118
Ko‘ngluma qilsam g‘azab, ayturki: «Ko‘zdindur gunah,
Ko‘rmayin ul tushmadi bizga bu ishning tuhmati».
Ko‘zga chun dermenki: «Ey tardomani yuzi qaro,
Sendin o‘lmish telba ko‘nglumning balo-yu vahshati».
Yig‘lab aytur ko‘zki: «Yo‘q erdi manga ham ixtiyor, –
Kim ko‘rundi nogahon ul sho‘xi mahvash tal’ati».
Ey Navoiy, barcha o‘z
uzrin dedi, o‘lguncha kuy, –
Kim sanga ishq o‘ti-o‘q ermish azalning qismati.
«Favoyid ul-kibar»ning 597-g‘azali.
Bu g‘azalda she’riyatdagi savol-javob usulidan unumli
foydala nilgan. Bunda birov savol beradi,
ikkinchi taraf shu sa-
volga javob qaytaradi. Shoirning «Farhod va Shirin» dostonida
Xusrav bilan Farhodning aytishuvi ham aynan ana shu yo‘lda
qog‘ozga tushirilgan.
To‘liq bir g‘azalni savol-javob tarzida bitish Navoiydan ol-
din yashab, ijod qilgan qalam sohiblari ijodida ham uchraydi.
Ammo bu g‘azal ayni san’atni oliy darajada qo‘llashi
va man-
tiqiy asoslanganligi bilan alohida ajralib turadi.
G‘azalning lirik qahramoni
–
oshiq. U ishq otashining
zo‘ridan o‘lim yoqasiga kelgan. Shuning uchun u m a t l a ’ dayoq
to‘g‘ridan-to‘g‘ri jonidan: «
O‘lishimning sababi nima?
»
–
deb
so‘raydi. Jon esa unga: «
Bunga jismdagi kasallikning shiddati
sabab bo‘ldi
»,
–
deya javob qaytaradi.
I k k i n c h i b a y t da lirik qahramon jismga murojaat qilib,
undan: «
Bu vaziyatga tushib qolishingga nima sabab bo‘ldi?
»
–
deb so‘raydi.
Jismning javobi esa quyidagicha: «
Bunga o‘tlik bag‘irning
hirqati sabab bo‘ldi
». Baytdagi «
hirqat
» so‘zi kuyish, yonish
degan ma’noni anglatadi.
U c h i n c h i b a y t da savol endi bag‘irga
beriladi, u esa:
«
Menga ko‘ngildan o‘t tushdi, chunki ko‘ngilga ishq chaq-
nog‘ining ofati shu’la soldi
»,
–
deb javob aytadi.
T o ‘ r t i n c h i b a y t da mantiqan lirik qahramon ko‘ngilga
«g‘azab qiladi», shu tariqa u gunohni ko‘zga yuklaydi: «
Agar
119
ko‘z ko‘rmaganida edi, biz bu ishning tuhmatiga qolmagan bo‘lar
edik
».
B e s h i n c h i b a y t da oshiq endi ko‘zning «yoqasidan ola-
di»: «
Ey etagi ho‘l-u yuzi qora, ko‘nglimning balo-yu vahshati
sendan ekan-ku
».
O l t i n c h i b a y t da ko‘zning yig‘lab
aytgan javobi beril-
gan: «
Menda ham ixtiyor yo‘q edi, nogahon ul sho‘xi Mahvash
(Oysifat) tal’ati ko‘rinib ketgan bo‘lsa, men nima qilay?
»
M a q t a ’ ga kelganda lirik qahramon shoirga murojaat qilib:
«
Ey Navoiy, barcha o‘z uzrini aytdi, sen o‘lganingcha kuy,
chunki ishq o‘ti senga azalning qismati ekan
»,
–
deydi.
G‘azalning har bir baytida o‘ziga xos ohoriy (original)
badiiy ifoda va tasvirlarga duch kelamiz. Muallif hech kim-
ning xayoliga kelmagan tarzda baytlarni baytlarga mantiqan
bog‘laydi. Jon (birinchi bayt), jism (ikkinchi bayt), bag‘ir
(uchinchi bayt), ko‘ngil (to‘rtinchi bayt), ko‘z (beshinchi va
oltinchi baytlar) bilan bo‘lib o‘tgan
savol-javoblarda kuch-
li izchillik va o‘zaro ketma-ketlik bor. Jon aybni
–
jismga,
jism
–
bag‘irga, bag‘ir
–
ko‘ngilga, ko‘ngil
–
ko‘zga yuklaydi.
Oxiri, lirik qahramon ishqda yonish uning azaliy qismati ekani-
ni tan oladi.
G‘azal ramali musammani maqsur (yoki mahfuz) vaznida
bitilgan.
Uning ohangi
foilotun – foilotun – foilotun – foilun
(yoki
foilon
) bo‘ladi. Taqte’si: – V – – / – V – – / – V – –
/ – V– (yoki – V ~).
Dostları ilə paylaş: