Xalqaro Nordik universiteti yozish va taqdimot qilish komptenesiyasi fanidan Bilim va uning shakllari mavzusida tayyorlagan taqdimoti



Yüklə 3,52 Mb.
səhifə1/3
tarix29.11.2023
ölçüsü3,52 Mb.
#143420
  1   2   3
1. Pedagogik dasturiy vositalar yaratishga qo\'yiladigan talablar

Xalqaro Nordik universiteti Axborot kommunikatsiya texnolgiyalari fanidan Pedagogik dasturiy vositalar yaratishga qo'yiladigan talablar mavzusida tayyorlagan taqdimoti Talaba: 1-MTS-23 guruh talabasi Shodiyeva Tursunoy O’qituvchi: D.Davlatova


Pedagogik dasturiy vositalar yaratishga qo'yiladigan talablar
Reja
  • PDV ga qo’yiladigan talablar
  • Metodik talablar

«IHTA kursini o’qitish uslubiyatini takomillashtirishdagi muhim yo’nalishlardan biri bu yangi o’quv predmeti bo’yicha yaxlit o’quv-uslubiy majmua (O’MK)ni yaratish hisoblanadi. IHTA kursi bo’yicha O’MKning alohida xususiyati shundaki, u o’z ichiga faqat darslik va uslubiy qollanmalar, oqish uchun kitoblar tizimini emas, shuningdek, PDVlarni qo’llash boyicha uslubiy qo’llanmalarni va nihoyat, PDVlarning o’zini ham qamrab oladi», deb yozadi A.A.Kuznetsov o’zining «O’rta maktabda informatikani o’qitish uslubiy tizimining rivojlanishi» mavzusidagi ma‘ruza shaklidagi doktorlik dissertatsiyasida O’quv-uslubiy majmua tarkibiga tegishli bo’lgan PDVlarni yaratishdagi eng muhim masalalardan biri kompyuter bilan ishlayotgan o’quvchining o’zini his qilishi masalasi.
Kompyuterli mashg’ulotlarning o’quvchi organizmiga ta‘sirini o’rganishga qaratilgan qator tadqiqotlar olib borilgan. Ko’pgina tadqiqotlarda PDVlarga qo’yiladigan metodologik, didaktik, psixologik, texnik,fiziologik-gigienik talablar ko’rsatib o’tilgan.
Bizning tadqiqotimiz PDVlarni ta‘lim jarayonida qo’llash bilan mazkur talablarning qay darajada o’rinli ekanligini o’rganish va ularni to’ldirishga ham qaratildi. A.S.Lesnevskiy PDVlarga qo’yiladigan talablarni ishlab chiqishda, birinchidan, didaktika prinsiplari mazmunidan; ikkinchidan, kompyuterning didaktik funksiyalaridan; uchinchidan, dastur vositasi tuzilishidan kelib chiqib yondashgan. Tadqiqotlarda kompyuterli faoliyatning o’sayotgan organizmga ta‘siri va bu faoliyatni o’quvchini charchatmagan holda tashkil qilishning eng maqbul sharoitlari o’rganilgan. Tadqiqotlar xulosasi mashg’ulotlarni kompyuter yordamida tashkil qilish mumkinligini, biroq bunda belgilangan gigienik talablarga amal qilish lozimligini ko’rsatadi.
Pedagogik dasturiy vositalarga qo’yiladigan didaktik talablarga quyidagilar kiradi: ilmiylik, tushunarli, qat‘iy va tizimli bayon etilishi bilan birgalikda (pedagogika, psixologiya, informatika, ergonomikaning asosiy tamoyillarini, zamonaviy fanning fundamental asoslarini hisobga olib, o’quv faoliyati mazmunini qurish imkoniyatini ta‘minlash), uzluksizlik va yaxlitlik (ilgari o’rganilgan bilimlarning mantiqiy oqibati hamda to’ldiruvchisi hisoblanadi), izchillik, muammolilik, ko’rgazmalilik, faollashtirish (o’qitish mustaqilligi hamda faollilik xususiyatining mavjudligi), o’qitish natijalarini o’zlashtirish mustahkamliligi, muloqotning interfaolliligi, o’qitish, tarbiyalash,rivojlantirish va amaliyotning yaxlit birligi.
Metodik talablarga quyidagilar kiradi: aniq o’quv fanining o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olish, ma‘lum bir faning o’ziga xosligini hisobga olish, axborotni zamonaviy metodlari o’zaro bog’liqliligi, o’zaro aloqadorliligi, turli-tumanligi, amalga oshirilishi. Psixologik talablarga quyidagilar kiradi: idrok etish (verbal-mantiqiy, sensor-perseptiv), tafakkur (tushunchaviy-nazariy, ko’rgazmali-amaliy), diqqati (qat‘iyliligi, boshqaga ko’chishi), motivatsiya (ishlashda faol shakllari, yuqori darajada ko’rgazmalilik, o’z vaqtida qayta aloqa yordamida o’quvchilarning yuqori darajadagi motivatsiyalarini doimiy ravishda rag’batlantirish), xotira, tasavvuri, yoshi va individual psixologik xususiyatlarini hisobga olish (egallagan bilim, ko’nikma va malakalarini hisobga olib, o’quv fani mazmuni hamda o’quv masalalari murakkablik darajasi o’quvchilarning yosh imkoniyatlari va individual xususiyatlariga mos kelishi, o’quv materialini o’zlashtirishda ortiqcha his-hayajonli, asabiy, aqliy yuklamalardan ta‘sirlanishdan himoyalash) kiradi.
Texnik talablarga quyidagilar kiradi: zamonaviy universal shaxsiy kompyuterlar, tashqi qurilmalari, test o’tkaziladigan manbalar kiradi. Tarmoq talablariga quyidagilar kiradi: «mijoz-server» arxitekturasi, Internetnavigatorlar, tarmoq operatsion tizimlari, telekommunikatsiya, boshqaruv vositalari (o’qitish jarayonini individual va jamoaviy ishlari, tashqi qayta aloqa) kiradi. Estetik talablarga quyidagilar kiradi: tartiblilik va ifodalilik (elementlari, joylashishi, o’lchami, rangi), bezashning funksional vazifasi va ergonomik talablarga mosligi. Maxsus talablarga quyidagilar kiradi: interfaollik, maqsadga yo’nalganlik, mustaqillik va moslashuvchanlik, audiolashtirish, ko’rgazmalilik, kirish nazorati, intellektual rivojlanish, differensiatsiyalash(tabaqalashtirish), kreativlik, ochiqlik, qayta aloqa, funksionalilik, ishonchlilik.
Ergonomik talablarga quyidagilar kiradi: do’stonalik, foydalanuvchiga moslashish, ekran shakllarini tashkil etish.
Metodik talablar pedagogik dasturiy vositalar asosida o’qitishga mo’ljallangan o’quv fanining o’ziga xos xususiyatlarini, uning qonuniyatlarini, izlanish metodlari, axborotga ishlov berishning zamonaviy usullarini joriy qilish imkoniyatlarini hisobga olishni ko’zda tutadi.Fanlardan yaratiladigan pedagogik dasturiy vositalar quyidagi metodik talablarga javob berishi kerak:
1. Pedagogik dasturiy vositalar – o’quv materialini taqdim etishning tushunchali, obrazli va harakatli komponentlarining o’zaro bog’liqligiga tayangan holda qurilishi.
2. Pedagogik dasturiy vositalar - o’quv materialini yuqori tartibli tuzilma ko’rinishida ta‘minlashi. Fanlararo mantiqiy o’zaro bog’liqlikning hisobga olinishi.
3. Pedagogik dasturiy vositalarda ta‘lim oluvchiga o’quv materialini bosqichma-bosqich o’zlashtirganligini turli xildagi nazoratlarni amalga oshirish asosida aniqlash imkoniyatlarining yaratilishi. PDVlardan ta‘lim jarayonida foydalanib samaradorlikka erishish ularning turli talablarga qay darajada javob berishiga ham bog’liq. PDVlarga didaktik, psixofiziologik va texnik talablar qo’yish mumkin. Ularning har biri, bir nechta talabni o’z ichiga oladiki, ushbu paragirfda mazkur talablarning mazmuni bilan tanishib chiqamiz.
I. Didaktik talablar. Bu talablar ta‘lim prinsiplari bilan bevosita bog’liq bo’lib, ularning mazmunini ko’rib chiqamiz. 1. Bayon qilinayotgan o’quv materialida asosiy va unchalik muhim bo„lmagan elementlarni ajratib ko’rsatish. Bu talab ta‘limning ko’rgazmalilik prinsipi bilan bog’liq bo’lib, uni pedagogik jihatdan, o’quv materiali matnida asosiy g’oyalar ajratilib, keyin ular mohiyatining bayon qilinishi, mavzudagi yangi tushunchalarni berib, har biridan so’ng ularning xususiyati, tushunchalar bilan aloqadorligi kabilarning ochib berilishi bilan, shuningdek, texnik jihatdan, ekranda tasvirlanayotgan matnda asosiy tushunchalar, tushunchaning xususiyatlari kabilarni boshqa rang, boshqa shrift, boshqacha o’lchamda ko’rsatish bilan amalga oshirish mumkin. Har bir mavzu bo’yicha o’quv materialini bayon qilishda yangi tushunchalar, asosiy tushunchalar, tushunchaning xususiyatlari yoki tushunchalar orasidagi bog’lanishlar ma‘lum gipermatn shaklida berilishi lozimki, o’quvchi shu so’zni ko’rsatish bilan matndagi bunday tushuncha xususiyatlarini yordamchi oynada ko’rishi mumkin bo’lsin. Bu mavzu bilan bog’liq bilimlarning qayta takrorlanishi va o’quvchilar bilimida bo’shliqlarning qolmasligi uchun asos bo’ladi. Mazkur talabning pedagogik jihatini amalga oshirishga o’quv materialiga pedagogik ishlov berishni takomillashtirish orqali, texnik jihatdan esa gipermatnlar va ko’poynali holatdan foydalanish orqali erishiladi.
2. O’quv materialini bayon qilishning sodda va aniqligi. Bu talab ta‘limdagi onglilik va faollik prinsipidan kelib chiqadi va ta‘limning tushunarliligini ta‘minlaydi. Pedagogik jihatdan bayon qilinadigan o’quv materiali matnida ortiqcha jumlalarni kiritmasdan, muhim fikrlarni aniq va mantiqan bog’lab bayon qilish asosida bu talab amalga oshiriladi. Fikrlar bayon qilinishidagi soddalik uning ilmiyligini pasaytirmasligi lozim. Ma‘lumki, bir fikrni turli yoshdagi bolaga turlicha tushuntirish talab qilinadi. Mazkur talab o’quv materialining ma‘lum yoshdagi o’quvchi uchun qay tarzda ochib berilishini belgilaydi.
3. O’quv materialini bayon qilish sur’atining o’quvchilarning o’zlashtirish sur’atiga mosligi. Har bir darsda o’rganiladigan yangi tushunchalar soni, bayon qilinadigan o’quv materialining hajmi mumkin qadar teng, ularning o’rtacha hajmi esa PDV mo’ljallangan o’quvchilarning yoshi, psixologik xususiyatlariga mos bo’lishi lozim. Texnik jihatdan esa o’quv materialining ekranda joylashadigan bir qismi tasvirlanib, ma‘lum vaqtdan so’ng ikkinchi ekran matniga almashishi emas, balki har bir o’quvchining ekrandagi matnni o’qib, keyingi ekran matniga o’tish xohishini bildirgandagina almashish imkonini berish nazarda tutilishi lozim. Bu esa har bir o’quvchi uchun o’quv materialini o’ziga mos sur‘atda o’zlashtirishiga imkon beradi.
4. O’quv materialini o’rganishning ko’pvariantliligi. Kompyuterda tasodifiy miqdor sonini hosil qilish imkoniyati mavjud. Bu didaktik materiallarning har xilligini ta‘minlash asosida variantlilikni shakllantirishga imkon beradi.

Yüklə 3,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə