Academic research in educational sciences


ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES



Yüklə 225,87 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix21.12.2022
ölçüsü225,87 Kb.
#97474
1   2   3   4
114-117

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES 
VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2021 
ISSN: 2181-1385 
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-6-114-117
Academic Research, Uzbekistan 116 www.ares.uz 
ulami zamon talabiga javob bera oladigan barkamol inson qilib voyaga yetkazish. 
Maktabda musiqa darslarini o„qitishning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: - 
o„quvchilarni musiqa san‟atiga bo„lgan qiziqishi va mehr-muhabbatini oshirish; - 
musiqiy faoliyatlar jarayonida o„quvchilami musiqiy qobiliyatlari musiqiy o„quvi, 
ovozi, diqqat-e‟tibori va ijodkorlik his-tuyg„ularini o„stirish; - musiqiy asarlarini 
badiiy-g„oyaviy mazmuni vositasida axloqiy estetik ruhda tarbiyalash; - musiqa 
darslarida o„quvchilami kasb-hunarga yo„naltirish, mehnatga muhabbat, Vatanga 
muhabbat, kattalarga hurmat tuyg„ularini shakllantirish. Mazkur maqsad va 
vazifalami amalga oshirish o„qituvchining kasbiy va pedagogik mahoratlariga bog'liq. 
Har qanday san‟atkor ham, maktabda musiqa madaniyati darslarini olib borolmaydi. 
Buning uchun musiqa o„qituvchisi pedagogika, psixologiya, bolalar fiziologiyasi va 
shu qatori boshqa yo‟nalishlardan xabardor bo‟lishi kerak. 
O„quvchilaming musiqiy ijodkorligini taassurotini boyitishda, tasavvurlarini 
kengaytirishda musiqa tinglash faoliyatini ahamiyati katta. Musiqa tinglash darsining 
boshidan oxirigacha amalga oshadi, chunki musiqa madaniyati darslarining barcha 
faoliyat turlari (qo„shiq kuylash, musiqiy ritmik harakatlar bajarish, musiqa tinglash) 
musiqiy tovushlarda vujudga kelgan ohang vositasida ifodalanadi. Musiqa madaniyati 
darslari boshlang„ich sinf o„quvchilarini atrofdagi go„zal narsalami idrok eta olishga 
va ma‟naviy dunyoqarashini shakllantirishga xizmat qiladi. «Boshlang„ich ta‟lim 
uchun Davlat Ta‟lim standartlari» asosida barcha fanlar qatori musiqa fanidan ham 
dastur ishlab chiqildi. Yangi dastur mazmunida milliy musiqamiz merosidan 
to„laqonli foydalanish, ommaviy xalqkuylari va qo„shiqlari, lapar, dostonlar va 
bugungi zamonaviy musiqa o„z aksini topgan. Dasturning bosh mavzusi «Musiqa va 
hayot» yil, chorak, dars mavzulari, yil mavzusiga bo„ysunadi va mantiqiy uzviy 
birlashib mazmunan bir butunlikni tashkil qiladi. Yangi dastur mazmunida dars o„tish 
uchun, musiqa o„qituvchisi o„zining musiqiy - nazariy bilimlarini takomillashtirishi 
lozim, chunki o„quvchilarning musiqa darsiga bo„lgan qiziqishini ustirishda yosh 
avlodni Vatanga muhabbat ruxida tarbiyalashda va ulami ma‟naviyatli, ma‟rifatli 
qilib voyaga yetkazishda o„qituvchi yetakchi bo„lib hisoblanadi. 
XULOSA 
Demak, mana shunday tarbiya manbalariga boshlang„ich sinf o„quvchilarini 
milliy qadriyatlar asosida tarbiyalash, imkoniyatni kuchaytirish va kerakli shart-
sharoitlarni yaratish o„quv muassasalarida pedagoglar, oilada esa har bir ota-onaning 
muqaddas burchidir. 

Yüklə 225,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə