Agrotexnologiyalar instituti odiljon shermatov agrosanoat majmuasi



Yüklə 0,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/273
tarix11.12.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#147582
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   273
Agrosanoat majmui iqtisodiyoti

16 
 
mahsulotni iste’molchilarga yetkazib beruvchi sohalar iqtisodiyotini bir 
– biridan alohida xolatda tasavvur etib bo‘lmaydi. Bu tarmoqlar yagona 
bir tizimni tashkil etadi va ularning birgalikda mutanosib ishlashi 
provard natijaning samarali bo‘lishini ta’minlaydi. Hozirda qishloq 
xo‘jaligi ishlab chiqarishi bilan sanoatning bir butun ko‘rinish 
olayotgani to‘g‘risida ko‘plab misollar keltirish mumkin. Jumladan, 
xoashyodan tayyor maxsulotgacha bo‘lgan tizimni o‘z ichiga olgan 
paxta-to‘qimachilik 
klasterlari faoliyati, ko‘p tarmoqli fermer 
xo‘jaliklari faoliyati, meva-sabzavotlarni qayta ishlovchi korxonalar, 
sutni qayta ishlovchi korxonalar, shuningdek, issiqxonalar, parandachilik 
fabrikalari bunga misol bo‘la oladi. Bu sohalarda bir yuridik maqomga 
ega korxonada qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqariladi va shu 
korxonaning o‘zida u dastlabki qayta ishlash jarayonidan o‘tadi, ba’zan, 
to‘la qayta ishlanadi. Mazkur korxonalar faoliyatida ishlab chiqarish 
qishloq xo‘jaligi darajasidan yuqorilashib, ma’lum ma’noda sanoatlashib 
ketgan. 
Agrosanoat integarasiyasining yanada chuqurlashib borishi 
ob’yektiv jarayondir. Bu, albatta, qishloq xo‘jaligining va umuman, 
agrosanoat majmuasining, iqtisodiyotning rivojlanishiga olib keluvchi 
jarayondir. Agrosanoat integrasiyasining va kooperasiyasining mahsuli 
sifatida o‘tgan asrning 60-yillaridan boshlab mamlakatimizda agrosanoat 
majmuasi yagona tizim sifatida shakllana boshladi. Agrosanoat 
majmuasi – qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish, ularni 
tayyorlash, qayta ishlash, saqlash va tayyor mahsulotni iste’molchilarga 
yetkazib beruvchi, yagona maqsadlarga yo‘naltirilgan, texnologik 
jihatdan ustun darajada bir biri bilan bog‘langan tarmoq va xizmatlar 
yig‘indisidir. Iqtisodiy fan mamlakat, hudud va mahsulot turlari 
bo‘yicha “agrosanoat majmuasi” tushunchalarini farqlaydi. Shunga ko‘ra 
agrosanoat majmuasi: 
-mamlakat agrosanoat majmuasi; 
-
hudud agrosanoat majmuasi; 
- ixtisoslashgan (go‘sht, sut, don, sabzavot va poliz kabi mahsulot 
turlarini yetishtirish bilan shug‘ullanuvchi) agrosanoat majmualaridan 
iborat. Ixtisoslashgan agrosanoat majmualari ikkiga bo‘linadi. Birinchisi, 
oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi agrosanoat majmuasi. 
Ikkinchisi nooziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi agrosanoat 
majmuasi. Bu agrosanoat majmualarining har ikkalasi ham alohida 
olingan tovarlar (mahsulotlar) bo‘yicha agrosanoat majmualarini tashkil 



Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə