Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika



Yüklə 108,02 Kb.
səhifə4/5
tarix28.03.2023
ölçüsü108,02 Kb.
#103348
1   2   3   4   5
Kurs ishi Kemalova G 3A kurs тайер

UMUMIY XULOSALAR


Tabiat, tirik mavjudot o‘z qonuniyatidan kelib chiquvchi ma’lum qarama qarshiliklardan iborat; ularning uyg‘unlik kasb etish onini ilg‘ab olish oson emas. Shoir ana shu nozik soniyalar mohiyatini ilg‘ay va anglay biladi. She’rlarida ana shu lahzalar zamiriga yashiringan teranlik va go‘zallikni hayot, inson, umr va mangulik bilan uyg‘unlikda talqin etadi. Bu jarayonda lirizm - sizib chiquvchi kayfiyat va ohang ham, hayotning boqiyligiyu inson umrining ezguligi ham, xullas hayot va tiriklik mohiyatining falsafiy talqini ayon tortadi.
Uzoq zamonlardan beri avloddan avlodga, otalardan bolalarga o‘tib davom etib kelgan urf-odatlar, ahloq normalari, adabiy-estetik qarashlar, muayyan qoida shakliga kirib qolgan tartiblar an’ana doirasida izohlanadi va shu nom bilan yuritiladi. Og‘zaki va yozma adabiyot shakllarining, obrazlar tizimining o‘ziga xos an’analari mavjud. Har bir ijodkor asrlar osha davom etib kelayotgan ana shunday an’anlardan ijodiy foydalanadi. O‘tmish shoirlarimiz ham zamonaviy ijodkorlar ham xalq og‘zaki ijodi va mumtoz adabyoitdan vorisiylik asosida unumli foydalanishgan. Shu asosda adabiyot o‘zining rivojini ta’minlab, davrga faol munosabatda bo‘lib kelgandir.
Demak, an’anaviylik va o‘zaro mushtaraqlik, individuallik muammosi o‘zbek adabiyoti tarixining barcha davrlari uchun nihoyatda dolzarb muammolardan biri sanalib kelgan.
Har bir ijodkor o‘zidan oldingi merosiga nimadir yangilik kiritadi. Chunki, adabiyot-san’at doimo yangilanib, taraqqiy qilib boradi. Novatorlik atamasi adabiyot va san’atda muhim g‘oyaviy-badiiy qimmatga ega bo‘lgan, an’anaga aylanib san’at va adabiyot takomiliga hissa qo‘sha oladigan yangiliklarga nisbatan qo‘llaniladi. Novator ijodkor ilg‘or adabiy an’analarga tayanib, ulardan ijodiy foydalanadi. Keyingi ijodkorlik esa uning an’analarini davom ettirib rivojlantiradilar.
Aslida novatorlik tushunchasining doirasi nihoyatda kengdir. G‘ulom G‘ulom ijodi misolida bir ijodkorning aniq bir davriga xalq ijodining hayotbaxsh an’analari, mumtoz adabiyotga munosabati masalalarini yoritdik. Jahon adabiyotidan foydalanishga to‘xtalgan o‘rinlarda ham asosan sharq klassiklarining ijodidan bahramand bo‘lishi bilan cheklandik. Uning qardosh xalqlar adabiyoti, rus adabiyotidan foydalanishi masalasi adabiyotshunoslikda ko‘p o‘rganliganligi nazarda tutib bu masalani ochiq qoldirishni lozim topdik.
Kurs ishimning I bobida G‘afur G‘ulomning «Olmas ko‘ylak kiydi atlas parchadan», «Mohisul», «Olma otdi», «Kimga ne kelur», «Muharram», «Surnay», «Ikki o‘ttiz bir oltmish», «Ikki she’r», «Olim do‘stimga», «Ona qizim Jamilaga» singari she’r va qo‘shiqlari tahlilga tortildi.
Ikkinchi faslda esa Rudakiy, Firdavsiy, Sa’diy, Bedil, Xofiz, Navoiy, Ogahiy, Maxmur, Furqat, Muqimiy, Zavqiy, Avaz kabi ijodkorlarning G‘afur G‘ulom ijodiga ta’siri, ulardan ijodiy foydalanish mahoratiga to‘xtaldik. O‘z fikrlarimizni o‘nlab qiyoslar orqali mustahkamlashga intildik.
Jumladan, Rudakiyning «Qarilikdan shikoyat» qasidasi, Firdavsiyning «Shohnoma»si, Sa’diyning hikoyalari, Navoiyning «Farhod va Shirin» dostoni, «Tun bilan tong» singari go‘zal g‘azallari, ma’rifatparvar adabiyot namoyondalarining uslubi obrazlar olami, san’atkorligi bilan qiyoslangan o‘rinlar nihoyatda xarakterlidir.
Kurs ishimizda G‘afur G‘ulomning «Ikki Sharq», «Sog‘inish», «Bizning ko‘chada ham bayram», «Xotin», «Alvido», «Vaqt», «Alisher», «Beviqor qiz», «Yoz boshi», «Chaman», «Men yaxudiy», «Sen yetim emassan», «Bahor» taronalari kabi o‘nlab she’r va muxammaslari tanlandi. Shuningdek, «Luqmon» hikoyasi «Suv va nur» balladasi, «Shamsul hayot» maqolasi, «Hirot» she’riy turkumlariga murojaat qilindi.
Xulosalarni tubandagi shaklda umumlashtirish mumkin bo‘ladi.
1. G‘afur G‘ulom an’anaviy xalq qo‘shiqlarining motivlaridan, badiiy-tasviriy vositalaridan keng foydalangan. Bunday jihatlarni konkret individual obrazlar bilan bog‘lash, ijodiy rivojlantirishda novatorlik ko‘rsatgan. Bu hol uning o‘tmish mavzusidagi she’rlarida ko‘proq kuzatiladi.
2. She’rdagi fikrni lo‘nda, aniq va poetik jihatdan obrazli ifodalashda G‘afur G‘ulom xalq iboralari, maqol, matal, hikmatli so‘zlaridan foydalanadi, ularni asarlariga singdirib yubora oladi.
3. Ko‘plab etnografik detallaridan foydalanish orqali G‘afur G‘ulom o‘z badiiy asarlarida milliy koloritni ta’minlagan, boyitgan. Chunki u xalq hayotini, urf-odat va udumlarini yaxshi bilgan. Bu hol shoirning xalq bilan hamnafas ijod etilganligini ko‘rsatadi.
4. Folklorga xos bayon usuli, xalq ertak va dostonlaridagi tasviriy vositalardan G‘afur G‘ulom o‘zining katta hajmdagi poetik asarlarida ayrim o‘zgarishlar bilan ijodiy foydalangan. Bunday ijodiy o‘zlashtirish unga o‘z davrining yetakchi tamoyillarini aks ettirishda individual yondoshish imkonini bergan.
5. Sharq mumtoz adabiyotining shakli, obraz yaratish usullari, an’anaviy obrazlariga G‘afur G‘ulom faol murojaat qilgan. Ulardan mahorat bilan foydalanibgina qolmay, yangicha yondosha olgandir.
6. Mumtoz adabiyotdan o‘z davriga monand tarzda foydalanish G‘afur G‘ulom ijodiy merosida 4 xil ko‘rinishda yuzaga chiqadi:
a) o‘qish-o‘rganish,
b) maqola va ma’ruzalar tayyorlash,
v) nashrga tayyorlash, tanqidiy matnlar tuzish,
g) tarjima qilish va ijodiy o‘zlashtirish.
7. Ma’rifatparvar adabiyotning obrazlari, hajviyalarning uslubi, qahramonni o‘z tilidan fosh qilish kabi yo‘llari, hajvdagi dadillik G‘afur G‘ulomga kuchli ta’sir qilgan. O‘rni bilan o‘z asarlaridan ulardan unumli foydalangan.


Yüklə 108,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə