Agrotexnologiyalar instituti odiljon shermatov agrosanoat majmuasi



Yüklə 0,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/273
tarix11.12.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#147582
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   273
Agrosanoat majmui iqtisodiyoti


 
ham qisqacha ma’lumotlar beradi. “Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti” 
fani qishloq xo‘jaligi, sanoat va xizmat ko‘rsatish sohalarini 
iqtisodiyotini o‘rganishda asosiy e’tiborni agrosanoat majmuasi 
manfaatlaridan kelib chiqqan holda o‘rganadi. “Agrosanoat majmuasi 
iqtisodiyoti” fani moddiy ishlab chiqarishning iqtisodiy masalalari bilan 
bog‘liq bo‘lganligi sababli boshqa iqtisodiy fanlar kabi quyidagi amaliy 
masalalarga javob izlaydi va ularni moʻtadil yechimini topadi.
1. Mamlakat agrasanoat majmuasi nima ishlab chiqarishi va 
qanday xizmatlarni amalga oshirish kerakligini aniqlashi va uning eng 
moʻtadil tarkibini topishi lozim. Respublika tabiiy-iqlim, mehnat va 
ishlab chiqarishning moddiy resurslari hamda bozor talablarini hisobga 
olgan holda nima yetishtirishi va qanday xizmatlar ko‘rsatishi 
kerakligini belgilashi kerak. Bu juda muhim va qiyin masala bo‘lib, 
ushbu fan nima ishlab chiqarishi va qanday xizmatlarni amalga oshirishi 
lozim degan masalaning yechimini topish ustida fikrlar yuritadi. Bu 
masalani hal etishda mamlakatning agrosanoat majmuasi tomonidan 
ishlab chiqariladigan mahsulotlarga va xizmatlarga bo‘lgan talabi 
aniqlaniladi. Ushbu talabni qondirish uchun qanday imkoniyatlar 
mavjudligi 
o‘rganiladi. Respublika uchun qaysi mahsulotlarni 
yetishtirish va qanday xizmatlarni ko‘rsatishning absolyut va nisbiy 
ustunlik jihatlari o‘rganiladi. Shundan so‘ng nima yetishtirish kerak va 
qanday xizatlar ko‘rsatish kerak degan savolga javob beradi. Bu jarayon 
esa doimiy rivojlanishda bo‘lib, davrlar o‘tishi bilan ishlab 
chiqarishning tarkibi o‘zgarib boradi.
2. “Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti” fani ne’matlardan qancha va 
qanday ishlab chiqarish kerak degan savolga ham javob izlaydi. Bu 
masala juda muhim bo‘lib, qancha ishlab chiqarish kerak degan 
savolga javob berish uchun mamlakatning ushbu ne’matlarga bo‘lgan 
talabi va uni ishlab chiqarish uchun imkoniyatlari aniqlanadi. Qanday 
ishlab chiqarish kerak degan bozor iqtisodiyotining eng dolzarb 
xisoblangan savoliga javob berish uchun yetishtirilayotgan mahsulotlar 
qanaqa texnologiyalar yordamida amalga oshirilishi belgilanadi. Bu 
savolga javob topish uchun mamlakat o‘z resurslarining qancha qismini 
ushbu ne’matlarni yaratishga ajrata olishini ham hisobga olish kerak 
bo‘ladi. Bu masalada mamlakat iqtisodiyoti uchun mos keladigan ilg‘or 
texnologiyalarni ishlab chiqarishga jalb etish katta amaliy ahamiyatga 
ega.
3. “Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti” fani majmua mahsulotlari 



Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə