Adabiyotlar ro’yxati



Yüklə 38,15 Kb.
səhifə3/4
tarix17.05.2023
ölçüsü38,15 Kb.
#110902
1   2   3   4
Mustaqil ishlar buycha chiqariladigan xo\'jjatlar

Xulosa.


Psixologik bilimlar - bu psixologiya sohasidagi bilimlar, holbuki bu vaziyatda ilm-fan sohasidagi maxsus bilimlar haqida fikr yuritiladi. Psixologiyaning uslubiyoti va nazariyasidagi kasbiy bilimlarga, amaliy ko'nikmalarga va psixologik tadqiqotlarni o'tkazish mahoratiga, faqatgina oliy psixologik ma'lumotga va o'z mutaxassisligi sohasida ishlab yurgan psixolog ega bo'lishi mumkin. Biroq, psixologiya fan sifatida katta miqdorda tor mutaxassisliklarni qamrab olgan va bunday vaziyatda tabiyki savol paydo bo'ladi: sud psixologiyasida maxsus tayyorgarlikka va ekspert ishida tajribaga ega bo'lmagan shaxs, psixologik ekspertiza xulosasini bera oladimi?
Ekspertizani belgilab beradigan shaxslar uchun bu holat o'ta muhimdir, chunki ekspertiza o'tkazish haqidagi me'yoriy xujjatlarda vakolatlik me'zonlari aniq belgilanmagan. Bu borada F.S. Safuanovning fikriga qo'shilamiz, maxsus ekspert muassasalari xodimlari bo'lmagan shaxslar, faqatgina alohida holatlarda sud-
psixologik ekspertizasini o'tkazishi mumkin. Bu holatda bunday shaxslaming ma'lumoti, mutaxassisligi, ish staji, ekspert faoliyatidagi tajribasi, ilmiy daraja mavjudligi va boshqa xislatlari inobatga olinishi kerak.
Zamonaviy ilm-fanda va huquqiy amaliyotda ushbu masalaning quyidagicha aniq ta'rifi shakllangan. Insonning psixik faoliyati ob'ektiv borliqni aks etadi. Biroq bir necha sabablar tufayli (yoshi, sog'ligi tufayli) bu jarayon turli chetlanishlar bilan kechishi mumkin. Haqiqatni ro'yobga chiqarish uchun bu kabi chetlanishlarning darajasi va xarakterini bilish juda muhimdir. Chunki bunday chetlanishlari mavjud bo'lgan shaxslarning ko'rsatmalaridan jinoiy sud ish yuritishda dalillar manbai sifatida foydalaniladi va bu borada ko'rsatmalarga tanqidiy baho berish va haqqoniylik darajasini aniqlash talab qilinadi.
Psixologiya fani rivojlanishining zamonaviy holati sud-psixologik ekspertizaning katta imkoniyatlari haqida dalolat beradi. Albatta, bu imkoniyatlar chegarasiz degani emas. Yechilmagan muammolar hali juda ham ko'p. Masalan, aniq psixologik sababni aniqlash imkoniyati mavjudligini aytish mumkin emas, ammo shaxsning asosiy sabab chiziqlar ierarxiyasini va mazmunini aniqlash real holatdir.
Ta'kidlash joizki, yuridik amaliyot ehtiyojlari uchun uning qo'llanilishi asosan jinoiy jarayon ishtirokchilari ko'rsatmalarining haqiqiyligini aniqlash metodikalarini ishlab chiqish uchun qo'llanilgan. T.V.Saxnova yozishicha, bir tomondan bu qonunbuzar shaxsiyatini o'rganib chiqishga e'tibor kuchayishidan darak bergan (ilgari u faqat qonunbuzarni o'zini o'rganilishida to'xtalgan), bu esa o'z navbatida, ob'ektiv va sub'ektiv tomonlarni inobatga olgan holda, sodir etilgan qonunbuzarlikga aniq va to'g'ri baho berishga imkon bergan. Boshqa tomondan, jarayon ishtirokchilarining ko'rsatmalarini haqiqiy ekanligini isbotlash uchun, ekspert sud yoki tergov jarayonida berilgan ma'lumotlar qay darajada haqiqiy ekanligini aniqlash bo'yicha vazifani o'z zimmasiga yuklatadi.


Yüklə 38,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə