Agrotexnologiyalar instituti odiljon shermatov agrosanoat majmuasi



Yüklə 0,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/273
tarix11.12.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#147582
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   273
Agrosanoat majmui iqtisodiyoti

11 
 
shakllanganiga uncha katta vaqt bo‘lgan emas. Adabiyotlarda 
“Agrosanoat integrasiyasi”, “Agrobiznes”, “Agrosanoat majmuasi” 
tushunchalarining paydo bo‘lishi 1950 yillar oxiriga to‘g‘ri keladi. 
“Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti” alohida fan sifatida 1960 
yillardan boshlab o‘rganila boshlandi. Bizning mamlakatimizda bu fan 
1970 yillarning o‘rtalarida shakllandi va mutaxassislar tomonidan 
o‘rganilib, rivojlantirilmoqda. “Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti” fani 
dinamik rivojlanib borayotgan fanlar qatoriga kiradi. Shu sababli 
dunyo iqtisodiyotida va mamlakat iqtisodiy siyosatida yuz berayotgan 
hodisalar “Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti” fanining rivojlanishiga 
bevosita ta’sir etadi. Shunday ekan, fan o‘z predmetini o‘rganishda 
tarixiy–dealektik rivojlanish usulidan ham keng foydalanadi. Bunda 
majmuaga kirgan bir tarmoqda yuz bergan o‘zgarish uning boshqa 
tarmoqlari foliyatida o‘z aksini topishi doimiy hisobga olinib turiladi. 
Demak, “Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti” fani boshqa iqtisodiy fanlar 
kabi iqtisodiyotda yuz berayotgan barcha o‘zgarishlarni bir-biriga 
bog‘liq holda o‘rganadi. 
1.3. “Agrosanoat
majmuasi iqtisodiyoti” fanining vazifalari 
“Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti” fanining asosiy maqsadi 
o‘quvchilarni majmuaning iqtisodiy masalalari bo‘yicha davlat 
standartlari darajasida barcha zaruriy bilimlar majmuasi bilan 
qurollantirishdir. Mutaxas sislarga majmuada yuzaga keladigan ko‘plab 
iqtisodiy muammolar va masalalarning moʻtadil yechimini topishda 
nazariy asos bo‘lib xizmat qiladi.
“Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti” fanining asosiy vazifasi 
o‘quvchilarni agrosanoat majmuasi tarmoqlarida iqtisodiyotning 
dolzarb masalalari bilan tanishtirish, ularni yechish bo‘yicha 
mutaxassislarga yetarli darajada bilim berishdir. Ushbu masalalarga 
quyidagilarni kiritish mumkin: 
- agrosanoat integrasiyasi; 
- agrosanoat majmuasi tarmoq tarkibi
- agrosanoat majmuasi tarmoqlari rivojlanishining hozirgi holati;
-majmua tarmoqlaridagi ishlab chiqarish omillaridan samarali 
foydalanish yo‘llari; 
- agromarketing; 
- agrosanoat majmuasi menejmenti; 



Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə