Adabiyotshunoslik nazariyasi



Yüklə 250 Kb.
səhifə1/7
tarix29.11.2023
ölçüsü250 Kb.
#138677
  1   2   3   4   5   6   7
1 Адабиётшунослик назарияси Sillabus 4




ABDULLA QODIRIY NOMIDAGI
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI


“Tasdiqlayman”
Oʻquv ishlari boʻyicha prorektor
_____________ B.Q.To‘xtamishev
______” ________________2023-yil

ADABIYOTSHUNOSLIK NAZARIYASI”


FAN SILLABUSI

Bilim sohasi:

100000– Ta’lim

Ta’lim sohasi:

110000 – Ta’lim

Ta’lim yoʻnalishi:

5111200 – O‘zbek adabiyoti






Fan nomi:

Adabiyotshunoslik nazariyasi




Fan turi:

Majburiy

Fan kodi:

ADN203

Yil:

4

Semestr:

7

Ta’lim shakli:

Kunduzgi

Mashg‘ulotlar shakli va semestrga ajratilgan soatlar:

105

Ma’ruza

20

Amaliy mashg‘ulotlar

-

Laboratoriya mashg‘ulotlari



Seminar

50

Mustaqil ta’lim

35

Kredit miqdori:

3

Baholash shakli:

Imtihon

Fan tili:

O‘zbek





















Jizzax – 2023









  1. Fan/modulning maqsadi (MM)

F/MM1

“Adabiyotshunoslik nazariyasi ” fani 5111200 ­– O‘zbek tili va adabiyoti ta’lim yo’nalishi talabalarining ilmiy dunyoqarashini shakllantirishni, ularda adabiyotning spetsifik xususiyatlari, badiiy-estetik, ijtimoiy hamda ma’naviy-ma’rifiy ahamiyatini anglab yetishi, adabiyotning ilmiy-nazariy asoslari, janr xususiyatlari, badiiy ifoda vositalari, obrazliligi, syujeti, kompozitsiya, uslub, obraz kabi tushunchalar haqida bilimga ega bo‘lishi, shu asosda keyingi bosqichlardagi mutaxasisslik fanlarini egallashga zamin hozirlaydi.
Fanni o‘qitishdan maqsad – talabalarda adabiyotshunoslikning tadqiq obyekti bo‘lgan badiiy adabiyot haqida tushuncha berish, badiiy asarning g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari, milliy va umuminsoniy mohiyati, adabiy-nazariy tafakkur tarixidagi o‘rni, janr xususiyatlari, obrazliligi, badiiy obraz, xarakter va tip, syujet va kompozitsiya, til va uslub, badiiy tasvir vositalari kabi nazariy masalalar, shuningdek, ijodiy metod, adabiy yo‘nalish va oqimlar haqida o‘zbek va jahon adabiyotshunosligi kesimida beriladigan bilim, ko‘nikmalarini hosil qilishdan iborat.












  1. Fanni o‘zlashtirish uchun zarur boshlang‘ich bilimlar

2

Mazkur fanni o‘zlashtirgunga qadar talabalar umumiy o‘rta maktab, litsey va kasb-hunar kollejlarida o‘tiladigan adabiyot fanini o‘zlashtirgan bo‘lishlari shart.




  1. Ta’lim natijalari (TN)

TN1

Adabiyotshunoslik nazariyasini o‘qitishda zamonaviy yondashuvlar va innovatsiyalarni tatbiq qilish uchun zarur bo‘ladigan bilim va ko‘nikmalar.

TN2

Adabiyotshunoslik nazariyasi darslarida zamonaviy ta’lim vositalardan foydalanish.

TN3

Badiiy adabiyot va adabiyotshunoslik fanlarining tasvir va tadqiq obyekti hamda tarkibiy qismlari, ularning o‘ziga xosligi haqidagi tushunchalarni nazariy asosda egallash.

TN4

Zamonaviy talablar asosida adabiyotshunoslik nazariyasi darslarini samarali tashkil qilish yo‘llari.

TN5

Badiiy asar komponenlari ustida ishlash, chinakam badiiyat namunalarni “ommaviy madaniyat” namunalaridan farqlash salohiyatini shakllantirish.

TN6

Badiiy asarni kommunikativ birlik sifatida o‘rganish, tahlil jarayonida syujet va kompozitsiya, konflikt va xarakter tushunchalarini turli poetik vositalar va komponentlar fonida ijodiy o‘zlashtirish; kreativ – faoliyat yoki jarayon samaradorligini ta’minlashga xizmat qiluvchi yangi g’oyalarni yaratish, shuningdek, mavjud muammolarni ijobiy hal qilishga nisbatan tayyorgarlikni tavsiflovchi qobiliyatini egallash.

TN7

Adabiyotshunoslik asoslari va adabiyot nazariyasi fanini o‘qitishda hamda ilmiy tadqiqotlar olib borishda qo‘llaniladigan zamonaviy yondashuvlar va innovatsion texnologiyalardan xabardor bo‘lishi.

TN8

Adabiyotshunoslik nazariyasini o‘qitishda qo‘yiladigan hozirgi zamon talablarini bilishi.

TN9

Adabiyotshunoslik asoslari va adabiyot nazariyasi fanlarining mazmuni, vositalari, metodlari va shakllarining uzviyligi va izchilligini ta’minlash.

TN10

Mashg‘ulotlarda ta’lim resurslaridan samarali foydalanish.

TN11

O‘qitish mazmuniga oid axborotlarni qayta ishlash, umumlashtirish va o‘quvchilarga yetkazish ko‘nikmalariga ega bo’lish.

TN12

Adabiyotshunoslik asoslari va adabiyot nazariyasi darslarida zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalarni qo‘llash.

TN13

Adabiyotshunoslik nazariyasini darslariga qo‘yiladigan zamonaviy talablar asosida darslarni tashkil etish malakalariga ega bo‘lish.

TN14

Zamonaviy yondashuvlar va innovatsiyalardan kasbiy faoliyatda foydalanish.

TN15

Adabiyotshunoslik nazariyasini yutuqlari, mazkur soha bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlaridan xabardor bo‘lish.





Yüklə 250 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə