Agrotexnologiyalar instituti odiljon shermatov agrosanoat majmuasi



Yüklə 0,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/273
tarix11.12.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#147582
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   273
Agrosanoat majmui iqtisodiyoti


 
to‘g‘risida hamda sohani boshqarish, tartibga solib turish maqsadida 
zarur boshqaruv qarorlarni qabul qilish uchun yetarli darajada nazariy va 
amaliy bilimlarni shakllantirish hisoblanadi. Oliy ta’limning Iqtisodiyot 
(qishloq xo‘jaligida) ta’lim yo‘nalishida “Agrosanoat majmuasi
iqtisodiyoti” fanidan tashqari “Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti” va 
“Fermer xo‘jaliklari iqtisodiyoti” fanlari xam o‘tiladi. Ushbu fanlarda 
qishloq xo‘jaligi va uning tarmoqlari iqtisodiyoti chuqur o‘rganilishini 
hisobga olib, fanlarda asoslanmagan takrorlanishga yo‘l qo‘ymaslik
uchun qishloq xo‘jaligi ekin turlari va chorvachilik yo‘nalishlari 
iqtisodiyoti ushbu fanda alohida bob sifatida o‘rganilmaydi.
“Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti” fanining barcha boblarini 
tinglovchilarga yetkazishda pedagogik texnologiyalarning “blis-so‘rov”, 
“insert”, “aqliy hujum”, “pinbord”, “delfi”, “klaster” kabi usul va
texnikalaridan keng foydalaniladi. Yuqorida sanab o‘tilgan masalalarni 
ilmiy hal etish uchun zaruriy nazariy bilimlarni o‘zlashtirishda ushbu 
darslik asos bo‘lib xizmat qiladi degan umiddamiz.



 
1-BOB. “AGROSANOAT MAJMUASI IQTISODIYOTI” 
FANINING PREDMETI VAZIFALARI VA O‘RGANISH 
USULLARI 
1.1. “Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti” fanining predmeti, boshqa 
fanlar bilan bog‘liqligi

Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti” fani iqtisodiy fanlar tarkibiga 
kirib, maxsulot ishlab chiqarish, qayta ishlash va sotish jarayonlarini 
samarali tashkil etishda tarmoqni moddiy–texnika xamda xizmat turlari 
bilan ta’minlash bilan bog‘liq iqtisodiy munosabatlarni o‘rganadi. Har 
qanday ishlab chiqarish iqtisodiyoti ma’lum tarmoq, soha va xizmatlar 
yig‘indisidan iboratdir. Ushbu tarmoq, soha va xizmatlar ichida 
agrosanoat majuasi eng asosiy sohalardan biri bo‘lib, jamiyatning 
hayoti, turmush darajasi ko‘p jihatdan uning rivojlanishi bilan 
belgilanadi. Agrosanoat majmuasida insonlar uchun hayot manbai 
hisoblangan oziq-ovqat, kiyim kechak, sanoatning ko‘plab tarmoqlari 
uchun xomashyo mahsulotlari ishlab chiqariladi. Boshqacha qilib 
aytganda, insonlarning hayoti bilan bevosita bog‘langan soha 
hisoblanadi. Shu asosda 
agrosanoat 
majmuasini 
rivojlanishini 
ta’minlaydigan bilimlarni o‘rganish zarurati tug‘iladi. Natijada boshqa 
iqtisodiy fanlar qatorida agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti fani ham 
rivojlanib kelmoqda. 

Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti” fani o‘z o‘rganish ob’yektlari 
va predmetiga ega. Fanning predmeti ob’yektiv iqtisodiy qonunlarning 
agrosanoat majmuasiga kiruvchi tarmoqlarida amal qilishining o‘ziga xos 
tomonlarini o‘rganish hisoblanadi. Doimiy rivojlanishda bo‘lgan ushbu 
fan agrosanoat majmuasi tarmoqlari iqtisodiyotida yuz berayotgan 
o‘zgarishlar, ulardagi ishlab chiqarish omillari: mehnat resurslari, yer va 
suv fondi, asosiy ishlab chiqarish vositalari va tadbirkorlik 
imkoniyatlaridan samarali foydalanish yo‘llarini o‘rganadi. Fan 
agrosanoat 
majmuasiga 
kiruvchi 
tarmoqlarning 
o‘ziga 
xos 
xususiyatlarini, ularda ishlab chiqarishni samaradorligiga ta’sir 
qiluvchi omillar va ularning ta’sirini ham o‘rganadi. 

Agrosanoat 
majmuasi 
iqtisodiyoti” fani agrosanoat majmuasi tarmoqlari 
taraqqiyotidagi ijobiy va salbiy tendensiyalarni o‘rganadi va 
mutaxassislarga ularni yaxshilash yo‘nalishlari to‘g‘risida zarur 



Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə