120
Jismdin
jonsiz ne hosil, ey musulmonlarkim, ul
Bir qaro tufrog‘dekdurkim, gul-u rayhoni yo‘q.
Bir qaro tufrog‘kim, yo‘qtur
gul-u rayhon anga,
Ul qorong‘u kechadekdurkim, Mahi toboni yo‘q.
Ul qorong‘u kechakim, yo‘qtur
Mahi tobon anga,
Zulmatedurkim, aning sarchashmayi hayvoni yo‘q.
Zulmatekim, chashmayi hayvoni oning bo‘lmag‘ay
Do‘zaxedurkim, yonida ravzayi rizvoni yo‘q.
Do‘zaxekim, ravzayi rizvondin o‘lg‘ay noumid,
Bir xumoredurki, anda mastlig‘ imkoni yo‘q.
Ey Navoiy,
bor anga mundoq uqubatlarki, bor
Hajrdin dardi-yu lekin vasldin darmoni yo‘q.
«G‘aroyib us-sig‘ar»ning 310-g‘azali.
Baytlardagi mantiqiy bog‘liqlik nuqtayi nazaridan bu g‘azal
ham «Jong‘a chun dermen: «Ne erdi o‘lmakim kay
yati?..»
g‘azaliga o‘xshaydi.
G‘azal ramali musammani mahfuz (yoki maqsur), ya’ni
foilo-
tun – foilotun – foilotun – foilun
(yoki
foilon
) vaznida bitilgan.
Uning taqte’si quyidagicha bo‘ladi: –V– – / – V – – /– V– –
/ – V – (yoki – V ~).
M a t l a ’ ning o‘zidayoq muallif avval yordan ayri ko‘ngilni
sultoni yo‘q mamlakatga, keyin esa sultoni yo‘q
mamlakatni joni
yo‘q jismga o‘xshatadi.
I k k i n c h i b a y t da mulohaza shu tarzda davom etadi: «
Ey
musulmonlar, jonsiz jismdan qanday hosil unadi, u gul-u rayhoni yo‘q
bir qora tuproqning o‘zginasi-ku
».
U c h i n c h i b a y t da aytiladiki: «
Agar gul-u rayhoni yo‘q bir
qora tuproq bo‘lsa, u bir porlab turgan Oyi yo‘q qorong‘i kecha
ekan-da
».
T o ‘ r t i n c h i b a y t da aynan ana shu qorong‘i kecha ta’ri
ketadi: «
Porlab turgan Oyi yo‘q qorong‘i kecha bo‘lsa, u hayot
sarchashmasi yo‘q zulmat ekan-da
».
121
B e s h i n c h i b a y t da aynan ana shu hayot sarchashmasi yo‘q
zulmat lirik qahramonni do‘zaxiy kimsaning jannatdan noumidligi
haqida so‘zlashga undaydi, do‘zax
esa shunday bir xumordirki,
unda mastlikning imkoni yo‘q. (
Mastlik
deganda shoir ishqni, ya’ni
Yaratganga intilishni ko‘zda tutgan.)
M a q t a ’ da lirik qahramon Navoiyga murojaat qilib: «
Unga
shunday uqubatlar yuborilganki, hajridan dardi, lekin vaslidan
darmoni yo‘q
», – deydi.
Dostları ilə paylaş: