Adabiy tur tushunchasi


 Eo6oeB T. Afla6neTLuyH0CJiMK acocnapn - ToLUKem: y36eKHCTOH



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/24
tarix19.12.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#151893
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Adabiy tur va janrlar. D.Quronov

2 Eo6oeB T. Afla6neTLuyH0CJiMK acocnapn - ToLUKem: y36eKHCTOH, 
2002. -
B.459 - 460.
3 X y flO M 6 e p fln e B 3 . A fla d n e n u y H o c iin K K a K u p rn u . - T o iuK eH T: LLlapK, 
2008. -
B.225.
4yMypoB X- 
Afla6neTwyHocnnK 
Ha3apnacn. -
ToiuKeHT, 
2004. - B.214 - 215.
367


ijod amaliyoti uning shakliy va mazmuniy xususiyatlariga 
muttasil o'zgarishlar kiritib boradi. Shuni nazarda tutgan 
holda M.M.Baxtin: «Janr adabiyot taraqqiyotining har bir 
yangi bosqichi va shu janrga mansub har bir asarda qay- 
tadan tug'iladi, yangilanadi»1, - deb yozadi. Biroq olim- 
ning bu fikridan janr mutlaqo beqaror hodisa degan xulosa 
kelib chiqmasligi kerak. Zéro, har ne ko'lamli o'zgarishiar 
sodir bo'lganida ham, asosda janrga xos o‘zak xususiyat- 
lar saqlanib qolaveradi. Shu bois ham Baxtin fikrini quyi- 
dagicha davom ettiradi: «Janr hozir bilan yashaydi, biroq 
hamma vaqt o'zining o'tmishi, ibtidosini yodda tutadi. Janr
- ijodiy xotiraning adabiyot taraqqiyoti jarayonidagi vaki- 
lidir».2
Yangi davr adabiyotiga kelib badiiy ijodda individuallik- 
ning o!rni va qimmati ortib borishi barobarida an’anaviy 
janr kanonlari yemirila boshladi. G‘arb adabiyotida bu 
hodisa XVIII asrdan, bizda esa XX asming avvallaridan 
boshlab kuzatiladi. Endilikda qat’iy 
m e ’y o r la r g a
amal qi- 
lish majburiyatidan xalos bo'lgan ijodkorning muayyan bir 
janrda yaratgan asarida ham uning o'zigagina xos janr 
xususiyatlari namoyon bolaveradi. Bunga qo‘shimcha 
tarzda konkret davr adabiyotining janrlar tizimi adabiy 
an’analarning davomi va adabiy aloqalar natijasi o‘la- 
roq rang-barang tus oladi. Chunki unda faol qo'llanuvchi 
zamonaviy janrlar qatori an’anaviy (ya’ni o'tmish adabi- 
yotidagi) va xorijiy adabiyotlardan o'zlashgan janrlar ham 
iste’molda bo‘ladi. Shu bois har bir davr adabiyotining 
janrlar tizimi diaxroniya/sinxroniya (tarixiylik/zamonaviy- 
lik) aspektlarida o'rganishni taqozo etadi.
Aytilganlar, albatta, janr nazariyasini ishlab chiqishda 
qiyinchilik tug‘diradiki, bu borada umume’tirof etilgan, tu- 
gallangan ta’limot yoxud tizimli tarzda amalga oshirilgan 
tugal tasnif mavjud emasligi shundan. Zéro, janrlar siste-
1 Бахтин M.M. Собрание сочинений в 7 т. Т.6. - М., 2002. - С.120.
20 ‘sha joyda.
368


masi muttasil o‘zgarishda ekan, u haqdagi nazariy qa- 
rash ham o'tmish adabiyotiga nisbatangina tugal bolishi 
mumkin, Masalan, hozirda o'zbek mumtoz adabiyoti janr- 
lari haqida tugal nazariy xulosalarga kelish imkoni bor. 
Zamonaviy adabiyotdagi, ijodda individuallik roli ortgan 
sharoitdagi janr kanonlarini esa tugal belgilab bo'lmay- 
di. Shu bois ham ta’rif va tasnifda har bir janrga xos eng 
umumiy belgilarni asosga olish bilan qanoailanishga to‘g‘ri 
keladi. Bunday umumiy belgilar sifatida esa asarning ada- 
biy turga mansubligi, asosiy estetik belgisi, kompozitsion 
xususiyatlari, tasvir ko‘lami, badiiy nutq shakli va tabiati 
kabilar ko'rsatilishi mumkin. Shu jihatdan uchala turjanrla- 
rini ko'rib o'tamiz.

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə