Agrobiznes va marketing



Yüklə 197,32 Kb.
səhifə10/28
tarix29.11.2023
ölçüsü197,32 Kb.
#138895
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   28
амалий машгулот кулланма

5.3. Qo’shimcha topshiriqlar.
Internet tarmog’idan mazkur mavzuga doir ma’lumotlar to’plash va qisqacha muhokama qilish. www.google.uz, www.usda.gov, www.imf.org, www.gov.uz, www.mse.be, www.uz, www.uzreport.uz, www.referat.uz
6. Topshiriqlarning talabalar tomonidan bajarilishi nazorat qilish va yo’l-yo’riqlar berish.
7. Topshiriqlarni echishning asosiy natijalari bo’yicha xulosa va takliflar.
8. Savol-javoblar.
9. Uyga vazifa.
9.1. O’tilgan mavzuni takrorlash.
9.2. Berilgan tushunchalarga izohlar yozish.


5-amaliy mashg’ulot:Strategik va taktik rejalashtirish,
marketing nazorati(2 soat).
1. Darsning maqsadi: Strategiya haqida tushuncha va ularning turlari, marketing strategiyasi, taktik rejalashtirish tartibi, reklama, reklama turlari, sotish va sotish yo’llarini, sotishni rag’batlantirish, marketing nazorati haqida talabalarga o’rgatish.
2. Darsning rejasi:

  1. Strategik va taktik rejalashtirishning asosiy tamoyillari.

  2. Reklamani va sotishni rag’batlantirishni rejalashtirish, raqobatchilarga ta’sir o’tkazish.

  3. Marketing nazorati turlari.

  4. Marketing strategiyasini bozordagi real sharoit bilan taqqoslash tahlili.

«Strategiya» so’zi yunoncha «strategos» so’zidan olingan bo’lib, «general san’ati»degan ma’noni bildiradi.
Strategik rejalashtirish tashkilotning global, uzoqqa mo’ljallangan maqsadlarini va uni amalga oshirish mexanizmini o’zida mujasamlashtiradi.
Vaqtga bog’liq holda, strategik reja qisqa muddatli (yillik) yoki uzoq muddatli (kompaniyaning joriy faoliyati bilan bog’liq holda) bo’ladi.
Qisqa muddatli reja joriy sharoitni, kompaniyaning maqsadini, uning kelasi yilgi strategiyasini, faoliyat programmasini, byudjet va boshqarish usullarinio’z ichiga oladi.
Uzoq muddatli rejaning asosida korxonaga kelgusi bir necha yildan keyin ia’sir qilishi mumkin bo’lganichki va tashqi faktorlarni baholash yotadi.




Marketingni rejalashtirish jarayoni


Uzoq muddatli reja asosida uzoq muddatli maqsad, zarur resurslar va rejani amalga oshirish uchun kerak bo’ladigan marketing strategiyasini ishlab chiqaradi.


Strategiyalar nimani o’z ichiga oladi? Bu savollarga javob berish uchun bosqichlarni ko’rib chiqamiz: taxlil, rejalashtirish, amalga oshirish va tekshiruv (nazorat). quyidagi chizmada strategiyani va marketingni rejalashtirish uchun kerak bo’ladigan rejalashtirish jarayoni ko’rsatilgan.
Jarayonni rejalashtirishdan oldin korxonaning ichki va tashqi analizini olib borishimiz lozim.
Marketingni nazorat qilish jarayoni 5 ta asosiy bosqichni o’z ichiga oladi:
1.Nazorat qilishga muljallangan reja ko’rsatkichlarini
2.Faoliyatni haqiqiy ko’rsatkichlari natijalarini ulchash (ma’lumotlarni yig’ish)
3.Faoliyatni reja va xakikiy kursatkichlari natijalarini solishtirish
4.Reja ko’rsatkichlaridan haqiqiysini imkoniyat farqini tahlili
5.Yangi rejalar ishlab chikish, korrektirovkalash.
Marketingni nazorat qilishni 1974 yilda F.Kotler ikki turini marketingni boshqarish tizimiga ta’sir etishini kursatib utgan, ya’ni tashki va ichki muxitni omillarini uzgarish imkoniyatiga ko’ra – marketingni nazorat qilishni ochik va yopik tizimlaridir.
Yopiq nazorat tizimida marketing-menedjment guruxi vakilini tugri aralashuvsiz reja va xakikiy kursatkichlarini solishtirish va ularni korrektirovka qilish amalga oshiriladi.
Ochik nazorat tizimida esa aniq kursatkichlarni kiritilayotgan korrektirovkasini baxolash va maqsadga erishish darajasini tekshirishda marketing-menedjment guruxini vakilini faol katnashishi kuzda tutiladi.
3. Darsning ta’minoti:
Adabiyotlar ro’yxatida ko’rsatilgan adabiyotlar asosida.
4. Darsning borishi: Talabalar bilan salomlashish, davomatni aniqlash, o’tilgan darsni takrorlash, uy vazifalarni tekshirish, talabalarning bilimini baholash va yangi amaliy mashg’ulot darsini tushuntirish, berilgan topshiriqlarni birgalikda bajarish hamda uyga qo’shimcha topshiriqlar berish.
5. Talabalarning mustaqil ishlashi uchun topshiriqlar.

Yüklə 197,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə