Academic Research in Educational Sciences Volume 3


Academic Research in Educational Sciences



Yüklə 0,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/6
tarix28.05.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#113664
1   2   3   4   5   6
ulug-bek-hamdam-ijodida-davr-ruhiyati-va-talqin-mahorati

Academic Research in Educational Sciences 
Volume 3 | Issue 2 | 2022
ISSN: 2181-1385 
Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-2-178-183 
SJIF: 5,7 | UIF: 6,1 
 
 
 
 
 
182
 
February, 2022 
https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal 
Muvozanatdan, 
unga erishish mashaqqatidan yuz o`girmadi. Ammo bu shunchaki muvozanat emas 
edi. Ushbu muvozanatning bir ildizi insonning o`zidan boshlanib, ikkinchisi 
muhaqqaq ravishda u yashayotgan jamiyatning bag`ridan suv ichadi. Bas, shunday 
ekan, istiqlol va yurt obodligi masalasi Yusuf nazarda tutgan va o`zi romanning 
boshidan oxirigacha intilgan ulug` Muvozanatning ajralmas halqalaridir”, deya 
ta’kidlaydi Marhabo Qo`chqorova.[6] 
Yusuf oliygohda bir maqsad bilan o`qidi, undan so`ng oliygohda 
ishladi. U faqat halol yo`ldan bordi. Oilasini oylik maoshi bilan boqdi. Lekin 
shaharda bugina pul bilan kun ko`rish qiyin edi. Turmush qiyinchiligi tobora o`z 
ta’sirini ko`rsatdi. Ijarama ijara ko`chib yurish, moddiy qiyinchilik uning Oygul 
bilan munosabatlari keskin tus olishiga sabab bo`ldi. Oila qanchalik oqibatli, ittifoq 
bo`lmasin moddiy qiyinchilik baribir o`z ta’sirini ko`rsatadi. Orada muvozanat 
susayadi. U o`g`lidan ayrilayotganida muvozanatni yo`qotadi. Yusuf obrazi – 
millatparvar, vatanparvar, ko`tarinki ruhiyatga ega inson. Romandagi tarixchi 
Muhammadjon aka davri o`tgan odam obrazidir. U o`zining yolg`on asosga qurilgan 
hayotini tushunib yetadi. Shuning uchun ko`zi ochiq ketadi. Qushlarning qafasdan 
chiqarib yuborilishida inson erkiga ramziy ishoralar beradi. Muhammadjon aka o`zi 
sevgan qushlarini ozodlikka qo`yib yuborar ekan: “Bu yerda bog`lar ham qolmadi, 
tog`lar ham. Hammasini yakson qilib, bag`rini tilib, Paxtazorga aylantirishdi bular!.. 
Bor, qushim, uch, endi, uch!” Davr ruhiyati inson kechinmalariga ta`sir ko`rsatyapti 
va inson o`zi bilan o`zi kurashib qilgan ishlarini anglab yetmoqda.
Asardagi eng yirik, ta`sirchan obraz – Amir mavjud o`tmish davrining xos 
kishisidir. Amir ruhi va tani sog` bo`lishiga qaramasdan, jinnixonaga tashlanadi. 
Amir sog`lom bo`la turib, o`zini jinnilikka solishga majbur bo`ladi. Jinnilar qo`lida 
pati yulib tashlangan musicha qiyofasida ramziy ma’noda u o`zini ko`radi. Amir o`zi 
yashayotgan hayotda o`z orzulariga erisha olmagach, qondirilmagan mayllar – o`z 
orzusidagi hayot, erishilmagan muhabbat – uning keyingi qismatida o`z izini qoldirdi. 
Amir obrazi bilan bog`liq tasvirlarni kitobxon ruhiy qiynoqlar va tizginsiz 
savollarsiz befarq o`qiy olmaydi. 

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə