Aholi statistikasi


Jadval 1 O‘zbekiston Respublikasida nikoh va ajralishlar soni



Yüklə 53,18 Kb.
səhifə4/6
tarix10.05.2023
ölçüsü53,18 Kb.
#109480
1   2   3   4   5   6
Aholi statistikasi

Jadval 1
O‘zbekiston Respublikasida nikoh va ajralishlar soni

Yillar

Nikohlar soni, ming

Ajralishlar
Soni, ming

1000 kishi hisobiga

Nikohlar

Ajralishlar

1980

173,6

22,5

10,8

1,4

1990

217,3

29,9

10,6

1,5

2000

172,9

22,6

7,1

0,8

2005

183,3

16,4

7,0

0,6

2010

285,4

19,0

10,1

0,7

2015

287,6

29,6

8,3

0,9

2016

275,0

29,3

7,8

0,9

O‘zbekiston ko‘p millatli mamlakat bo‘lib, hozirgi paytda 130 tadan ko‘proq millat va elatlarga mansub aholi yashaydi. 1989 yil aholi ro‘yxatiga ko‘ra o‘zbeklar Respublika aholisining 74 % ni tashkil etadi. Ulardan keyingi o‘rinlarda ruslar, tojiklar, qozoqlar, qoraqalpoqlar, tatarlar turadi. Tojiklar, qozoqlar, qirg‘izlar, qoraqalpoqlar O‘zbekistonda qadimdan yashab kelayotgan tub joy aholi hisoblanadi. Ruslar, nemislar, tatarlar, mesxeti turklar va boshqa shu kabi millat vakillari O‘zbekistonga turli vaqtlarda, asosan ikkinchi jahon urushi natijasida majburiy tarzda keltirilgandir. Shuning uchun ham bu millat vakillarining ayrimlari keyingi yillarda o‘z vatanlariga qaytib ko‘chib ketmoqdalar. Lekin, mustaqil O‘zbekistonda Konstitutsiyamizning 18 – moddasiga yozilganidek, fuqoralar jinsi, irqi, millatidan qat’iy nazar bir xil huquq va erkinliklarga egadir, qonun oldida tengdir.


Hozirgi paytda tumanlarda ham na’munaviy loyixalar asosida barcha qulayliklarga ega uylar qurilmoqda statistitik ma’lumotlarga qaraganda aholining 51% shaxarlarda 49% esa qishloq joylarda yashaydi
Aholining madaniy – ma’rifiy darajasini mavjud teatrlar, kutubxonalar va ulardagi kitoblar soni chop qilinayotgan kitob va davriy nashriyotlar soni, oliy va o‘rta maxsus ma’lumotlilar soni, fan doktorlari va nomzodlari soni va shu kabi ko‘rsatkichlar bilan tavsiflash mumkin.
O‘zbekistonda hozirgi paytda 66 tadan ziyod oliy o‘quv yurtlari, 1500 tadan ko’proq o‘rta maxsus ta’lim muosasalari fa’oliyat yuritmoqda. Respublika oliy majlisi IX sessiyasida qabul qilingan. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ni amalga oshirish uchun joylarda kasb hunar kollejlari va akademik – litseylar ochilmoqda. Mamlakatda majburiy umumiy o‘rta maxsus ma’lumot olish qonun bilan belgilangan. Har 1000 ming kishi hisobiga 143 ta oliy va to‘liqsiz oliy, 200 ta o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lgan kishilar to‘g‘ri keladi.
O’zbekiston aholisi viloyatlar yaniy xududlar bo’yicha notekis joylashgan 2016-yil ma’lumotlariga ko’ra Samarqand viloyatida- 3584,0 ming kishi, Farg’ona viloyatida – 3505,3 ming kishi, Andijon viloyatida- 2910,5 ming kishi, Qashqadaryo viloyatida – 3025,6 ming kishi yashamoqda. Aholisi eng zich joylashgan xududlar : Andijon va Farg’ona viloyatlarida 1km2 – 400-500 kishi, Navoyi viloyatida esa 1km2ga 9-10 kishi to’g’ri keladi.



Yüklə 53,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə