113
T o ‘ r t i n c h i b a y t lirik qahramon holati yanada og‘ir-
lashganini ko‘rsatadi: «
U paridek yor hajrida devonalardek
yig‘ladim, buni ko‘rib, kulgisi kelmaydigan kimsa topilarmikan?
»
B e s h i n c h i b a y t ga kelib lirik qahramon bevosita ko‘p-
chilikka (g‘azalxonlarga) murojaat qiladi: «
Ko‘zlaridan qancha
suv kelar ekan deb, meni o‘ldirmanglar,
(chunki)
bu kecha
ko‘zlarimdan faqat qon keldi, suv kelmadi
».
Bu yerda qon
bilan suv bir-biriga zidlantirilgan.
G‘azalning o l t i n c h i b a y t i alohida ajralib turadi. Unda
lirik qahramon tolibi sodiq topilmasligidan shikoyat qilishga
o‘tadi. Baytning so‘zlardan kelib chiqadigan ma’no-mazmuni
quyidagicha: «
Sodiq tolib topilmaydi, shunday bo‘lmasa edi,
kimki yo‘lga qadam qo‘ysa, «avvalqadam», ya’ni undan oldin-
roqda yuradigan bir ma’shuq ro‘baro‘ kelmaydimi?!
»
Agar g‘azalning dastlabki besh baytida boshdan-oxir va’da
berib, so‘zida turmagan yorni kuta-kuta chekkan azob-iztiroblari
haqida gapirib kelingan bo‘lsa,
bu baytda birdan, kutilmagan-
da lirik chekinish qilinadi. Lirik chekinish – keng tushuncha.
G‘azaldagi bunday lirik chekinish «
begona bayt
» deyiladi.
Bu yerda nozik falsa
y-tasavvu
y masala ko‘tarilgan. «
Yo‘l
»
baytda tasavvufni, Alloh ishqini bildiradi. Bu yo‘lda esa sadoqatli
talabgor (oshiq) topilmayapti. Ayni gap
bilan shoir pirga ishora
qilgan. Chunki pir hamisha bu yo‘lni muriddan avvalroq bosib
o‘tgan, ya’ni u «
avvalqadam
» bo‘ladi. Avvalqadam oshiq esa Al-
loh vasliga yetib, ma’shuqqa aylanadi. Murid ana shu shayxning
etagidan tutib, unga ergashmoqchi.
Chunki Allohni sevish uchun
murid avval pirini sevishi kerak. Boshqacha aytganda, Allohga
muhabbat yo‘li bevosita pir qalbi orqali o‘tadi. Chunki tasav-
vufda pirga komillik timsoli sifatida qaraladi.
Shuning uchun ushbu g‘azalda majoziy tasvir orqali ilohiy
ishq kuylangani,
lirik qahramon b
е
gona baytda ishqda undan
ko‘ra «
avvalqadam
» bo‘lgan «
tolibi sodiq
», ya’ni pir izlayot-
ganiga h
е
ch qanday shubha bo‘lmasligi k
е
rak.
Navoiy g‘azallarining yozilgan yillari ma’lum emas. Ammo
uning «Xazoyin ul-maoniy»dagi uchinchi devon bo‘lmish «Badoye’
ul-vasat»dagi ushbu g‘azali dastlab muxlislar tomonidan tartib ber-
ilgan «Ilk devon»ga ham, muallif o‘zi tuzgan ikkinchi devon –
114
«Navodir un-nihoya»ga ham kiritilganidan ma’lum bo‘ladiki, u
shoirning yoshlik davri lirikasi mahsuli hisoblanadi.
M a q t a ’ ham – juda tahliltalab. Chunki unda ikki karra
«
boda
» so‘zi tilga olinadi. Shaklan, ya’ni
yuzaki qaraganda,
o‘quvchida mayparastlik targ‘ib etilayotgandek tasavvur tug‘ilishi
ham mumkin. Holbuki, Navoiy buyuk islom shoiri edi. Islomda
esa mast qiluvchi ichimliklar harom hisoblanib, man etilgan.
May, sharob, boda, chog‘ir...
O‘tmishda ajdodlarimiz iste’mol etgan kayf beruvchi ichim-
liklar shunday so‘zlar bilan nomlangan. Albatta, bu to‘rt ichim-
lik
nimadan hozirlangani, tayyorlanish usuli, tarkibidagi spirt
miqdori jihatidan o‘zaro bir-biridan farq qilgan bo‘lishi kerak.
Biroq shoirlarimiz bu so‘zlarni o‘zaro ma’nodosh (sinonim)
sifatida qo‘llayvergan.
Nega?
Gap shundaki, adabiyot, xususan, she’riyatda bu so‘zlar o‘z
ma’nosida emas, aksaran ko‘chma ma’noda –
badiiy timsol
(obraz) sifatida ishlatilgan.
Xo‘sh, badiiy timsol nima?
Timsol – asli, surat, rasm degani. Surat esa narsaning o‘zi
emas, u haqda ma’lumot beradi, tasavvur uyg‘otadi, xolos. Uni
ko‘rib, o‘sha narsaning o‘zini xayolga keltirasiz. Badiiy timsol
ham – shunga o‘xshash. Shoir bir nimani ko‘zda tutadi, o‘sha
narsani o‘quvchi yaxshiroq, osonroq ko‘z oldiga keltirsin uchun
uning o‘rniga biror timsol ishlatadi.
May, sharob, boda, chog‘ir timsollarini ham mumtoz shoir-
larimiz shu maqsadda qo‘llagan.
Endi asosiy masalani o‘rtaga tashlasak bo‘ladi:
bu timsollar
nimani anglatadi? Boshqacha aytganda, mumtoz she’riyatimizda
Dostları ilə paylaş: