Agrar munosabatlar va agrobiznes


Agrobiznes faoliyatining maqsadi



Yüklə 24,37 Kb.
səhifə2/10
tarix13.05.2022
ölçüsü24,37 Kb.
#86960
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Agrar munosabatlar va agrobiznes

Agrobiznes faoliyatining maqsadi – iste‘mol bozorini yetarli miqdorda sifatli qishloq xo’jalik mahsulotlari, sanoatni esa xom ashyo bilan uzluksiz ta‘minlash orqali foyda ko’rishdan iborat. Agrobiznesning asosiy shakli va bo’g’ini fermer va dehqon xo’jaliklaridir. Chunki bu xo’jaliklar bevosita qishloq xo’jalik mahsulotlarini ishlab chiqaradi. Fermer va dehqon xo’jaliklar o’z yerida yoki ijaraga olingan yerda ish yuritib, unda mulk egasi va ishlab chiqaruvchi fermerning o’zi va oila a‘zolari hisoblanib, ayrim hollarda yollanma mehnatdan foydalanishlari ham mumkin. Fermer xo’jaligining afzalligi shundan iboratki, unda mulk va mehnat bevosita qo’shiladi, bu esa ishlab chiqarishni yuqori samaradorligini ta‘minlaydi va ular bozor kon‘yuktura (holati)siga tez moslashaoladilar.

Respublikada fermer xo’jaliklari samarali ishlash uchun zarur xizmat ko’rsatuvchi infratuzilma – agrofirmalar, mashina-traktor parklari, ta‘mirlash ustaxonalari, tayyorlov punktlari, qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlovchi kichik korxonalar tizimi, aholiga xizmat qiluvchi ichimlik suvi va tabiiy gaz bilan ta‘minlash va boshqa maqsadida ham infratuzilmalarga e‘tibor berilmoqda. Birgina 2007 yili qishloq joylarda 1,6 ming kilometrdan ortiq suv quvurlari va 710 kilometr gaz tarmoqlari foydalanishga topshirildi. Aholini ichimlik suvi bilan ta‘minlash 84 foizga. Shu jumladan qishloq joylarida 77 foizga yetdi, tabiiy gaz bilan ta‘minlanish 82 foiz, qishloqlarda 77 foizgacha ko’paydi.

Agrobiznes ham qishloqlardagi tarkibiy o’zgarishlardan biridir. Agrobiznes – bu qishloqdagi agrofirmalar bilan sanoat xos resursdagi birgalikda ishlatib, iste‘molga tayyor bo’lgan mahsulot yaratadi. Agrofirma – ma‘lum turdagi qishloq xo’jalik mahsulotlarini yetishtirish va uni pirovard mahsulot darajasigacha qayta ishlashni qo’shib olib boradigan korxonadir. Bunday korxonalar turli mulkchilikka asoslanishi, chunonchi oilaviy xo’jalik aosida ham tashkil topib, kichik zavodlar bilan birikishi mumkin. Agrosanoat birlashmalari va kombinatlari agrobiznesning yangi turlaridir. Agrosanoat birlashmalari– bir turdagi mahsulot ishlab chmqaruvchi va unga bog’liq ishlab chiqarish faoliyati bilan shug’ullanuvchi bir nechta xo’jalik hamda korxonalarning birlashmasidir


Yüklə 24,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə