Adabiyoti[tahrir



Yüklə 10,01 Kb.
tarix23.12.2023
ölçüsü10,01 Kb.
#157263
chiness fxit


Adabiyoti[tahrir | manbasini tahrirlash]
Xitoy adabiyoti jahonda eng qad. adabiyotlardan biri boʻlib, uch ming yillik anʼanalarga ega. Qadimgi Xitoy adabiyotining birinchi yirik sheʼriy asari „Shitszin“ („Qoʻshikdar kitobi“, mil. av. 11—6-asrlar) xalq qoʻshiqlari va diniy marosim madhiyalari majmuasidan iborat. Mil. av. 1-ming yillikka mansub badiiy nasr falsafa, tarix, geogr. va boshqalarga doyr asarlar bilan uzviy bogʻliq („Shan shu“ — „Tarixiy rivoyatlar kitobi“ va boshqalar). Sima Syanning (mil. av. 1-asr) „Shi szi“ („Tarixiy xotiralar“) kitobi Xan davri (mil. av. 206 — mil. 220-yillar) nasrining yirik yodgorligi hisoblanadi. Sheʼriyatning muhim qismini tashkil etgan lirik va satirik xalq qoʻshiqlari (yuefu)da xalq hayoti oʻz ifodasini topgan. 4-asr oxiri — 5-asr boshlarida yashagan yirik novator shoir Tao Yuanmin (365—427) sheʼriyati hayot haqidagi falsafiy mushohadalardan iborat boʻldi. Mamlakatni Tan sulolasi (618— 907) birlashtirgach, adabiyot rivoji uchun qulay sharoit yaratildi. Xuddi oʻsha davrda ven yan — xitoy adabiy tili uzilkesil shakllandi.
7—10-asrlarda Chen Szian, Van Vey sheʼrlari mashhur boʻldi. Adabiyotning yanada taraqqiy etishida Li Bo, Du Fu va Bo Szyuyi kabi shoirlarning taʼsiri katta boʻldi. 8—9-asrlarda novella janrida yuksak yutuqlarga erishildi (Yuan Chjen, Bo Sinszyan, Li Gunszo), 10—13-asrlarda shoirlardan Van Anshi, Su Shi, Lyu Yun, L u Yu, shoira Li Sinchjao mashhur boʻlgan. Ouyan Syu tarixiy va falsafiy mavzuda asarlar yaratdi.
Moʻgʻullarning Yuan sulolasi hukmronligi davri (1280—1368)da shaharlar rivoj topdi. 13-asrda mamlakat shimoliyda qahramonlik va maishiy mavzularda musiqiy drama janri vujudga keldi. 14-asrda epopeyaroman janrining shakllanishi adabiyotda muhim voqea boʻldi. 16-asr oxirlaridan nasr yangi boskichga koʻtarildi, tarixiyfantastik, ijtimoiymaishiy romanlar yaratildi.
Xitoyni manjurlar bosib olgan (1644)dan keyin muxolif kayfiyatdagi shoirlar paydo boʻldi, maʼrifatparvarlik ruhi avj oldi. Klassik roman choʻqqisi boʻlib maydonga kelgan Sao Syuetsin (taxminan 1715—62)ning „Qizil koʻshkdagi uyqu“ romanida zodagonlarning axloqiy va iqtisodiy tushkunligi ifodalandi.
Yangi davr adabiyoti (19-asr oʻrtalari — 1917) manjurxitoy zodagonlari, imperialistik davlatlar zulmiga qarshi ozodlik harakatini, jamiyat tushkunligini aks ettirdi. Gʻarb madaniyati bilan birinchi tanishuv boshlandi. 1900-yillarning boshlaridagi inqilobiy koʻtarilish koʻpgina adiblar ijodida oʻz ifodasini topdi.
1919-yilda boshlangan „4-may“ ozodlik harakati davridan eʼtiboran eng yangi adabiyot vujudga keldi. Bu adabiyotning idk yirik namoyandasi Lu Sin (1881 — 1936) asarlarida oddiy kishilar Xitoy adabiyoti tarixida birinchi marta asar qahramonlari qilib qalamga olindi. 1922-yilda „Ijod“ guruhiga uyushgan adiblar romantik ruxda asarlar yaratdilar. 20-yillar boshlaridan sheʼriyatdagi soʻzlashuv tiliga asoslangan yangi shakl klassik sheʼriyat shakllarini siqib chiqardi. Xitoy xalqining yapon bosqinchilarga qarshi milliy ozodlik urushi (1937) davrida vatanparvarlik ruhida yozilgan kichik hajmdagi asarlar keng yoyildi. Yaponiya tormor etilgach (1945), adabiyot mamlakatni demokratik rivojlantirish uchun kurashni avj oldirdi. Xitoy Kompartiyasi rahbarligida xalqning ozodlik uchun kurashiga yordam beradigan inqilobiy adabiyot rivojlana boshladi. 1949-yil XXR tashkil kilinishi sotsialistik qurilishni aks ettiradigan, yangi kishini tarbiyalashga xizmat qiladigan yangi adabiyot rivojiga imkon yaratdi. Chjao Shuli (1906—70)ning „Sanlivan qishlogʻi“, Chjou Libo (1908—79)ning „Poʻlat oqim“ roman larida ishchi va dehqonlarning yangi hayoti va mehnati ifodalandi. Tarixiyinqilobiy syujetlarda romanlar (Yan Moning „Yoshlik qoʻshigʻi“) yaratildi. 50-yillarning boshlarida tinchlik va xalklar doʻstligi mavzularida, ayniqsa, sheʼriyatda muhim asarlar ijod qilindi. Lekin 1958-yilda „inkilobiy romantizm bilan inqilobiy realizmning uygʻunligi“ Xitoy adabiyotida birdan bir ijodiy metod deb eʼlon qilindi. Amalda esa ijod axlidan xaspoʻshlab aks ettirish, voqealarni ideallashtirish talab qilindi. 60-yillar oʻrtalaridan „madaniy inqilob“ boshlanishi munosabati bilan yangi badiiy asarlar yaratilmay qoʻydi, tarjima asarlarini nashr etish toʻxtatildi, koʻpgina adabiybadiiy jurnallar yopildi. Xitoy yozuvchilari uyushmasi (1953-yildan tashkil qilingan)ning faoliyati ham, asosan, toʻxtab qoldi. 1970-yillarning boshlaridan adabiy hayotda bir oz jonlanish yuz berdi. „Madaniy inqilob“ yillarida quvgʻinga uchragan yozuvchi va shoirlarning katta guruhi oklandi, ularning faoliyati qayta tiklandi. Ular tomonidan yozilgan asarlar nashrdan chikarildi. Xalqning ongini bozor munosabatlariga moslashtirish, oʻtgan davrga tanqidiy yondoshish, milliylikni saqlab qolish kabi masalalar yangi adabiyotning asosiy gʻoyasiga aylandi. Jahon adabiyotining xitoy adabiyotiga boʻlgan taʼsiri kuchaydi.
1977-yildan pyesa, sheʼr, nasriy va publitsistik asarlar paydo boʻla boshladi. Bu yillarda yaratilgan asarlarda oʻn yillik tartibsizliklar davridagi turmush ochib beriddi. Nasr, ayniqsa, hikoya janri jonlandi. Lyu Sinuning „Sinf rahbari“, Van Menning „Sartarosh hikoyasi“, Ju Chjitszyuanning „Kutilmagan voqea“ kabi hikoyalari shuhrat qozondi. Qissalardan Shen Junning „Oʻrtacha yosh“, Ye. Veyminning „Daryoda moʻljalsiz suzish“, L u Yanchjouning „Bulutlar ortidagi togʻlar qissasi“ ajralib turadi. Shuningdek, Chjou Ketsinyaning „Syuy Mao va uning qizlari“, Vey Veyaning „Sharq“, Li Chjunning „Xuanxe sharqqa qarab oqadi“, Gu Xuaning „Nilufar gullari vodiysida“ romanlari paydo boʻldi.
Yüklə 10,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə