Adobe Photoshop Tillayev A. I.(UzMU)


Kompyuter grafikasi turlari



Yüklə 10,45 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/50
tarix06.06.2023
ölçüsü10,45 Mb.
#115697
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50
 
Kompyuter grafikasi turlari 
Hozirgi kunda kompyuter grafikasi asosan uch turga bo‟lib o‟rganiladi:
rastrli grafika; 
vektorli grafika; 
fraktal grafika.
Ular o‟rtasidagi asosiy farq nurning displey ekrandan o‟tish usulidan iborat. 
Shuningdek ular bir-biridan monitor ekranida tasvirlanishi va qog`ozda bosib 
chiqarilishi bilan farqlanadi. 
Eslab qoluvchi elektron-nurli trubkalarga ega vektorli qurilmalarda nur 
berilgan traektoriya bo‟ylab bir marta chopib o‟tadi, uning izi esa ekranda keyinga 
buyruq berilguncha saqlanib qoladi. 
Vektorli grafikaning asosiy elementi – 
chiziqdir.
Vektorli grafika bilan ishlovchi dasturiy vositalar birinchi navbatda 
tavirlarni yaratishga mo‟ljallangan. Vektorli grafika muxarrirlariga misol qilib 
Adobe Illustrator, Corel Draw va Macromediya Flash
larni keltirish mumkin. 
Ushbu dasturiy vositalarda ishlangan rasmlar nuqtalar koordinatalari xamda ushbu 
nuqtalardan o‟tuvchi chiziqlar xamda vektorlar formulalaridan iborat bo‟ladi.
Vektorli grafikada yaratilgan tasvirlar logotip, illyustratsiyalar va zastavkalar 
yaratishda foydalaniladi.


 

 
Vektorli grafika

shrift va oddiy geometrik elementlarni qo‟llash 
imkoniyatini beradi. Bunda tasvirning asosiy elementi chiziq hisoblanadi. Vektorli 
grafikadagi ma‟lumotlar operativ xotirada kam joy egallaydi. Masshtablash 
jarayonida ob‟ektlar o‟zining xususiyatini yo‟qotmaydi. Murakkab ob‟ektlarni 
vektorli grafikada ularning o‟lchamini kattalashtirib ko‟zdan kechirish mumkin.
Vektorli grafikada tasvirlar geometrik shakllardan tashkil topgan bo'ladi. 
Chiziqlar va shakllar majmuasi natijada biror bir umumiy rasm yoki tasvirni hosil 
qiladi. Vektorli grafikada tasvirni hosil qilish bo'yicha matematik formulalar 
asosida barcha hisob-kitoblarni kompyuter bajaradi.
Vektorli grafika dasturlarida yangi tasvirlar yaratiladi, lekin shu bilan 
birgalikda, ularga rastrli tasvirlarni ham qo'shish imkoni bor.
Vektorli grafikaning matematik asosini geometrik figuralarning xosslarini 
o‟rganish tashkil etadi. Ma`lumki, nuqta tekislikda 2 ta (x,y) koordinatasi bilan, 
to‟g‟ri chiziq uning kanonik ko‟rinishi 
y=kx+b 
(bunda k va b ixtiyoriy sonlar) da, 
kesma esa mos ravishda boshlang‟ich va oxirgi nuqtasini berish bilan tasvirlanadi. 
Egri chiziqlar ham mos ravishda o‟z tenglamalariga ega. 
Vektorli grafika asosan illyustratsiyalar yaratish uchun yo‟naltirilgandir. 
Vektorli grafika reklama agentliklarida, loyixalash byurolarida, nashriyotlarida va 
boshqa joylarda keng qo‟llaniladi. 

Yüklə 10,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə