Agrotexnologiyalar instituti odiljon shermatov agrosanoat majmuasi



Yüklə 0,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/273
tarix11.12.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#147582
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   273
Agrosanoat majmui iqtisodiyoti


 
egalari va boshqa qishloq xo‘jaligi maxsuloti yetishtiruvchilari 
tomonidan amalga oshirilmoqda. 
Agrar tarmoqda yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta 
ishlash darajasi va ularni eksport qilish masalalari mamlakat 
manfaatlaridan kelib chiqqan holda ijobiy hal qilinmoqda. Bu 
o‘zgarishlar iqtisodiy fanlar, jumladan, “Agrosanoat majmuasi 
iqtisodiyoti” fani oldiga yangi vazifalarni qo‘ymoqda. Jumladan, 
agrosanoat majmuasi tarkibiga kiruvchi tarmoqlarni bir-biriga mutanosib 
rivojlantirish, ularning iqtisodiy manfaatlarini uyg‘unlashtirish 
masalalari 
yanada 
kuchaytirilmoqda. 
Bozor 
munosabatlarining 
rivojlantirilishi oziq-ovqat xavfsizligi, maxsulot sifati, ishlab chiqarish 
iqtisodiyoti, marketing, menejment, iqtisodiy havfsizlik, moliya va soliq, 
inflyasiya, monopoliyaga qarshi kurash va raqobatni rivojlantirish, 
bankrotlik, birja, shartnomaviy munosabatlar kabi ko‘plab iqtisodiy 
masalalarni chuqur o‘rganishni talab etmoqda. 
Bugungi raqamli iqtisodiyot sharoitida O‘zbekiston Respublikasi 
agrosanoat majmuasi tarkibiga kiruvchi barcha tarmoqlarni garmonik 
uyg‘unlikda rivojlantirish talab etilmoqda. Chunki, respublika 
agrosanoat majmuasining bir tarmog‘iga bo‘lgan kuchli e’tibor boshqa 
tarmoqlariga nisbatan e’tiborsizlikni keltirib chiqaradi. Shuning uchun 
xam agrosanoat majmuasi tarmoqlariga ishlab chiqarish vositalarini 
yetkazib beruvchilar, qishloq xo‘jaligi, maxsulotlarni qayta ishlovchilar 
va xizmat ko‘rsatuvchi infratuzilmalarga islohotlar jarayonida birdek 
e’tibor qaratilmoqda. 
Ushbu tarmoqlar o‘rtasida o‘zaro integrasiya munosabatlarini 
rivojlanti rish asosida ishlab chiqarilayotgan maxsulotlar va 
ko‘rsatilayotgan xizmatlar raqobatbardoshligini ta’minlashning asosiy 
yo‘nalishlari - ishlab chiqarishni raqamlashtirish, intensivlashtirish, 
ishlab chiqarish jarayon larini elektrlashtirish, mexanizasiyalashtirish va 
avtomatlashtirishdir.
Ushbu darslik 300.000-Ijtimoiy fanlar, jurnalistika va axborot bilim 
sohasi, 310.000-Ijtimoiy va xulq atvorga mansub fanlar ta’lim 
sohasining 60310100-Iqtisodiyot (qishloq xo‘jaligida) ta’lim yo‘nalishi 
va tegishligicha ta’lim yo‘nalishi talabalari xamda barcha qiziquvchilar 
uchun mo‘ljallangan bo‘lib, “Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti” 
fanining asosiy maqsadi talabalarda mamlakat agrosanoat majmuasining 
mohiyati, tarkibi, uni barqaror va jadal rivojlantirish muammolari, 
majmuada mavjud resurslaridan samarali foydalanish yo‘nalishlari 



Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə