Lapasov Muhiddin mmt-83



Yüklə 26,86 Kb.
səhifə2/3
tarix05.05.2023
ölçüsü26,86 Kb.
#108554
1   2   3
Tezis Moliya

Aylanma kapital shunday kapitaldirki, uning bozor qiymati bir siklning o'zida yaratilgan tovar va xizmatlarga to'laligicha va bir yo'la o'tadi.
Aylanma kapital amaliyotda aylanma vositalar, deb yuritiladi va buxgalteriyada hisob-kitob qilinadi. Aylanma kapital bu firmaning ashyoviy resurslar va ish kuchiga sarflangan mablag'idir.
Aylanma kapital asosiydan quyidagilar bilan ajralib turadi:
• Aylanma kapital moddiy jihatdan qisqa vaqtda ishlatilib tugallanadigan vositalardan iborat. Masalan, gazlama yaratish uchun sotib olingan kalava ip u to'qib bo'lingach tugallanadi. Uni to'qigan stanok esa o'z xizmatida davom etaveradi.
• Aylanma kapital o'zining bozor qiymatini tayyorlangan mahsulotlarga to'la ko'chiradi. Yana gazlama misoliga qaytsak, bir o'ram kalava 50 ming so'm turadi, undan 10 metr gazlama to'qilib bo'lgach, bu pul gazlama sotish narxiga kiradi. Agar 10 metr gazlama 80 ming so'm tursa, shundan 50 mingi kalava olishga ketgan aylanma kapital sarfi bo'ladi.
• Aylanma kapitalda gavdalangan xomashyo materiallar va butlovchi qismlarning moddiy shakli mahsulotda o'z ifodasini topadi. Masalan, avtomobilni uni nimadan qilinganligini, qanday rangga bo'yalganligini, qanday qismlardan yig'ilganligini bilish mumkin, lekin uni yig'ishda qanday asbob-uskuna ishlatilganligini bilib bo'lmaydi.
• Aylanma kapital o'z qiymatini mahsulotlarga bir yo'la o'tkazib borganidan uning aylanishi tez boradi. Asosiy kapital bir marta aylangan holda aylanma kapital ko'p marta aylanib ulguradi. Uning aylanishi bir ishlab chiqarish siklining o'zida yuz beradi. Masalan, korxona velosiped chiqargan bo'lsa, u sotilgach, unda mujassamlashgan aylanma kapital qiymati darhol korxonaga qaytib ketadi. Agar velosiped chiqarish yiliga 5 marta bo'ladi deb faraz qilsak, aylanma kapital yiliga 5 marta aylanadi, 5 yilda esa 25 marta aylanadi. Shu davrda korxonadagi asosiy kapital faqat bir marta aylanishi mumkin.
• Asosiy kapitaldan farqliroq aylanma kapital ishlab chiqarishning insoniy omili bo'lgan ish kuchida ham ifodalanadi. U ish kuchini yollashga sarflanadi, ish kuchi esa tovar va xizmatlarni yaratadi. Bular narxiga ish kuchiga sarflangan ish haqi ham kiradi, ular sotilgach, bu pul firmaga qaytib keladi. Ish kuchiga sarflangan kapital moddiy jihatdan yaratilgan tovarda ifodalanmaydi, chunki tovarni kir yaratganligini bilib bo'lmaydi.

Yüklə 26,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə