Agrotexnologiyalar instituti odiljon shermatov agrosanoat majmuasi



Yüklə 0,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/273
tarix11.12.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#147582
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   273
Agrosanoat majmui iqtisodiyoti


 
bilimlarni beradi. Mamlakatda olib borilayotgan iqtisodiy siyosatning 
agrosanoat majmuasi tarmoqlarida amalga oshirish jarayonidagi yutuq 
va kamchiliklarni o‘rganadi hamda ularning yechimlari to‘g‘risidagi 
bilimlarni o‘zida mujassam etadi. 

Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti” fani o‘z predmetini quyidagi 
tartibda o‘rganadi: dastlab agrosanoat integrasiyasi, majmuaning 
shakllanish qonuniyatlarini, agrosanoat majmuasining mohiyati, uning 
tarkibini o‘rganadi. Agrosanoat majmuasi tarmoqlariga ishlab chiqarish 
vositalari ishlab chiqaruvchi tarmoqlarning tarkibi, hozirgi holati, ularni 
rivojlantirish jarayonida vujudga keladigan muammolar va ularni 
yechish 
yo‘nalishlarini 
belgilovchi 
iqtisodiy 
bilimlar 
bilan 
mutaxassislarni (talabalarni) tanishtiradi.
Agrosanoat majmuasi tarkibida muhim o‘rinni qishloq xo‘jaligi 
mahsulotlarini tayyorlash, qayta ishlash va tayyor mahsulotlarni 
iste’molchilarga yetkazib berish bilan shug‘ullanuvchi tarmoqlar 
egallaydi. Agrosanoat majmuasi tarkibida bu uchinchi sohani tashkil 
etuvchi tarmoqlarning tarkibini, hozirgi rivojlanish darajasini, ulardagi 
kamchilik va muammolarni tartibga solib ko‘rsatadi va ularni yechish 
yo‘llarini o‘rganadi. Agrosanoat majmuasi tarkibida infratuzilmalarni 
ahamiyati katta infratuzilmalar agrosanoat majmuasining to‘rtinchi 
sohasi hisoblanadi. Bu fan infratuzilmani ikkiga bo‘lib o‘rganadi. 
Birinchi 
qismga 
agrosanaoat 
majmuasining 
ishlab 
chiqarish 
infratuzilmasi, ikkinchi qismga majmuaning ijtimoiy infratuzilmasi 
kiradi. Infratuzilmaning (ishlab chiqarish va ijtimoiy) mohiyatini
ahamiyatini, vazifalarini, tarkibini, uning rivojlanish tendensiyalari ni 
tartibga solib o‘rganadi. Keyingi mavzularda agrosanoat majmuasining 
ikkinchi sohasi bo‘lgan qishloq xo‘jaligi tarmog‘ining tarkibi, hozirgi 
holati, tarmoqda mavjud bo‘lgan yutuq va kamchiliklar va sohani 
rivojlantirish yo‘nalishlarini o‘rganadi. Agrar sohaning ishlab chiqarish 
omillaridan foydalanish darajasi va ulardan foydalanishni yaxshilash 
yo‘llarini tartibga solib o‘rganadi. Qishloq xo‘jaligi marketingi alohida 
bir mavzu sifatida yoritiladi. Mamlakatimiz moliya va kredit 
siyosatining agrosanoat majmuasi tarmoqlari iqtisodiyotidagi o‘rni 
beqiyosligini hisobga olib, ularni alohida mavzu sifatida o‘rganadi. 
O‘zbekiston Respublikasining dunyo hamjamiyatiga integrasiyalashuv 
jarayonining tezlashib borayotgani o‘z navbatida xorijiy davlatlarning 
agrar siyosatini o‘rganish katta ahamiyatga egaligini e’tiborda tutib, 
Yevropa hamjamiyati davlatlarining yagona agrar siyosati to‘g‘risida 



Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə