Adabiyot so'z san'ati uvchi! -~ ildan boshlab «Adabiyot»



Yüklə 414,79 Kb.
səhifə39/42
tarix17.04.2023
ölçüsü414,79 Kb.
#105988
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42
Adabiyot so\'z san\'ati uvchi! - ildan boshlab

RUBOIYLAR
Yod etmas emish kishini g'urbatda I kishi,
Shod etmas emish ko'ngulni mehnatda2 kishi. Ko'nglum bu g'ariblikda shod o'lmadi, oh, G'urbatda sevinmas emish albatta kishi.
***

Ko'pdin berikim yor-u diyorim yo'qtur,
Bir lahza-u bir nafas qarorim yo'qtur.
Keldim bu soril o'z ixtiyorim birla,
Lekin borurimda ixtiyorim yo'qtur.
***
Hijron qafasida jon qush dam qiladur,
G'urbat bu aziz umrni kam qiladur.
Ne nay bitay firoq-u g'urbat sharhin,
Kim ko'z yoshi nomaning yuzin nam qiladur.
***
Xush ulki, ko'zum tushti sening ko'zungga,
Bevosita holimni desam o'zungga,
Bermay so'zuma javob achig'lanasen
, Qilding meni muhtoj chuchuk so'zungga.
* * *
Dushmanniki, bu dahr5 zabardast qilur,
Naxvat mayidin bir necha kun mast qilur
. G'am yemaki, yetkursa boshini ko'kka,
Oxir yana yer kibi oni past qilur.
* * *
Ishlar bori ko'nguldagidek bo'lg'usidur!
In' om - u vazifa - bori buyrulg'usidur!
Ul g'alla-yu mahmilki6, deb erding, bildim,
Mahmilg'a bo'yu g'alladin uy to'lg'usidur!
* * *
Jismimda isitma kunda mahkam bo'ladur,
Ko'zdin uchadur uyqu chu oqshom bo'ladur.

Rar ikkalasi g'amim bila sabrimdek,


Borg'on sori qu ortadur, ul kam bo'ladur.
I
,
* * *
Tuz oh, Zahiriddin Muhammad Bobur,
Yuz oh, Zahiriddin Muhammad Bobur!
Sarrishtai ayshdin1 ko'ngulni zinhor
Uz, oh, Zahiriddin Muhammad Bobur!
* * *
Ey bodi sabo2, ayla Xurosong'a guzar3,
Mendin degil ul yori parishong'a xabar.
Necha safar o'z ko'nglung uchun qilg'aysen,
Emdi bizing uchun ayla bu yong'a safar.
* * *
Ahbob4, yig'ilmoqni farog'at tutungiz!
Jam'iyatingiz borini davlat tutungiz!
Ch un gardishi charx bu durur, Tangri uchun,
Bir-biri necha kun g'animat tutungiz!
* * *
Bu xasta ko'ngul erdi visoling bila xush,
Jonim ham erur sening jamoling bila xush.
Rijron g'ami garchi asru noxushtur, lek,
Fikring bila shodmen, xayoling bila - xush.
...
* * *
Kim bor anga ilm tolibi - ilm kerak.
O'rgangani ilm tolibi ilm kerak!
Men tolibi ilm-u tolibi ilme yo'q,
Men bormen ilm tolibi - ilm kerak.
I Sarrishtai aysh - maishat.
2 Bodi sabo - tong shamoli, mayin shabada. 3 Guzar - o'tish, kechish.
4 Ahbob - do'stlar, yorlar.
* * *
Boburni burun mahrami asrorI etting,
Vaslingga be rib yo'l, o'zungga yor etting.
Oxir bording, dog'i oni zor etting,
Rijron alami birla giriftor etting.
* * *
Rar yerda gul bo'lsa - tikon bo'lsa, ne tong?!
Rar qandaki may durdidan bo'lsa, ne tong?! She'rimda agar hazl, agar jid, kechurung,
yaxshi borida agar yomon bo'lsa, ne tong?!
* * *
Yo qahr-u g'azab birla meni tufroq qil!
Y 0 bahri inoyatingda mustag'roq2 qil!
Y 0 rab, sengadur yuzum qaro gar oq qil,
Rar nay' sening rizong erur andoq qil!
.
* * *
Ey yel, borib ahbobqa nomimni degil
! Rar kim meni bilsa bu payomimnP degil!
Mendin demagil gar unutulg'on bo'lsam,
Rar kimki, meni so'rsa, salomimni degil!
* * *
Ey yor, sening vaslingga yetmak mushkil, F
arxunda4 hadisingni eshitmak mushkil. Ishqingni dog'i bir taraf etmak mushkil,
Boshni olibon bir sari ketmak mushkil.
* * *
Sen gulsen-u men haqir bulbuldurmen,
Sen shu'lasen, ul shu'lag'a men kuldurmen.
I Mahrami asror - sirdosh, ulfat, hamdam.
2 Mustag'roq - g'arq bo'lgan, cho'mgan.
3 Payom - xabar, darak.
4 Farxunda - qutlug', saodatli, baxtli, quvonchli.
Nisbat yo'qdur, deb ijtinobl aylamakim, Shahmen elga, vale senga quldurmen!
* * *
Jonimda mening hayoti jonim sensen, Jismimda mening ruh-u ravonim sensen. Boburni seningdek o'zga yo'q yori azizi, Alqissaki, umri jovidonim2 sensen.
* * *
Davron meni o'tkardi sar-u somondin, Oyirdi meni bir yo'li xonumondin. Gah boshima toj, gah baloyi ta'na, Nelarki boshimg'a kelmadi davrondin.
* * *
Ey, oy yuzung olida quyosh sharmanda, Shirin so'z-u yaxshi xulqungga men banda, Hijronda necha noma bila so'zlashaling,
Y 0 sen beri kel, yo men borayin anda.
* * *
Hajringda bu tun ko'ngulda qayg'u erdi, Vaslingg'a yetishmadim jihat bu erdi: Ohim tutuni birla ko'zumning yoshidin, Yo'l ba1chiq edi, kecha qorong'u erdi.

Yüklə 414,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə