Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika



Yüklə 108,02 Kb.
səhifə1/5
tarix28.03.2023
ölçüsü108,02 Kb.
#103348
  1   2   3   4   5
Kurs ishi Kemalova G 3A kurs тайер


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


AJINIYOZ NOMIDAGI NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA
INSTITUTI

TURKIY TILLAR FAKULTETI
5111200-O‘zbek tili va adabiyoti bakalavr ta’lim yo‘nalishi
3- «A» kurs talabasi
Kemalova Guldona Azatovnaning
O‘ZBEK ADABIYOTI
fanidan
«G‘AFUR G‘ULOM SHE’RIYATIDA FALSAFIY TERANLIK VA BADIIY MUKAMMALLIK»
mavzusida tayyorlagan
K U R S I SH I

Ilmiy rahbar: f.f.d. (PhD) dots Sh. Aldasheva


Tayyorlagan: G.A. Kemalova

NUKUS – 2022
Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti O‘zbek tili va adabiyoti bakalavr ta’lim yo‘nalishi 3-«A» kurs talabasi Kemalova Guldona Azatovnaning O‘zbek adabiyoti fanidan «G‘afur G‘ulom she’riyatida falsafiy teranlik va badiiy mukammallik» mavzusida tayyorlagan kurs ishining yakuniy natijalari Kurs ishiga qo‘yilgan talablar va baholash mezoni:



Baholash mezonlari

Eng yuqori ball

To‘plangan ballar

Kurs ishining sifatli bajarilishi va rasmiylashtirilishi
(40 ball)

Rejaning tuzilishi va izchilligi

5




Kurs ishining mazmuni

10




Ma’lumotlarning yangiligi

10




Savodxonligi

10




Xulosaning asosliligi

5




Himoya vaqtidagi ma’ruzasi
(30 ball)

Kurs ishi mavzusi va mazmunini izohlay olishi

10




Mustaqil mulohaza va ijodiy yondashuvi

10




Mavzu bo‘yicha taklif va tavsiyalarini bayon etishi

10




Himoya vaqtida berilgan savollarga javob berishi
(30 ball)

Mavzuga oid ilmiy-nazariy ma’lumotlarni bilishi

10




Mavzuga oid ilmiy-metodik tajribalardan xabardorligi

10




Savollarga javob berishda o‘z mulohazalarini asoslay olishi

10




J A M I

100




Kemalova Guldona Azatovnaning O‘zbek adabiyoti fanidan «G‘afur G‘ulom she’riyatida falsafiy teranlik va badiiy mukammallik» mavzusida tayyorlagan kurs ishi va himoyasi uchun «_____» ball («_____» %) qo‘yildi.


«_____» __________ 2022- yil


Komissiya a’zolari: _____________________
____________________
«G‘AFUR G‘ULOM SHE’RIYATIDA FALSAFIY TERANLIK VA BADIIY MUKAMMALLIK»


M U N D A R I J A:




KIRISH 3
I BOB. G‘AFUR G‘ULOM SHE’RIYATIDA FALSAFIY TERANLIK 6
II BOB. SHOIR SHE’RIYATIDA TIMSOLLAR BADIIY IFODA SIFATIDA 19
UMUMIY XULOSALAR 29
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 32


KIRISH


Yurtimiz mustaqillikka erishgach, o‘zbek adabiyoti o‘z tarixiy taraqqiyotining yangi davriga ko‘tarildi. Ijtimoiy hayotda bo‘lgani singari adabiyotda ham de­mokratiya, oshkoralik va tanqidiy ruh kuchaydi. Yozuvchilarimiz so‘z, matbuot va ijod erkinligiga to‘la erishdilar.
Bu chin erkinlikni hammadan ham ko‘proq yozuvchi-shoirlarimiz teran angladilar. O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.Karimov ta’kidlaganidek, «Xalqimiz ongida milliy tiklanish boshlandi. Ayniqsa, ijodkorlarimiz oldiga keng ufqlar ochildi. Biz hurriyatimizni to‘lib-toshib kuylashdek baxtga musharrafmiz. Mustaqillik mushoirasi boshlandi».1
O‘zbekiston xalq shoiri, O‘zbekiston Qahramoni Abdulla Oripovning quyidagi dil so‘zlari ana shundan bir nishonadir: «Madaniyatimizning ne-ne darg‘alari bu kunlarni orzu qilib, yetolmay o‘tdilar. Shukronalar bo‘lsinkim, mustaqillikni ko‘rish va uni kuylash bizlarga nasib etdi».2 Mustaqillik tufayli adabiyotda chin hayotga tobora chuqurroq kirib borish, hayot haqiqatini butun borligi va murakkabligi bilan aks ettirish, voqeligimizni bo‘yab-bezamasdan, asossiz maqtamasdan, bor haqikatni ro‘y-rost yozish, yuksak sifatli badiiy asarlar yaratishga qiziqish va imkoniyat kuchaydi.
So‘z san’ati bo‘lmish adabiyot yangi mavzu, yangi g‘oya va yangi obrazlar bilan boyidi. Shu tariqa adabiyotimiz O‘zbekiston mustaqilligini mustahkamlashdek o‘ta muhim va buyuk tarixiy ishga o‘z hissasini qo‘shdi va qo‘shmoqda.
Badiiy estetik tafakkurdagi jiddiy sifat o‘zgarishlarini, ma’naviy intellektual yangilanish belgilarini barcha adabiy tur va janrlarda yaratilgan asarlarda kuzatish mumkin.
Badiiy tafakkur hamisha yangilanishga mahkum. Bu narsa uning tinimsiz o‘zgarib turuvchi o‘zgarmas qonuniyati, yorug‘ peshonasiga bitilgan ustuvor xususiyati. Bu narsa badiiy ongdagi, ijtimoiy-siyosiy qarashlardagi stereotiplarni, qotishga moyillashgan nuqtai nazarlarni sindirish evaziga vosil bo‘ladi. Bu narsa dunyo tushunchasining asosini tashkil etgan tabiat, jamiyat, inson sir-sinoatlarini, ruhoniy hayot iqlimlarini yangicha tushunish, tushuntirish va estetik baholash mayllarida yuzaga keladi. Bu narsa har bir san’atkorning va u mansub avlod ijodkorlarining badiiy tafakkur madaniyatidagi o‘rni va rolini tayin etadi. Va muhimi, har bir millat badiiy-estetik tafakkur madaniyatining jahon tamaddunida tutgan salohiyatini ham ko‘rsatadi. Bu, umummilliy ijtimoiy uyg‘onishning estetik ifodasi demakdir.
Badiiy tafakkur tushunchasi - serma’no, serqatlam, serqirra. U san’atkorning fikrlash tarzida zuhur topgan falsafiy-ahloqiy, ilmiy, ijtimoiy-siyosiy qarashlarning muayyan hosilasidir. Adib dunyoqarashining ko‘zgusi sifatida davr nafasini, nafis san’at taraqqiyotining bosqichlarini aks ettiradi. Keyingi yillar badiiy-estetik tafakkurdagi sifat o‘zgarishlari, yangilanish xususiyatlari - bu istiqlol sharofatidir. Xalqimizning siyosiy-iqtisodiy va ma’naviy mustaqillikka erishish hamda uning ruhoniy asoslarini mustahkamlash jarayonidagi milliy ong takomilining o‘ziga xos ko‘rinishi, tarkibiy qismi tariqasida zohir bo‘ldi.
Bu masalaning bir tomoni. Yana, hozirgi adabiy jarayondagi badiiy tafakkurning yangilanishi hodisasi XX asr tongi ijtimoiy ongda kechgan milliy uyg‘onishning uzviy davomi, amaliy tasdig‘idir. Ijtimoiy fikrning badiiy g‘oyaga aylanishi va muayyan adabiy qahramonlar faoliyatida estetik ma’no kasb etishini san’atkor dunyoqarashidagi o‘zgarishlar samarasi tariqasida kuzatish lozim. Adiblar fikrlash tarzidagi o‘zgarish belgilari, estetik tamoyilarining shakllanishi va muayyan tamoyilga aylanishi sof individual fenomen.
Keyingi yillarda adabiyotning nigohi ko‘ngil deb atalgan betakror dunyoni yanada chuqur o‘rganish sari yuz tutdi. Moziyga, buyuk ajdodlarimiz hayoti va taqdiriga qiziqish teran yo‘nalish kasb etdi. Diniy-madaniy, tarixiy merosga umumbashariy qadriyatlar nuqtai nazaridan qarash, o‘rganish va baholash estetik tamoyilar sifatida shakllandi. Bu - masalaning bir tomoni. Bu - badiiyat tarixi bilan bog‘liq jarayon hosilasidir.
Iqtisodiy va ijtimoiy mustaqillikni mustahkamlashda nimalarga erishildi? Mustaqillik haqiqatlarini hamda ijtimoiy haqiqat mustaqilligini qaror topdirish qay tariqa sodir bo‘lmoqda? O‘tgan yillar - bu ko‘hna tarix uchun kiprik qoqgunchalik bir lahza, xolos. Lekin ana shu soniyalarda ham tarixda qolgudek yosharish, yangilanish jarayonlari kechmoqda.
Xalqimizning bir necha ming yillik tafakkur xazinasi istiqlol ma’naviyati poydevorini mustahkamlashga kamarbasta. "Meros", "Javohir" va boshqa turkumlarda adabiyot, fan, madaniyat va san’at sohalaridagi bebaho nashrlar yuzaga chiqdi. Bular xalqimizning jahon aqliy va ma’naviy xazinasini boyitishdagi buyuk xizmatlarini yana bir karra tayin etishdan iboratdir. Eng muhimi, mustaqillikning dastlabki odimlari umumbashariy qadriyatlarni qaror topdirish bilan mustahkamlanayotganidan dalolatdir.
Mustaqillik ma’naviyati asoslarini mustahkamlashda hali oldimizda g‘oyat mas’uliyatli vazifalar turibdi. Istiqlol adabiyoti - xalqimiz ongi dunyoqarashidagi sifat o‘zgarishlarining, umummiliy ijtimoiy uyg‘onishning estetik ifodasi. Bugungi tarixiy yangilanishlar ildizini millatning erk, ozodlik uchun olib borgan kurash g‘oyalaridan, vatanparvarlikdan holi tasavvur qilish mumkin emas. Erkparvarlik g‘oyalari, hurfikrlik ideali, iymon salomatligi, e’tiqod butunligi, Vatan kamoli, istiqlol istiqbolini belgilovchi ijtimoiy ideal bugungi adabiyotniig mag‘zini tashkil etayotir. Istiqlol adabiyotining muhim fazilatlarini, o‘ziga xos xususiyatlarini belgilab beruvchi bir qator etakchi tamoyillar ko‘zga tashlanayotir. Chunonchi, millatning o‘z-o‘zini anglashida, o‘zlikni qadrlashi va ulug‘lashida, milliy iftixor tuyg‘ularining shakllanishida badiiy tafakkur madaniyatining sifat o‘zgarishlari namoyon bo‘layotir.
Adabiyotimiz tarixida o‘chmas iz qoldirgan siymolardan biri G‘afur G‘ulomdir. U nodir iste’dod sohibi, akademik, faylasuf shoir, mohir nosir sifatida o‘zbek adabiyoti xazinasiga ulkan hissa qo‘sha oldi.



Yüklə 108,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə