"Agrobank" aktsiyadorlik tijorat banki

Yüklə 1,36 Mb.
səhifə2/3
tarix25.12.2023
ölçüsü1,36 Mb.
#161434
1   2   3
AGRO BANK

Bank Oʻzbekiston Markaziy banki tomonidan 2009-yil 30-aprelda berilgan 78-sonli litsenziya asosida faoliyat yuritadi. 2023-yil 1-yanvar holatiga koʻra, sof foyda miqdori boʻyicha Oʻzbekistonning yirik banklaridan (5-oʻrinda) hisoblanadi.

Bank Oʻzbekiston Respublikasining barcha hududida oʻzining muassasalariga ega boʻlib, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va 12 ta viloyat boshqarmasi, 171 ta tuman (shahar) filiali, 145 ta bank xizmatlari markazi, 371 ta bank kassalari, 289 ta xalqaro pul oʻtkazmalari shoxobchalari, 215 ta valyuta ayiraboshlash shaxobchalari orqali 258 mingdan ortiq yuridik shaxslarga hamda 2,4 milliondan ortiq jismoniy shaxslarga bank xizmatlarini koʻrsatib kelmoqda. 

Agrobank xalqaro hamkorligi

Bank „VISA International“ xalqaro toʻlov tizimining prinsipal aʼzosi hisoblanadi va VISA kartalari emissiya qilish boʻyicha protsessing markaziga egalik qiladi.

2010-yilda Agrobank Kichik biznesni qoʻllab-quvvatlash uchun Islom xususiy sektorni rivojlantirish uyushmasi bilan $5 mln miqdorida kredit liniyasi ochish toʻgʻrisida shartnoma imzoladi va loyihalarni moliyalashtirishni boshladi.

Agrobank va Osiyo taraqqiyot banki oʻrtasida 20,0 mln. AQSh dollari miqdoridan iborat boʻlgan „Kichik va mikromoliyalashni rivojlantirish. II bosqich“ loyihasi boʻyicha kredit shartnomasi imzolangan. 

Agrobank boshqaruvi

Agrobank aksiyalarining 98,54 foiz ulushi davlatga tegishli. Davlat muomalaga chiqarilgan aksiyalarning 52,22 foiziga Iqtisodiyot va moliya vazirligi, 46,32 foiziga Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi orqali egalik qiladi. Bankning qolgan 1,37 foiz aksiyalari 18 381 dona yuridik shaxsga, 0,09 foizi esa 73 324 nafar jismoniy shaxsga tegishli

Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3

Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə