Agrotexnologiyalar instituti odiljon shermatov agrosanoat majmuasi



Yüklə 0,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/273
tarix11.12.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#147582
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   273
Agrosanoat majmui iqtisodiyoti

Тақризчилар
S.R.Umarov-
“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash 
muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti professori i.f.d.
Q.H.Muftaydinov-
Andijon mashinasozlik instituti, “Iqtisodiyot” kafedrasi 
professori i.f.d. 
Darslik Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti Kengashining 
2022-yil 29-dekabrdagi 8-sonli majlis bayoni bilan ma’qullangan. 
 
 
ISBN: 
978-9943-9651-2-6
 
 
 
 
© O.Shermatov. Agrosanoat majmuasi 
iqtisodiyoti 
(Darslik). 2023 y.
 
© “Step by step print” 
MChJ bosmaxonasi. 
Andijon – 2023. 
 



 
 
KIRISH 
 
O‘zbekiston agrar mamlakat hisoblanib, qishloq xo‘jaligi 
mamlakat iqtisodiyotida salmoqli o‘rinni egallaydi. Iqtisodiyotni 
raqamlashtirish sharoitida aholini oziq-ovqat mahsulotlari, sanoat 
korxonalarini xomashyo bilan ta’minlash hamda mamlakat valyuta 
tushumini ko‘paytirish manbai, iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari uchun 
potensial bozor sifatida qishloq xo‘jaligining ahamiyati beqiyosdir. Shu 
asosda qishloq xo‘jaligida maxsulot yetishtirish xajmi va sifatini bozor 
talablariga moslashtirish,yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi maxsulotlarni 
qayta ishlash va tayyor maxsulotlarni iste’molchilarga yetkazish bilan 
bog‘liq ishlab chiqarish zanjirini shakllantirishda agrosanoat majmuasi 
tarmoqlarining o‘rni va ahamiyati kattadir. Raqamli iqtisodiyot 
sharoitida agrosanoat majmuasi korxonalari faoliyatining asosiy 
maqsadi-jamiyat uchun yetarli xajmda va sifatda qishloq xo‘jaligi 
mahsulotlari yetishtirish, qayta ishlash, hamda iste’molchilarga yetkazib 
berish bilan bog‘liq tizimni bir meyorda barqaror ishlashini ta’minlash 
asosida aholi turmush darajasini oshirishga xizmat qilishdan iborat. 
Majmuada bugungi sharoitda eng ilg‘or va samarali xisoblangan 
iqtisodiy mexanizmlarni yaratish, innovasiya va novasiyalarni faoliyatga 
samarali tadbiq etish, tizimda resurslar bozorini samarali yo‘lga qo‘yish 
xamda yuksak darajada bilim va tajribalarga ega bo‘lgan inson kapitalini 
shakllantirish dolzarb masalalardan hisoblanadi. 
Agrosanoat majmuasini rivojlantirish eng avvalo majmua tarkibiga 
kiruvchi korxonalarning iqtisodiy barqarorligini ta’minlash asosida turli 
toifadagi korxonalarni o‘zaro iqtisodiy xamkorligini yanada 
rivojlantirishga xizmat qiladi. Mamlakat agrosanoat majmuasining 
rivojlantirishga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumati 
tomonidan doimiy alohida e’tibor qaratilmoqda. O‘tgan davr mobaynida 
agrosanoat majmuasi tarmoq hamda korxonalari faoliyatini tashkil etish 
va samarali faoliyatini yo‘lga qo‘yish yuzasidan mustahkam huquqiy 
baza yaratildi va xozirgi kunda yanada takomillashtirilmoqda. Iqtisodiy 
islohotlar natijasida mamlakat iqtisodiyotida sezilarli darajada tarkibiy 
va sifat o‘zgarishlari amalga oshirildi. Ayniqsa, mulkiy munosabatlar 
takomillashdi va bu holat agrar sohada nodavlat sektorning tez 
rivojlanishiga asos bo‘ldi. Bugungi kunda qishloq xo‘jaligida maxsulot 
ishlab chiqarish asosan agroklasterlar, fermer xo‘jaliklari, tomorqa yer 



Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə