi kapital ayrim mulkdorlarga tegishli bo'lsa, birgalikdagi firmalardagi kapital sheriklarga tegishli bo'ladi. Bunda sheriklar pulini bir yerga jamlab va firmaga qo'yib umumiy kapital hosil qilishadi. Bu kapital ayrim mulkdorlarning ulushi shaklida bo'lsada, amal qilishi jihatidan korporativ guruhiy kapital bo'ladi. Aksioner jamiyat shaklidagi korxonalarning kapitali mana shunday korporativ tavsifga ega.
Kapital o’zining kelib chiqishi va o’sish manbasidan qat’iy nazar ikkiga bo’linadi: asosiy va aylanma kapital.
Asosiy kapital bu shunday kapitaldirki, unda mujassamlashgan bozor qiymati yaratilgan tovar va xizmatlar narxiga biryo'la emas, balki kichik qismlarga bo'lingan holda va uzoq vaqt davomida ko'chadi hamda shu davrda egasiga qaytib keladi.
Asosiy kapitalni xo'jalik amaliyotida asos1Y vosltalar, deb yuritiladi va buxgalteriyada hisobga olinadi. Asosiy kapital bino, inshoot, asbob-uskuna, turli mashinalar va jihozlarga sarflangan pul bo'lib, ularning resurs sifatidagi xususiyatlarini o'zida mujassam etadi. Bu asosiy kapitalning quyidagi belgilarida o'z aksini topadi:
l. Asosiy kapital bir necha ishlab chiqarish siklida (davrida) xizmat qiladi. Masalan, korxona yiliga 2 marta tayyor mahsulot chiqaradi. Korxona joylashgan bino 40 yil xizmat qiladi. 40 yil davomida 80 ta (40x2=80) ishlab chiqarish sikli yuz beradiki, binoga sarflangan asosiy kapital 80 yillik sikl davomida ishlatiladi.
2. Asosiy kapital qiymati tayyor tovar va xizmatlar narxiga qismlarga bo'linib har yili ko'chadi. Mana shu qism amaliyotda amortizatsiya ajratmasi deb yuritiladi. Faraz qilaylik agar stanok 5 mln so'm tursa va 5 yil xizmat qilsa, bunda amortizatsiya yiliga 1 mln so'mni (5:5=1) tashkil etadi. Bordi-yu gidroinshoot 500 mlrd so'm tursa va 100 yil xizmat qilsa, uning bir yillik amortizatsiyasi 5 mlrd so'm bo'ladi (500:100=5).
3. Asosiy kapitalda gavdalangan vositalar uzoq vaqt xizmat qilib, o'z qiymatini tovar va xizmatlar narxiga qisman o'tkazib borganidan, ularning qaytadan tiklanishi eskirib bo'lganidan so'ng va uzoq vaqt o'tgach yuz beradi. Mana shundagina asosiy kapitalga aylangan pul o'z egasiga qaytib keladi. Binobarin asosiy kapitalning qaytim davri uzun bo'ladi. Demak, asosiy kapital sekin aylanadi (oborot qiladi), ya'ni uning pul shaklida sarflanib, so'ngra yana pulga aylanib, qaytib kelish davri cho'ziladi. Masalan, asosiy kapital qo'yilgan bino 50 Yil xizmat qiladi, unga sarflangan pul 50 yilda qaytib keladi. Agar bu pul 1 mlrd so'm bo'lsa, u har yili egasiga 20 mln so'm miqdoridagina tegadi.
4. Asosiy kapital gavdalangan vositalarning moddiy shakli yaratilgan tovarda aks etmaydi. Masalan, tayyor kostyumni olsak uning qanday gazlamadan tikilganligini ko'z bilan ko'rish mumkin, lekin uning qanday mashinalar yordamida tikilganligini bilib bo'lmaydi.
Ishlab chiqarish uchun mashina, uskunalar, bino va inshootning o'zi kifoya qilmaydi. Buning uchun xomashyo, yoqilg'i, elektroenergiya, butlovchi qismlar, ularni qayta ishlab yoki yig'ib mahsulot yaratuvchi ish kuchi ham talab qilinadi. Bularga sarflangan pul esa aylanma kapitalni hosil qiladi.

Yüklə 26,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə