Adu pedagogika fakulteti btsti yo’nalishi 103 – gurux talabasi Teshaboyeva Malikaning Yosh fiziologiyasidan tayyorlagan mustaqil ishi


Protofibrillalar yoki mikrofilamentlarning ikki turi aniqlanadi: aktin va miozin. Miozin protofibrillalar diametri 17 mn ga teng bo’lib, yo’g’on protofibrillalardir



Yüklə 23,63 Kb.
səhifə4/7
tarix23.09.2023
ölçüsü23,63 Kb.
#123375
1   2   3   4   5   6   7
Organizmda muskullarning tuzilishi

Protofibrillalar yoki mikrofilamentlarning ikki turi aniqlanadi: aktin va miozin. Miozin protofibrillalar diametri 17 mn ga teng bo’lib, yo’g’on protofibrillalardir.

  • Protofibrillalar yoki mikrofilamentlarning ikki turi aniqlanadi: aktin va miozin. Miozin protofibrillalar diametri 17 mn ga teng bo’lib, yo’g’on protofibrillalardir.
  • Aktin mikrofilamentlar nozik bo’lib, qalinligi 7 nm ga teng. Ikkala filamentlar ham mushak bo’shashgan holatda burchak hosil qilib yoki hujayra bo’yi bo’yicha joylashgan bo’lib, mushak qisqarganda o’z joylashishini o’zgartiradi. Silliq mushak hujayralarida ko’ndalang-targ’illik kuzatilmaydi, chunki filamentlar o’zaro tartibli joylashmagan. Ular sarkomerlar hosil qil-maydi, plastinkalar ham topilmagan. Silliq mushak hujayralarida ham tropomiozin, troponin va a-aktonin oqsillari topilgan.
  • Aktin oqsillarining sitolemmaga birlashgan qismida yoki aktin protofibrillaning o’rta qismida zich tanachalar uchraydi. Zich tanachalar oddiy mik-roskopda to’q dog’ shaklida ko’rinadi. Silliq mushak hujayra sitoplazmasida kalsiy ionini saqlovchi mayda pufakchalar bo’lib, ular ko’ndalang targ’il mushakdagi sarkoplazmatik retikulumni eslatadi. Lekin sarkoplazmatik retikulumning o’zi silliq mushakda kuchsiz rivojlangan. Bu pufakchalarga hujayra plazmatik membranasining botishidan hosil bo’lgan tuzilmalar tegib yotadi. Bu tuzilmalar ko’ndalang targ’il mushakning Т-sistemasini eslatadi. Ular impuls tarqalishida va kalsiy ionining sitoplazmaga chiqishida muhim o’rin tutadi.
  • Har bir mushak hujayra yuqorida qayd etilganidek, bazal membrana bilan qoplangan. Mushak hujay-ralarining bir-biriga tegib yotgan qismlarida tirqishli tutatish-neksuslar uchrab, ular silliq mushak hujayralarining ma’lum guruhlari barobar qisqarishini ta’minlaydi.
  • Silliq mushak to’qimasi yaxshi taraqqiy etgan qon tomirlar sistemasiga ega. Qon tomirlar to’qima ichida kapillyarlargacha tarmoqlanib, mushak hujayralari tutamlari orasidagi biriktiruvchi to’qima qat-lamlarida kapillyarlar to’rini hosil qiladi.
  • Silliq mushak to’qimasining taraqqiyoti va regeneratsiyasi. Silliq mushak to’qimasi mezenximadan rivojlanadi. Hosil bo’layotgan mushak hujayralari dastlab o’simtalarga ega bo’lib, uning yordamida o’zaro bog’lanadi va shu tufayli mezenxima tuzilishini eslatadi. Ularda miofibrillalar paydo bo’lish differensiallanish boshlanganligining belgisi bo’lib xizmat qiladi. Keyinchalik silliq mushak hujayralari o’simtalarini yo’qotib, duksimon shaklni oladi va bir-biriga zich yopishib yotadi. Ularda fibril-lalarning soni ortib, hujayraning uzun yo’nalishi bo’ylab tartibli ravishda joylasha boradi.

Yüklə 23,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə