Agrotexnologiyalar instituti odiljon shermatov agrosanoat majmuasi



Yüklə 0,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/273
tarix11.12.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#147582
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   273
Agrosanoat majmui iqtisodiyoti


 
kim uchun ishlab chiqariladi degan savolga javob topishi lozim. Bu bir 
ko‘rinishda oddiy masaladek ko‘rinsa-da, aslida juda murakkab 
masala hisoblanadi. Bu masala qanchalik murakkab, tez o‘zgaruvchan 
bo‘lmasin unga doimo javob topib turish zarurati mavjud.
“Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti” fani har bir tarmoq 
iqtisodiyotini alohida-alohida emas, balki ulardan har biriga tegishli 
ma’lumotlar asosida oxirgi mahsulot ishlab chiqarishni ko‘paytirish, 
uning tannarxini pasaytirish, mehnat unumdorligini oshirish va 
mahsulotlar sifatini yaxshilashni ta’minlovchi mexanizmni yaratish 
nuqtai nazardan o‘rganadi. “Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti” fani 
“Iqtisodiy nazariya”, “Raqamli iqtisodiyot”, “Mikroiqtisodiyot”, 
“Makroiqtisodiyot”, “Marketing”, “Menejment”, “Iqtisodiy statistika”, 
Iqtisodiy geografiya”, “Mintaqa iqtisodiyoti”, “Qishloq xo‘jaligi 
iqtisodiyoti”, “Fermer xo‘jaliklari iqtisodiyoti”, “Qishloq xo‘jaligi 
huquqi” , “Korxona iqtisodiyoti”, “Mehnat iqtisodiyoti” xamda “Kichik 
biznes va tadbirkorlik” kabi qator fanlar bilan uzviy bog‘liq. Shu bois u 
o‘z predmetini ko‘plab fanlar yutuqlaridan foydalangan holda o‘rganadi. 
“Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti” fani juda ko‘plab iqtisodiy fanlar 
bilan uzviy bog‘liq holda rivojlanadi va ularda erishilgan yutuqlar bilan 
boyib boradi, o‘z navbatida, boshqa iqtisodiy fanlarning rivojiga ham 
salmoqli hissa qo‘shadi. Bu fanning rivojiga bizning mamlakatimizda 
akademiklar, Jalilov X.M., Usmanov S.N., Kim V.V., Xusanov R.X., 
Gʻulomov S.S., Lapkin K.I., i.f.d., professorlar Qayumov F.Q., 
Abdug‘aniyev A.A.., Xasanjanov Q.S., Jo‘rayev A., Xusanov M., 
Shokirov A., Yusupov E., Xushmatov N., Hamdamov Q.S., dosentlar 
Maxmadiyev U., Gavrilyuk L., Ogureyeva G.A., Ziyavutdinov Sh., 
Ismailova F., Xolbotirova U., Galiyev B., Kim V.M., Tursunxo‘jayev 
T.L., To‘raxo‘jayev T.I., Raximov B.R., Raximov S.B., Abdullayev 
B.M., Mirzajonov M.Q., Murtozayev O., Mamatvaliyev T., Aripov M., 
Aripov I.M., O‘roqov N.I., Xudoyberdiyev O‘., A. Abdiyev, A.Amirov 
kabi ko‘plab agrar iqtisodchilar katta hissa qo‘shdilar.



Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə