Academic research in educational sciences


ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES



Yüklə 225,87 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix21.12.2022
ölçüsü225,87 Kb.
#97474
1   2   3   4
114-117

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES 
VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2021 
ISSN: 2181-1385 
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-6-114-117
Academic Research, Uzbekistan 115 www.ares.uz 
o„rganish malakasini singdirish va ularga musiqa madaniyatini tarkib toptirishdir. 
Boshlang„ich sinflardagi musiqa madaniyati darslari, umumiy ta‟limning axloqiy - 
estetik tarbiya berish tizimining ajralmas bir qismi bo‟lib hisoblanadi. 
Milliy qadriyatlar boshlang„ich sinf o„quvchilarini kundalik faoliyatida odat, 
an‟ana tusiga kirib qolgandagina, u ma‟naviy shakllanishga bevosita ta‟sir etadi. 
Qadriyatlarning bolalarga bo„lgan ta‟siri kattalarga bo„lgan ta‟siridan ancha ustun 
turadi, chunki kattalarning dunyoqarashi va e‟tiqodlari, odatlari qaror topgan bo„lsa, 
bolalarda endilikda ularning poydevori qo„yilayotgan bo„ladi.
Boshlang„ich sinf o„quvchilari o„z tabiatiga ko„ra ta‟sirchan bo„lganliklari 
uchun ularga borliq va undagi voqealarning ta‟siri kuchlidir. Borliqdagi voqea va 
hodisalar turli-tuman bo„lganidek, qadriyatlarning shakl va mazmuni ham rang-
barangdir. Ayniqsa, o„zbek oilalarida qadim-qadimdan meros sifatida o„tib 
kelayotgan o„git va nasixat qilish usuli bolalarda insoniy fazilatlarni shakllantirishda 
muhim ahamiyatga ega. Chunonchi; 
- insonlarni inson tomonidan qadrlash;
- insoniylik burchini anglash;
- halol va rostgo„y bo„lish; 
- yaxshilik haqida teran fikr yuritish kabilar meros sifatida alohida ahamiyatga 
ega. 
Boshlang„ich sinf o„quvchilarini “Odobnoma”, “O„qish”, “Atrofimizdagi 
olam”, “Mehnat”, “Jismoniy tarbiya”, “Musiqa”, “Tasviriy san‟at” kabi darslarda 
milliy qadriyatlar, an‟ana va urf-odatlarimiz asosida tarbiyalash maqsadga muvofiq 
bo„ladi. 
MUHOKAMA VA NATIJALAR
 
Musiqa madaniy hayotimizda keng o„rin tutgan, inson shaxsiyatini 
rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadigan san‟at turidir. Har bir insonni 
ma‟naviy shakllanishida oilani, maktabni, jamiyatni ahamiyati katta. Chunki insonni 
insoniylik xususiyatlari jamiyatda tarkib topadi. Yosh avlodni kamolot sari 
yetaklashda tarbiyani ko„plab omillari qatori musiqa tarbiyasi alohida o„rin tutadi. 
Musiqa tarbiyasi nafosat tarbiyasining asosiy va murakkab qirralaridan biri bo„lib, 
insonni atrofdagi go„zal narsalarni to„g„ri idrok etishga va qadrlashga o„rgatadi. 
Musiqa inson ruhiyatiga kuchli ta‟sir ko„rsatish imkoniyatiga ega bo„lib, uni nafosat 
olamiga olib kirish va axloqiy g„oyaviy tarbiyalashni muhim vositasidir. Musiqa 
insonni yuksak did bilan qurollantiradi va unga ma‟naviy ozuqa beradi. Maktabda 
musiqa o„qitishning asosiy maqsadi o„quvchilarda musiqa madaniyatini shakllantirish 



Yüklə 225,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə