Adabiyot so'z san'ati uvchi! -~ ildan boshlab «Adabiyot»



Yüklə 414,79 Kb.
səhifə36/42
tarix17.04.2023
ölçüsü414,79 Kb.
#105988
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   42
Adabiyot so\'z san\'ati uvchi! - ildan boshlab

asteroidlarning har birida bo (lib, ularda yashovchi kimsalar bi/an
suhbatlashadi. tiiroq bu suhbatlarning hech biridan uning ko (ngli taskin
topmaydi va u 0 (z sayohatini davom ettiradi.
XVI
Shunday qilib, u qadamranjida qilgan yettinchi sayyora Yer edi.
Yer - oddiy sayyoralardan emas! Bunda bir yuz yigirmata qirol
(negr qirollari ham shunga kiradi, albatta), yetti ming geograf, to'qqiz yuz ming korchalon, yetti yarim million piyonista, uch yuz o'n bir million shuhratparast, xullas, jami ikki milliardga yaqin katta odam mavjud.
Yerning naqadar kattaligi haqida sizga birmuncha tasavvur bermoq uchun shuni aytish bilangina kifoyalanaman: elektr kashf etilguniga qadar olti qit'ada charog'bonlarning to'rt yuz oltmish ikki ming besh yuz o'n bir kishidan iborat ulkan lashkari tutib turilardi.
Agar chetdan razm solinsa, bu qoyilmaqom bir tomosha bo'lardi. Bu ulkan lashkarning xatti-harakatlari go'yo baletdagidek aniq bir qoidaga bo'ysunardi. «Sahna»ga birinchi bo'lib Yangi Zelandiya va Avstraliyadagi charog'bonlar chiqishardi. Ular chiroqlarini yoqib, uxlagani ketishardi. Keyin xitoy charog'bonlarining navbati kelardi. Q'z «raqsi»ni ado etib, ular ham parda ortiga g'oyib bo'lishardi. Ulardan so'ng Rossiya va Hindiston charog'bonlariga gal tegardi. Keyin esa Afrika va Yevropa, undan so'ng Janubiy Amerika va nihoyat, Shimoliy Amerikadagi charog'bonlarning navbati yetardi. Shu tariqa hech kim hech qachon adashib ketmas, hamma «sahna»ga o'z vaqtida chiqardi. Ha, bu chindan ham qoyilmaqom tomosha edi!
Faqat, shimoliy qutbdagi yagona fonusni yoqishi lozim bo'lgan charog'bon bilan uning janubiy qutbdagi hamkasbiga hammadan ham. maza edi, ikkalasi ham ortiqcha tashvish-taraddudsiz yashardi: ular o'z hunarini yilda ikki martagina ko'rsatardi, xolos.
XVII
Ba'zan haddan tashqari suxandonlik qilging kelib qolganda ozmi­ko'pmi mubolag'a qilasan kishi. Mana, men ham charog'bonlar haqida so'zlay turib, haqiqatga birmuncha xilof ish tutdim. Ishqilib, sayyoramizni yaxshi bilmaydiganlarda u haqda noto'g'ri tushuncha paydo bo'lmasa bas! Aslida odamlar Yer yuzida unchalik ko'p joyni egallamaydi. Agar
unda istiqomat qiladigan ikki milliard odam to'planib, xuddi miting- .,­
dagidek yelkama-yelka tUfsa, ular ortiqcha qiynalib-netmay, uzunasi va kengligi yigirma mil keladigan maydonga bemaloljoylashgan bo'lur edi. Butun insoniyatni Tinch okeandagi tangadekkina orolchaga ham sig'dirib yuborish mumkin.
Kattalar, ,!lbatta, bu gapingizga ishonmaydilar. Ular o'zlarini juda ko'p joyni egallaydigan chog'laydilar, o'zlarini xuddi baobablardek bahaybat va ulug'vor hisoblaydilar. Siz shunda ularga aniq hisob- kitob qilib chiqishni taklif eting. Bu gap ularga ma'qul bo'ladi, axir ular raqam desa o'lib qolishadi-ku. Siz esa bu bo'lmag'ur arifmetika bilan boshingizni qotirib yotmang. Uning sariq chaqalik ham foydasi yo'q. Bilaman, siz shundoq ham menga ishonasiz.
Alqissa, Kichkina shahzoda Yerga tushgach, atrof-javonibda biror tirik jonni ko'rmay, beharl hayron bo'ldi. Ratto, adashib boshqa sayyoraga kelib qoldimmikan, degan xayolga ham bordi. Biroq shu payt oyog'i ostida qum uzra kulcha bo'lib yotgan allaqanday kulrang narsa qo'zg'alib qo'ydi.
- Salom, - dedi KiclLldna shahzoda har ehtimolga qarshi.
- Sal om, - deb javob berdi ilon.
- Men qanday sayyoraga kelib qoldim?
- Yerga, - dedi ilon. - Mrikada turibsan hozir.
- Shunaqami? Nima, Yerda odam yashamaydimi?
- Bujoy - sahro. Sahroda hech kim yashamaydi. Ammo Yer katta. Kichkina shahzoda tosh ustiga o'tirib, osmonga tikildi.
- Qani endi, yulduzlaming nega charaqlashini bilsam, - dedi u
o'ychan ohangda. - Chamasi, ular, ertami-kechmi har kim o'z yulduzini topib olishi uchun charaqlab tursa kerak. Ko'ryapsanmi, huv ana mening sayyoram - shundoqqina tepamizda... Ammo u qanchalar uzoqda, eh-he! ~.
, - Chiroyli sayyora ekan, - dedi ilon. - Yerga nega kelding, nima qilasan bu yerda?
- Men feruza gulim bilan urishib qoldim, - deya iqror bo'ldi Kichkina
shahzoda.
- E, shunday degin...
Ikkovi ham jim qoldi.
- Odamlar qayoqda, odamlar? - deb tag'in so'radi nihoyat Kichkina
shahzoda. - Sahroda, har qalay, o'zingni yolg'iz sezarkansan kishi...
- OdamlJ![ orasida ham o'zingni yolg'iz sezaverasan, - deb qo'ydi
Hon.
Kichkina shahzoda unga sinchiklab tikildi.
- G'alati jonivor ekansan, - dedi u. - Yo'g'onliging barmoqdek
kelmaydi-yu...
- Ammo men qirolning barmog'idan ko'ra ko'proq qudratga ega­
man, - deb e'tiroz bildirdi ilon.
Kichkina shahzoda kulimsiradi:
- Nahotki sen shu qadar qudratli bo'lsang? Loaqal panjang ham
yo'q-ku. Sen hatto sayohat qilishga ham yaramaysan...
- Men seni birorta kema eltolmaydigan olis manzillarga olib ketishim mumkin, - dedi ilon, so'ng Kichkina shahzodaning boldiriga halqa bo'lib chirmashdi.
- Kimgaki tegsam, uni asliga - tuproqqa aylantiraman, - dedi u. ­
Ammo sen yulduzdan tushib kelgansan, yulduzdek poksan...
Kichkina shahzoda indamay turaverdi.
- Senga rahmim keladi, - deya davom etdi ilon. - Tosh-metin bu
zaminda sen shu qadar zaif, ojizsan-ki... Yodingda bo'lsin, qachcmki olisda qolgan sayyorangni eslab yuraging g'ussaga to'lsa, men senga yordam qilishim mumkin. Men...
- Gapingni juda yaxshi tushundim, - dedi Kichkina shahzoda. ­
Ammo nega doim jumboq bilan so'zlaysan?
- Men hamma jumboqlarni hal etaman, - dedi ilon.
Ikkalasi tag'in jimib qoldi.

Yüklə 414,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə