Aholini ijtimoiy himoyalash tizimi va turlari Mundаrijа Kirish I bоb. Aholini ijtimoiy himoyalash tizimi hаqidа umumiy tushunchаlаr va о’zigа xоs xususiyаtlаri


II.bоb. Aholini ijtimoiy himoyalash va bu jarayonning asosiy ko’rinishlari



Yüklə 56,85 Kb.
səhifə3/4
tarix30.03.2023
ölçüsü56,85 Kb.
#103699
1   2   3   4
Aholini ijtimoiy himoyalash tizimi va turlari Mundаrijа Kirish I

II.bоb. Aholini ijtimoiy himoyalash va bu jarayonning asosiy ko’rinishlari
2.1. Aholini ijtimoiy himoyalash va millatlararo totuvlikning mustahkamlanishi.
O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi islohotlari.Reja1.Ta’lim tizimi islohotlarini muvaffaiyatli amalga oshirish shart-sharoitlari: milliy pedagogik merosga tayanish, yangi maqsad vavazifalarni aniq belgilab olish, bosichma-bosich amalga oshirish,tadrijiylik2.Ta’lim tizimi islohotlarining moiyati: izchillik, ochilik, fuqarolarningta’limga bo’lgan extiyojlarini qoniqtira olish, jamiyatning talablarigajavob berish, jahon kasb va ta’lim bozorida samarali faoliyat yuritish varaqobat qila olish.TA’LIM -bilim berish, malaka va ko’nikma hosil qilish jarayoni, kishinihayotga mehnatga tayyorlashning asosiy vositasidir. Ta’lim jarayonida bilimo’zlashtiriladi va tarbiya amalga oshiriladi.Ta’lim tor mahnoda o’qitish tushunchasini anglatadi. Lekin u faqat turli o’quvyurtlarida o’qitish jarayoni emas, balki oila, ishlab chiqarish va shu kabi sohalardaham mahlumot o’zlashtirish jarayonidir.Ta’lim ilm berish va tarbiyalashni o’ziga qamrab olib, respublikaning aqlzakovat va ilm borasidagi kuch-quvvatini rivojlantirish, jamiyat, oila va davlatoldidagi o’z mashuliyatini anglaydigan har jihatdan barkamol erkin shaxsnishakllantirish maqsadini ko’zlaydi. SHuning uchun ham u ustuvor sohahisoblanadi.Ta’lim faoliyati o’z tarkibiga quyidagilarni qamrab oladi: a) mahlum birtajriba va amaliy faoliyat turini muvaffaqqiyat bilan tashkil qilish uchun olamningzarur xususiyatlari haqidagi axborotlarni o’zlashtirish (bu jarayonning mahsulotibilimlardir); b) mana shu faoliyat turlarini yuzaga keltiradigan usul va vositalarnio’zlashtirish (bu jarayonlarning mahsuloti malakalardan iborat bo’ladi); v)ko’zlangan maqsad va berilgan masala shartiga mos ravishda to’g’ri yo’l va usultanlash hamda nazorat qilish uchun ko’rsatilgan axborotlardan foydalanishusullarini egallash (bu jarayonning mahsuli – malakadan iborat bo’ladi).Insonning mahlum bilim, ko’nikma va malakalarni o’zlashtirishida ongli maqsadbilan boshqariladigan barcha harakatlari ta’lim bilan bog’liq bo’ladi.Ta’limning mohiyati, maqsadi va mazmuni jamiyatning madaniy taraqqiyoti, fan-texnikasining rivojlanganligi, ishlab chiqarish texnologiyalarining amalga joriyetish darajasi kabilar bilan belgilanadi. Ijtimoiy munosabatlar, umumiymahlumotga bo’lgan talab va ehtiyoj, kishilarning kasbiy tayyorgarligiga, ta’limhaqidagi g’oyalarga qarab kishilik jamiyatining turli davr (bosqich)laridata’limning mohiyati, maqsadi, mazmuni tashkil etish shakllari, amalga oshirishmetodlari va vositalari o’zgarib, takomillashib boradi.Ta’lim mohiyatiga ko’ra bu jarayonda ishtirok etuvchilarning o’zarohamkorlikdagi faoliyatlarining natijasidir. Ta’lim jarayonida shaxsningdunyoqarashi, qobiliyati, fazilat (xislat)lari o’zgaradi. Ta’lim jarayonida kishilikjamiyatining ijtimoiy-tarixiy tajribalari tahsil oluvchilar tomonidan o’zlashtiriladiva shu yo’l bilan u avlodlar orasidagi mahnaviy-madaniy, ijtimoiy, ijtimoiyvorislikni taminlaydi.Ta’limning metodologik asosini dealektik bilish nazariyasi tashkil etadi.KASBIY PEDAGOGIKA – umumiy pedagogikaning bir sohasi bo’lib, u tarbiya,ta’lim, o’qitish haqida qator nazariy va amaliy mahlumotlar beradi. Kasbiypedagogika sanoat, ishlab chiqarish va mehnat pedagogikasining masalalari bilanshug’ullanadi. Kasb-hunar ta’limi pedagogikasi bir necha bo’limlariga bo’linib, bubo’limlarda kasbiy pedagogikaning asoslari va muhim malasalalarini, yahni kasb-hunar ta’limi yo’nalishlari, mehnat pedagogikasi, kasb-hunar didaktikasi kabimasalalarni qamrab oladi. SHuningdek ularda kasb-hunar tarbiyasining ijtimoiypsixologik shart-sharoitlari, kasb-hunar ta’limi nazariyasi va kasb-hunar ta’limihuquqi o’rganiladi.KASB TA’LIM TEXNOLOGIYaSI - butun o’qitish va o’qish jarayoniniishlab chiqish, amalga oshirish va baholashning tizimi usuli bo’lib, u maqsadgaerishishga yo’naltirilgan holda insonlarning o’rganish qobiliyati va ular o’rtasidamuloqot to’g’risidagi tadqiqotlar natijasiga hamda ta’lim jarayonini yanadasamarali tashkillashtirishning jonli, jonsiz vositalari bilan shug’ullanishgaasoslanadi.DIDAKTIKA – grekcha didaskien so’zidan olingan bo’lib, o’qitaman, o’qishnio’tgataman mahnolarini anglatadi. SHunga ko’ra didaktika – bu o’qitishnazariyasidir. Didaktika ukitish jarayonining shakllari, metodlari,tamoyillari,mazmuni, vazifasi va maksadlarini ishlab chikadi.METODIKA– Pedagogikaning o’qitish, qonuniyatlari, qoidalari, tashkiletish shakllari, amalga oshirish va natijalari nazorat qilib baholash metod hamdavositalarini o’zida mujassamlashtiruvchi fan tarmog’idir. Har bir o’quv fanio’qitish sohasi o’rgatishning vazifalari, mazmuni, metodlari va tashkiliy ko’rinishihaqidagi metodika asosida quriladi.O’QITISH METODIKASI - bu turli usullar tizimi bo’lib, o’quv-didaktikmateriallardan foydalanish orqali belgilangan maqsadga erishish uchun nazariydars va amaliy mashg’ulotlar paytida qo’llaniladigan usullar majmuasidir.Kasbiy ta’lim metodikasi ijtimoiy hayotning mahlum sohasida faoliyat ko’rsatishuchun zarur bo’lgan bilim, amaliy ish-harakat usullarini shakllantirishqonuniyatlari, qoidalari, shakl, metod va vositalari hamda mazmuni haqidagipedagogikaning muhim tarmog’idir.METOD– iborasi (yunoncha-methodas-tadqiqot yoki bilish yo’li, nazariya,ta’limot mahnosini anglatib) voqelikni bilish, o’zlashtirish, o’zgartirish usullarimajmuasidir. Metod aslida insonning amaliy faoliyati negizida vujudga kelgan.Metod – pedagogik jarayon elementi sifatida mazmun maqsadlarga maksimal moskelishi kerak, ana shunda – tarbiya, o’qish, o’rganish amalga oshadi. Metodningasosiy vazifasi – qobiliyatni rivojlantirish. Kasbiy faoliyatda metodning asosiyko’rsatkichi – uning kasbiy faoliyat vositalariga mosligidadir.METODOLOGIYa– metod va logiya iboralarining birligida bilish faoliyati usuli,tuzilishi vositalari va mantiqiy tartibi haqidagi ta’limot mahnosini anglatadi.Demak, metodologiya har qanday faoliyatning zaruriy tashkiliy komponentidir.Metodologik bilimlar, eng avvalo, muayyan faoliyat turlarining mazmuni vaizchilligini o’ziga qamrab olib, odat hamda me’yorlar shaklida,ikkinchidan, amaldabajariladigan faoliyatning tahsiri sifatida yuzaga chiqadi. Har ikkala holda hambilimning asosiy vazifasi bilish jarayonini tartibli ravishda amalga oshirish yoki birorobhektni amaliy o’zgartirishdan iborat.TA’LIMIY KENGLIK – ta’lim jarayonlari amalga oshiradigan, yahni tashqi atrof –muhit bilan o’zaro harakat anglanadigan va amalga oshiriladigan kenglik.Pedagogik jarayonda ta’limiy kenglikning son va sifat jihatdan tavsifi asosanpedagogga, uning ichki madaniyati, dunyoqarashi, qarashlariga bog’liq bo’ladi.SHuning uchun ham pedagogning professional tayyorgarligi nafaqat aniq mazmunniegallashga, balki, ekologik madaniyat, Ma’naviyat, umumiy madaniyatnishakllantirishga yo’naltirilgan taqdirda maqsadga muvofiq bo’ladi.Tashqi va ichki ta’limiy kenglik kasbiy faoliyatning ahamiyati bugungi kunta’limining eng dolzarb muammolaridandir.BILIM- bir butunlikni tashkil qiluvchi qismlar orasidagi ularning ichkizaruriyatidan kelib chiqqan bog’liqlikdir. Uni qonuniyat deb ham yuritiladi.CHunki bu zaruriy bog’liqlik narsa va hodisalarning tabiatidan kelib chiqib,bizning ixtiyorimizdan tashqari o’zi mavjud. Uni o’zgartirib bo’lmaydi. Bilimkishidan kishiga mahlumot (axborot) orqali o’tadi.KO’NIKMA VA MALAKALAR. Ko’nikma va malakalar deganda birorshaxsning muayyan faoliyatni muvaffaqiyatli bajarishi uchun shart-sharoitlaryaratib beruvchi, tashqaridan kuzatish mumkin bo’lgan harakatlari va reaktsiyalaritushuniladi. Malakalar ongli ravishda amalga oshirilgan faoliyatning tarkibiyqismiga kiruvchi avtomatik tarzda yuzberadigan harakatlardir.MALAKA- kishi egallagan bilimlari ko’nikma bosqichidan o’tib, doimiyharakat turiga aylanishi, mahorati hosil qilishi.MAHORAT- o’zlashtirilgan bilimlar va hayotiy tajribalar asosida barchaamaliy harakatlarni (shu jumladan dars berishni) kam kuch va kam vaqt sarflabbajarish.BAXOLASH- ta’lim jarayonining mahlum boskichida ukuv maksadlarigaerishilganlik darajasini oldindan belgilangan mezonlar asosida ulchash, natijalarnianiklash va taxlil kilishdan iborat jarayondir.KASB- muayyan bilim va mahorat talab etadigan mehnat faoliyati turi.
Kasb-hunar sirlarini egallashga umumiy hamda maxsus mahlumot hamda amaliy ish-harakat usullarini o’zlashtirish orqali erishiladi.Kasb o’ziga mehnat faoliyatining tor doirasi bilan xarakterlanuvchi ixtisosliklarnimujassamlashtiradi. Bahzi kasblarda bir qancha ixtisosliklar mavjud bo’lishimumkin. Masalan, o’qituvchilik kasbi o’qitiladigan o’quv predmetlariga binoan:umumta’lim, umumtexnik, maxsus fanlar o’qituvchisi bo’lishini ko’rsatishi o’zikifoya. Kasb va ixtisos shaxsning muntazam ravishda mahlum turdagi ish bilanshug’ullanishini ifodalaydi. Respublikamiz fuqarolariga kasb va ixtisostanlashlariga keng imkoniyatlar yaratilgan.
2.2 . O’zbekiston Respublikasi ta’lim va sog’liqni saqlash tizimining rivojlanishi
1991-yil 31-avgustda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari bo‘lib o‘tgan oltinchi sessiyasida qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida»gi Qonun va «O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to‘g‘risida Bayonoti»da ilgari surilgan tadbirlar mamlakat milliy xavfsizligini ta’minlash va davlatimiz mudofaasini tashkil etishning ilk qadamlardan biridir.
«O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida»gi Qonunning 6-moddasida shunday deyilgan: «O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari vazirligini tuzish, milliy gvardiya va noharbiy (muqobil) xizmat tashkil etish huquqiga ega» (2-ilova).
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasidan:
XXVI bob. MUDOFAA VA XAVFSIZLIK
125-modda. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari O‘zbekiston Respublikasining davlat suverenitetini va hududiy yaxlitligini, aholining tinch hayoti va xavfsizligini himoya qilish uchun tuziladi. Qurolli Kuchlarning tuzilishi va ularni tashkil etish qonun bilan belgilanadi.
126-modda. O‘zbekiston Respublikasi o‘z xavfsizligini ta’minlash uchun yetarli darajada Qurolli Kuchlarga ega.»
O‘zbekiston hukumati mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab mamlakat milliy xavfsizligini ta’minlash va davlat mudofaa tizimini tashkil etishga alohida e’tibor berdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1991-yil 6-sentabrdagi Farmoni bilan Mudofaa ishlari vazirligi tashkil etildi.
1991-yil 26-sentabrda O‘zbekiston Prezidentining Farmoni bilan O‘zbekiston SSR Davlat Xavfsizlik Qo‘mitasi (DXQ) tugatilib, uning o‘rniga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga bo‘ysunadigan O‘zbekiston Respublikasi Milliy Xavfsizlik Xizmati (O‘zRMXX) tashkil etildi.
1992-yil 14-yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tuzildi.
1992-yil 3-iyulda Prezident I.Karimov Farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari vazirligi — O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga aylantirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Milliy Xavfsizlik Xizmati oldiga mamlakat milliy xavfsizligi va davlat mudofaasini tashkil etishni ta’minlashdek g‘oyat murakkab va ayni paytda olijanob vazifa qo‘yildi. Vaziyat milliy xavfsizlikning keng qamrovli konsepsiyasini ishlab chiqishni, uning huquqiy asoslarini belgilab beruvchi qonunlar yaratishni taqozo etardi.
Milliy xavfsizlik masalasining davlat siyosati va uning uzoq yillarga mo‘ljallangan strategiyasi mamlakat Oliy Majlisining 1995-yil 24-fevralda bo‘lib o‘tgan birinchi chaqiriq birinchi sessiyasida Prezident I.Karimov tomonidan aniq va batafsil yoritib berildi.
Milliy xavfsizlik Kengashi mamlakatimizda milliy xavfsizlikni ta’minlash masalalarini o‘rganish, muhokama qilish va zarur chora-tadbirlar ko‘rish bilan shug‘ullanuvchi maslahat organi hisoblanadi.
1996-yil 24-aprelda Oliy Majlisning beshinchi sessiyasida to‘rt bo‘lim, yigirma sakkiz moddadan iborat bo‘lgan «Milliy xavfsizlik to‘g‘risida»gi Qonun loyihasi muhokama qilindi. Mazkur loyiha Milliy xavfsizlik tizimini shakllantirish, milliy xavfsizlikni ta’minlash borasidagi vazifalar va ularni amalga oshirish prinsiplarini huquqiy normalarda belgilab beradigan, butunlay yangicha hujjat sifatida ko‘rib chiqildi. 1997-yil avgust oyida Oliy Majlisning birinchi chaqiriq to‘qqizinchi sessiyasi «O‘zbekiston Respublikasining Milliy xavfsizlik konsepsiyasi to‘g‘risida»gi Qonunni qabul qildi.
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining vujudga kelishida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992-yil 14-yanvardagi Qarori katta ahamiyatga ega bo‘ldi.
1992-yil 14-yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining o‘n ikkinchi chaqiriq to‘qqizinchi sessiyasi Qarori bilan respublika hududida joylashgan sobiq Ittifoq Qurolli Kuchlarining barcha qismlari, qo‘shilmalari, harbiy o‘quv yurtlari, muassasa va tashkilotlari O‘zbekiston Respublikasi tasarrufiga olindi va ular moddiy-texnika, mablag‘ bilan ta’minlanadigan bo‘ldi.
Shu tarzda Mustaqil mamlakat Qurolli Kuchlarini barpo etishning dastlabki tashkiliy davri amalga oshirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992-yil 3-iyulda bo‘lib o‘tgan o‘ninchi sessiyasi «Mudofaa to‘g‘risida»gi, «Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida»gi va «Muqobil xizmat to‘g‘risida»gi muhim qonunlar, shuningdek, harbiy qasamyodning yangi matni va qasamyod qildirish tartibi qabul qilindi.


Davlatimizning harbiy sohadagi tashqi siyosatining asosiy yo‘nalishlari 1996-yil 26-dekabrda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosati faoliyatining asosiy tamoyillari» haqidagi Qonunda mujassamlangan. Qonunda «O‘zbekiston hech qanday harbiy-siyosiy bloklarda ishtirok etmaydi va harbiy-siyosiy blokka transformatsiya qilingan vaqtda har qanday xalqaro tashkilotlardan chiqish huquqini o‘z ixtiyorida qoldiradi» deb qonuniy rasmiylashtirilgan. Bu Qonun O‘zbekistonning tinchliksevarlik siyosatini, uning dunyo hamjamiyatida integratsiyaga intilishlarini tasdiqlaydi.
O‘zbekiston Respublikasining Qurolli Kuchlari — harbiy tuzilmalar, harbiy o‘quv yurtlari va boshqa harbiy qismlardan iborat. U O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini, hududiy yaxlitligini, aholisining tinch hayot kechirishini va xavfsizligini ta’minlashga qaratilgandir.
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari davlatni himoya qilishda butun mudofaa tizimining asosini tashkil etadi va tarkibiga quyidagilar kiradi:

1999-yilgacha Chegara qo‘shinlari Milliy Xavfsizlik xizmati tarkibida bo‘lgan. 1999-yil 13-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga binoan O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qo‘mita tashkil etildi.


Qurolli Kuchlarni joylashtirish (dislokatsiya) O‘zbekiston Respublikasi hududlari, chegaralari va havo bo‘shliqlarining mustahkam mudofaasini umumiy strategik maqsad asosida ta’minlashdan kelib chiqib belgilanadi va harbiy doktrina talablariga muvofiq strategik va operativ rejalar bo‘yicha amalga oshiriladi.
Qurolli Kuchlarga Oliy boshqaruvni Prezident amalga oshiradi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasi 20-bandiga muvofiq Prezident mamlakat Qurolli Kuchlarining Oliy Bosh qo‘mondoni hisoblanadi, Qurolli Kuchlarning oliy qo‘mondonlarini tayinlaydi va vazifasidan ozod qiladi, oliy harbiy unvonlar beradi.
«Mudofaa to‘g‘risida»gi Qonunga muvofiq Prezident mamlakat mudofa qobiliyatini ta’minlash, qurolli tajovuz bo‘lgan hollarda davlat suvereniteti, hududiy yaxlitligi va mustaqilligini himoya qilish yuzasidan zarur chora-tadbirlar qabul qiladi, Mudofaa vazirini tayinlaydi. Qurolli Kuchlarga jangovar harakatlarni olib borish to‘g‘risida qaror qabul qiladi va buyruq beradi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining ikkinchi chaqiriq o‘ninchi sessiyasida (2002-yil 12-dekabr) «Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida» hamda «O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezervidagi xizmat to‘g‘risida»gi qonunlar qabul qilindi. Mazkur qonunlarga ko‘ra, Qurolli Kuchlar safidagi muddatli xizmat bir yarim yildan bir yilga qisqartirildi. Oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilari esa xizmatga faqat to‘qqiz oyga chaqiriladigan bo‘ldi

Xulosa
Ijtimoiy muammolar aniq bir jamiyat doirasida belgilanadi. Munosabatlarning mazmun va mohiyati madaniy-tarixiy va ijtimoiy-siyosiy sharoitlarga boғliq bo’ladi. Ijtimoiy muammo sifatida belgilangan u yoki bu hodisa o’z o’rnida madaniyat, ijtimoiy institut va jamiyatdagi munosabatlarning rivojlanishiga ta’sir ko’rsatadi.


Amaliy ijtimoiy ishchilar, ijtimoiy ma’murlar va tadqiqotchilar o’z shaxsiy madaniyatiga egadirlar. Ularning reallik yoki reallikni barpo etilishi haqidagi tasavvurlari, ular tomonidan ratsionallikning e’tirof etilishi, yoki ongli va me’yoriy talablarning talqini, shuningdek ijtimoiy muammolarga nisbatan munosabati qisman odatga aylangan madaniy qadriyatlar va me’yorlarga borib taqaladi. Professional sifatida bu insonlar, aslo o’zlarining “madaniy ko’zgu”lari doirasidagina ishlashlariga haqlari yo’q, biroq tanqidiy va tahliliy yondoshuvlardan foydalangan holda qadriyatlar tizimi, ijtimoiy deviatsiya va ijtimoiy muammolarni inobatga olishga majburdirlar. Barcha toifadagi ijtimoiy ishchilarning kasbiy ixtisosligi ulardan reallikni boshdan kechirish va talqin etishning turli xil usullari haqida muntazam fikr yuritishlari va ongli munosabatda bo’lishlarini talab etadi. Ҳar qanday ijtimoiy ishchining, ijtimoiy siyosatchi yoki tadqiqotchining jiddiy vazifalaridan biri, bu nazariy va amaliy bilimlarni oshirish maqsadida izlanish va muntazam ravishda o’z dunyoqarashini kengaytirish, haqiqatning ortida nima turganligini o’rganishga nisbatan intilishidir. Faqat shu yo’l bilangina muammo yoki muammo kompleksini tushunishning yangi vositalarini egallab borish mumkin. Bu esa o’z o’rnida ijtimoiy ishda strategiyaning belgilanishiga yordam beradi. Ijtimoiy ishning alohida ijtimoiy institut sifatida shakllanishi jamiyatning tarixan rivojlanishi, ijtimoiy tuzilmaning va ijtimoiy kichik tizimlarning o’zgarishi bilan shartlangandir. Uruғdoshlik munosabatlari hukmronlik qilgan davrlarda ijtimoiy harakatlar bir-biriga qorishiq bo’lib, u ham amaliy, ham taomil xususiyatga ega bo’ldi. U hox hosilni yiғish bilan, hox to’y yoki qondoshlik intiqomi boғliq bo’lmasin odatlar insoniy faoliyatni tartibni yo’lga qo’yish, uyғunlikka erishish, betartiblik, noturғunlik hosil bo’lishining mohiyatini to’ldirib boradi. Shuning uchun ham an’anaviy madaniyat jamiyat a’zolaridan doimo yozilmagan qonun-qoidalarda e’tirof etilgan va nasliy jamoa me’yorlari va qadriyatlariga muvofiq ravishda ijtimoiy tartibni saqlab qolishga yo’naltirilgan harakatlarni talab qiladi. Jamiyatning keyingi rivojlanishida ijtimoiylashuv va ijtimoiy ko’mak funksiyalarini oila o’z zimmasiga oladi, keyinchalik esa maxsus ijtimoiy institutlar zimmasiga o’tadi.
Shu jumladan ijtimoiy ish instituti ham. Jamiyatning shunday ijtimoiy institutga nisbatan ehtiyoji ko’pgina omillar bilan belgilanadi, ular orasida zamonaviy madaniyatlarga xos bo’lgan shaxslararo ajralganlik, begonalashib ketish, oilalarda kechayotgan tuzilmaviy o’zgarishlar yuqori ko’rsatkichni ko’rsatib kelmoqda. Jamiyatning ijtimoiy ishni institut sifatida yetaklab borishga nisbatan tayyorgarligi ijtimoiy va davlat kichik tizimlari maqsadlarining davlat qonunchiligi, konstitutsiyasi va siyosatining taraqqiy etganligida aks etuvchi insoniyatning rivojlanishiga qarab yo’nalganligida namoyon bo’ladi. Inson fikri, shunday qilib, qadriyatli va me’yoriy tizimlarning ko’pqirraligi va tenghuquqliligini anglash, ratsional yordam va ko’mak ko’rsatilishiga olib keluvchi qiyin vaziyatlarni tushunish hamda hayrihox bo’lish orqali kechadi. Ijtimoiy madaniy omillar ijtimoiy ishning mohiyati va turini belgilab beradi, ijtimoiy istiqbollarni hamda ijtimoiy ish modellarining turli xil toifalarini ochib beradi. Ijtimoiy ish o’z shakllari bo’yicha serqirra bo’lib, mutaxassislar orasida quyidagilarni ajratib ko’rsatish mumkin: boshqaruvchilik darajasidagi ijtimoiy ishchilar, oila bilan ishlovchi mutaxassislar, bola rivojlanishi bo’yicha mutaxassislar, individ yoki guruh bilan ishlash bo’yicha psixoterapevtik va psixologik usullarga ixtisoslashgan ijtimoiy ishchilar, ijtimoiy xizmat va agentliklar, boshpana (priyutlar), internatlar ijtimoiy ishchilari, tibbiyot muassasalari tizimidagi ijtimoiy ishchilar, nogironlar bilan ishlovchi ijtimoiy ishchilar, mehnat bandligi va migratsiyasi xizmati ijtimoiy ishchilari, armiyadagi ofitser-ijtimoiy ishchilar, ijtimoiy pedagoglar – ro’yxatni davom ettirish ham mumkin […]Ijtimoiy ishchi faoliyati turlarini sanab ko’rsatamiz: moliyaviy yordam, bandlik, ko’nikmalarga o’rgatish, ruhiy soғlomlik bo’yicha jamoatchilik markazlari, oziq-ovqat mahsulotlari va buyumlar bilan ta’minlash, tibbiy yordam, ijtimoiy ko’mak, huquqlarining himoyalanishi, kommunal rejalashtirish, shuningdek o’zini mustaqil ravishda himoya qilolmaydigan insonlar nomidan himoyalash


Yüklə 56,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə