Adabiyot 6 (I qism) 2017. p65



Yüklə 1,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/60
tarix11.12.2023
ölçüsü1,83 Mb.
#148550
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   60
Adabiyot. 6-sinf. 1-qism (2017, S.Ahmedov, R.Qo\'chqorov)

Savol va topshiriqlar


4 0
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, O‘zbekiston
xalq shoiri Turob To‘la 1918-yilning 24-dekabrida hozirgi Janu-
biy Qozog‘iston viloyatining Turbat qishlog‘ida tug‘ilgan. Ota-
onasidan erta ayrilgan Turobjon bolalar uyida ta’lim-tarbiya
oladi. 1934–1938-yillarda Toshkent teatr bilim yurtida, 1938–
1941-yillar oralig‘ida Toshkent pedagogika instituti til va
adabiyot fakultetining kechki bo‘limida o‘qiydi, kunduzi esa
ishlab, ijodiy va hayotiy tajribalarini boyitadi. O‘qishni bitir-
gach respublikamizning madaniy-ma’rifiy tashkilotlarida turli
vazifalarda sidqidildan mehnat qiladi. Jumladan, yoshlar gaze-
tasida adabiy xodim, O‘zbekiston Davlat radioeshittirish qo‘mi-
tasida muharrir va suxandon, O‘zbekiston Davlat nashriyoti
(O‘zdavnashr)da muharrir, «O‘zbekfilm» kinostudiyasida ssena-
riy bo‘limi mudiri, respublika Kinochilar uyushmasida kotib,
Madaniyat vazirligi san’at ishlari boshqarmasi boshlig‘i, hozirgi
O‘zbek Milliy akademik drama teatri direktori, O‘zbekiston
Yozuvchilar uyushmasi huzuridagi Adabiyotni targ‘ib etish
markazi rahbari singari vazifalarni bajaradi.
Turob To‘la ijodiy faoliyatini 15–16 yoshidan boshlagan.
Uning dastlabki to‘plami 1939-yilda «She’rlar» nomi bilan chop
etilgan. Ikkinchi jahon urushi yillarida shoirning «Shodligim»
(1941-yil), «Tabassum» (1944-yil) nomli to‘plamlari e’lon qi-
Turob 
 
TO‘LA
(1918–1990)


4 1
!
lindi. Ulardan joy olgan aksariyat asarlarda barcha xalqlar qatori
o‘zbek xalqining ham ko‘nglida to‘lib-toshgan fashizmga nafrat,
tinch va osoyishta hayotni qo‘msash, urushga ketgan farzand-
larini sog‘inish hislari badiiy ifoda etilgan edi.

Yüklə 1,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə