Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika


I BOB. G‘AFUR G‘ULOM SHE’RIYATIDA FALSAFIY TERANLIK



Yüklə 108,02 Kb.
səhifə2/5
tarix28.03.2023
ölçüsü108,02 Kb.
#103348
1   2   3   4   5
Kurs ishi Kemalova G 3A kurs тайер

I BOB. G‘AFUR G‘ULOM SHE’RIYATIDA FALSAFIY TERANLIK


Shaxs kamoloti ijtimoiy hayotiy omillardan ayri kechmaydi. Shunday ekan, badiiy tafakkur ijtimoiy, ma’naviy intellektual voqelikniig o‘ziga xos in’ikosi, mahsulidir. Zero, badiiy mushohada, estetik idrok hayot og‘uishda kechadi. Shu ma’noda, badiiy tafakkurning yangilanish holati va sur’ati voqelik tomiridagi zarblarga hamohangdir.
Tabiat va jamiyat hayotining rivojlanish qonuniyatlari ham evrilishlar asosida maydonga kelar ekan. Inson qanday ijtimoiy tuzumlar chig‘irig‘i ostida yashamasin, tegirmon toshidek aylanib turgan mafkuralar iskanjasida hamisha bir narsa uni yorug‘likka olib chiqaverar ekan. Bu - iymon, e’tiqod nuri. Ma’rifatga yetaklovchi, ma’naviyatni boyitib, takomillashtirib boruvchi ilohiy nur. Demak, inson qoyalarga, oyoqlar ostidagi tuproqqa zanjirband etilgan emas. Doimo o‘z-o‘zini ma’nan va fikran kamol topdirishga qobil. Bu, nazarkarda odamlar ko‘ngliga joylangan ilohiy nur sharofatidan.
Shoir talqinidagi ishq bu tush misoli tutib va yetishib bo‘lmas erk, haqiqatga erishish. Bu - fikr-tuyg‘u - ruh erkinligi demak. Shu jihatdan ham, u badiiy so‘z zimmasiga g‘oyat cho‘ng va teran ma’nolar yuklaydi. Chunonchi, so‘z bu erk. Shaxs erki, millat va Vatan ozodligi, fikr va ruh erkinligi ana shu beqaror so‘zda mujassamlashadi. Shoir obrazlari, timsollari, badiiy umumlashmalari orqali so‘zning ana shu taxlit turfa ma’no qatlamlarini, yangi she’rning falsafiy-estetik tabiatini kashf etgan.
Shoirning tasavvur osmonida portlagan ilk bandga nazar solsak, ko‘ramizki, she’r ikki hodisa qiyosidan boshlanadi:
G‘uncha ochilguncha o‘tgan fursatni
Kapalak umriga qiyos etgulik…
Yuqorida keltirilgan suhbatdan bilamizki, alloma hodisaning ikkinchi sohilini bejiz izlamagan. Agar qiyoslanuvchi nuqta, maxraj – Lahza topilmasa, umuman “Vaqt” she’ri uchun qiyos printsipi yetakchi printsip sifatida kashf etilmasa, she’r tug‘ilmagan, dunyo yuzini ko‘rmagan bo‘lardi.

Har lahza zamonlar umridek uzun,


Asrlar taqdiri lahzalarda hal.
Umrdan o‘tajak har lahza uchun
Qudratli qo‘l bilan qo‘yaylik haykal.
Lahza uchun qo‘yilgan haykalni lahzaga qo‘yilgan haykal deb ham talqin qilish mumkin. Lahzaga haykal qo‘yish uni to‘xtatishga urinish, hech bo‘lmasa, shunga ilinj demakdir. Ushbu nuqtada “Vaqt” she’ri insoniyatning buyuk badiiy obidalaridan bo‘lmish Gyotening “Faust” tragediyasi bilan fikr-g‘oya jihatidan kesishadi. Faustning Mefistofel`, iblis bilan tuzgan shartnomasi aynan lahzaga oid edi:
Agar men bir onni ulug‘lar bo‘lsam,
“To‘xta, ey soniya!” – deb aytsam agar,
Seni tutquningman mayli o‘sha dam.
Ikki o‘rtadagi kelishuv nuqtadan ma’no chiqarish maxsus ilmiy izlanishlar mavzusidir. Lekin bir fikrni aytish joiz. Nega Mefistofel`, iblis o‘ziga ishongan holda bunday shartnomaga jur’at qiladi, u inson, ya’ni Faust hech qachon lahzani (asliyatda Der Augenblick, ya’ni lahza) ulug‘lamaydi, to‘xta, ey soniya deb aytmaydi, ya’ni hayotdan shu darajada ma’naviy lazzat topa olishiga ishonmaydi, shekilli. Dastlab bunga Faustning o‘zi ham ishonmaydi. Gyotening realist san’atkorligi shundaki, asar oxirida uning Fausti bunday baxtga (baxtli onga) to‘liq erishmaydi, u faqat inson qachondir yetishi mumkin bo‘lgan baxtli onlarni tasavvur qilibgina, ya’ni nasiya tariqasida deydi:
O‘shal soniyani sezib oldindan,
Eng oliy lahzada turibman bu dam.
“Vaqt” she’rida esa “Umrdan o‘tajak har lahza uchun” haykal qo‘yish da’vat etiladi. Bu insonni tinimsiz ijodga, yaratishga, lahzani bo‘ysundirishga undash demakdir.
Said Ahmad “Vaqt”ning tug‘ilishi (Bir she’r tarixi)” xotira-maqolasida yozishicha, oxirgi band uning da’vati bilan bitilgan. Nima bo‘lganda ham, mazkur band butun she’r kabi ilhomning yuksak onlarida tug‘ilgan; undagi har bir so‘z o‘z o‘rnida qoim. Bunday paytda so‘z quyilib keladi, bunday so‘z qa’ridan hech kutilmagan ma’nolar g‘imir-g‘imir qilib chiqib kelaveradi. Bunda ma’no avtonomiyasi deyish mumkin bo‘lgan hodisaga duch kelamiz. Ma’no muallif ixtiyoridan tashqari harakat qilayotgandek tuyuladi go‘yo.
Hayot sharobidan bir qultum yutay,
Damlar g‘animatdir umrzoq soqiy.
Quyosh-ku falakda kezib yuribdi,
Umrimiz boqiydir, umrimiz boqiy.
Said Ahmad yuqorida tilga olingan maqolada yozadi: “Shu bilan tongotar paytda G‘afur G‘ulom nomini juda uzoq ellarga olib borgan she’rga nuqta qo‘yildi. Bu she’r ulkan shoirning falsafiy qudratini, so‘z san’atkorligini, hayot hodisalarini nihoyatda chuqur bilishini namoyish qilgan edi”
Zero G‘afur G‘ulom ijodkor xalq va uning badiiy talantli oldida folklor asarlarining ruhi oldida so‘ngsiz bir hayrat tuyganligi shubhasizdir. G‘afur G‘ulom o‘z asarlarida xalq ijodiga, uning o‘lmas an’analariga xalqimizning istak, orzulari, niyati nuqtai nazaridan yondoshdi. O‘z davrining dolzarb masalalarini badiiy adabiyotda aks ettirishda xalq og‘zaki ijodiga suyandi va xalqimizga manzur bo‘ladigan asarlar yarata oldi. G‘afur G‘ulom poetik asarlarida folklor an’analarining ruhidan keng foydalangan, xalq qo‘shiqlariga yaqin ko‘plab she’rlar yaratgan. Shoirning «Mohgul», «Olma otdi», «Kimga ne kelur», «Muharram» kabi qator she’rlari xalq qo‘shiqlari ohangida yozilgan asarlardir. Quyida «Olmos ko‘ylak kiydi atlas parchadan» satrlari bilan boshlanuvchi she’rdan parcha keltiramiz:

Olmos ko‘ylak kiydi atlas parchadan,
To‘lin oy mo‘ralar bizning darchadan,
Ikki kun bayramning sharafi uchun
Kitobning xatcho‘pi bo‘ldi archadan.

Bahor chog‘idagidek suvning loyqasi,


Tongotar chog‘i fikr kuykasi,
Qarmoqqa bir laqqa ilinib qoldi.
She’r yozmoqligim bilinib qoldi.

Gulsafsar ochildi, gullar g‘unchada,


Bolalar chuvvasi kelar ko‘chadan.
Sharafli ayyomda shoir ilhomi
Siz uchun she’rini yozar pichada.

Qaldirg‘och keldiyu bizni tabriklab,


Imorat solmoqqa urinib ketdi.
Angrayib qolibman atrof hayotga,
Jujun shim qozonga surilib, ketdi.

Mazkur to‘rt band she’rda G‘afur G‘ulom xalq iborasi, maqol va hikmatli so‘zlardan foydalanmagan. Biroq asarning yozilish uslubi, ruhi xalq ohanglarida yaratilgan qo‘shiqlarga hamohangdir. Shoir she’rda ritlik-sintaktik paralellizmdan unumli foydalangan. Bandlarda birinchi, ikkinchi, to‘rtingi misralar qofiyalanadi, uchunchi misra qoladi. Aynan shu misra banddagi fikrning asosiy burilish nuqtasi hisoblanadi. Ya’ni antitziz vazifasini bajaradi. Ma’lumki, xalq laparlarida bunday she’riy shakl ko‘plab uchraydi. Xalq qo‘shiqlaridagi singari bu she’rni ham umumiy qofiya bog‘lab turadi. Har bir bandda aytilgan fikr poetik mazmunning xarakteriga mos keladi. She’r butunicha xalqona ruhda yozilgan. Shoir poetik obrazlari, qiyoslari nihoyatda xalqona ruhdadir.


Ma’lumki, o‘zbek folklorshunosligida X. Zarif, Sh. Turdimov, F. Rayxonov, M. Yoqubbekova, D. Uraevalarning tadqiqotlarida paralemizm muammosi atroflicha o‘rganilgan. Jumladan X. Zarif Ergash shoirning tajnisli to‘rtliklarini, M. Alaviya xalq qo‘shiqlarini, B. Sarimsoqov mazkur hodisaning sinkretik xarakterini tadqiq etadilar. UrDU professori, filologiya fanlari doktori S. Ro‘zimboev o‘zining «Xorazm vohasidagi o‘zbek qo‘shiqlarining g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari» mavzuidagi nomzodlik dissertatsiyasida paralellizmlarni hosil qiluvchi manbalar xususida, A. Sharapov va Sh.Turdimovlar «Paralellizm va ramz munosabati», F.Rayxonov «Paralellizm va qofiya munosabati», M.Yoqubekova allalarda paralellizmlarning qo‘llanish xususiyati to‘xtaladilar: O‘raeva Darmon Saidaxmedovnaning «O‘zbek xalq lirik qo‘shiqlarida paralellizmlarning xarakteri va badiiy kampozitsion vazifalari» (Toshkent, 1993 yil nomzodlik ishida paralellizmlarning tabiati yaxlit tarzda monografik yo‘sinda umumlashtiradi. Mavjud tadqiqotlarda xalq og‘zaki ijodiga xos bo‘lgan bu hodisa yozma adabiyotga tadbiq etilmaydi. Faqatgina Marhamat Amilovaning izlanishlarida G‘afur G‘ulom ijodida uchrovchi ayrim ritmik-sintaktik paralellizmlar haqidagi ayrim fikrlarni kuzatamiz.
Odatda xalq qo‘shiqlarida ritmik-sintaktik paralellizmlar bandning umumiy mazmuni bilan uzviy bog‘lana olmaydilar. Ular faqat ritmik-sintaktik asos vazifasini, qafiya paradigmasini belgilab beradilar. Unda G‘afur G‘ulom navatorligi nimada namoyon bo‘lamoqda?
Yuqoridagi she’rda G‘afur G‘ulom navatorligi ritmik-sintaktik paralellizmni umuiy bandda ifodalangan poetik mazmun bilan bog‘lay olishida, uning tarkibiy qismiga aylantirib yuborishida namoyon bo‘lmoqda. Masalan: «suvning loyqasi»-«fikr quykasi» ga paralel qo‘yilmoqda. Suv bahorda loyqalanadi. Fikr tongatar chog‘ida quykalanadi. Bahor kelishi ham tongning otishi ham uzoq kutish notijasi. qiyoslar asosli Suvlar hayqirib oqsagina loyqalanadi. Fikr ham she’r dardida kechasi bilan ilhomi ko‘pirgan shoirning qalbidan otilib chiqadi, tafakkuridan oqib tushadi. Sel va yomg‘ir murojaat qilgan shoir bahor to Olmos ko‘ylak kiydi atlas parchadan,
To‘lin oy mo‘ralar bizning darchadan,
Ikki kun bayramning sharafi uchun
Kitobning xatcho‘pi bo‘ldi archadan.

Bahor chog‘idagidek suvning loyqasi,


Tongotar chog‘i fikr kuykasi,
Qarmoqqa bir laqqa ilinib qoldi.
She’r yozmoqligim bilinib qoldi.

Gulsafsar ochildi, gullar g‘unchada,


Bolalar chuvvasi kelar ko‘chadan.
Sharafli ayyomda shoir ilhomi
Siz uchun she’rini yozar pichada.

Qaldirg‘och keldiyu bizni tabriklab,


Imorat solmoqqa urinib ketdi.
Angrayib qolibman atrof hayotga,
Jujun shim qozonga surilib, ketdi.
Shuningdek ilhomi ko‘pirgan holatni ifoda eta oladi. Ikkinchi band misolidagi izohlar bilan cheklanish mumkin.
Demak. G‘afur G‘ulom she’rning umumiy poetik mazmunida xalq poeziyasiga xos usullardan foydalanish, xalq qo‘shiqlariga xos erkin qofiyalanish (a, a, b, a) ba’zian ikkinchi banddagi kabi epik xalq she’riyatiga xos juft qofiyalardan (a, a, b, a) foydalanish orqali xalq qo‘shiqlari ruhiga yaqin satrlarda davr ruhini ifoda eta olgan.
G‘afur G‘ulom bolalikdan ko‘p xalq qo‘shiqlarini, ertaklarini eshitgan va ularga qiziqqan. Chunki unit otasi G‘ulom aka Mirzo Orif o‘g‘li dehqonchilik bilan shug‘ullanishiga qaramay, anchagina savodli bo‘li, fors-tojik tilini durust bilgan, poeziyaga qiziqqan, g‘azallar yozgan. Ilm-ma’rifatning qadriga etgan bu odam yosh G‘ofurning savod chiqarishiga, adabiyotga havas va zavqini uyg‘otishga katta ahamiyat bergan. Amakisi Merza Abdulla «Mirza» taxallusi bilan she’rlar yozgan. U ham jiyanining badiiy asarga bo‘lgan muhabbatini tarbiyalashga samarali ta’sir ko‘rsatgan.
«Onam ham o‘zbekcha, tojikcha adabiyotni o‘qib anglay oladigan zehnli xotinlardan edi,-deb esalaydi G‘afur G‘ulom.-O‘zi she’r havaskori bo‘lganidan, xalq og‘zaki termallari vaznida unga-muncha she’rlar aytib yurganini eslayman. Bulardan, ayniqsa, otam o‘limiga bag‘ishlab aytgani hali ham quloqlarimdan ketmaydi. . . G‘afur G‘ulomning otasi 1912 yilda 44 yoshida, onasi 1918 yilda 36 yoshida vafot etgan. Otasidan 9 yoshida, onasidan 15 yoshida judo bo‘lgan G‘afur G‘ulom uchta yetim singlisini boqish va tarbiyalashga qaramay, o‘ksik qalbidagi xalq ijodiga adabiyot va san’atga bo‘lgan havasini zarracha susaytirmaydi.
Afsonalar, ertaklar, xalq qo‘shiqlari, xususan miflar o‘zining betakrorligi bilan ajralib turadi. Chunki ularda insoniyatning yuksak, ko‘tarinki ruhi, ideallari aks etadi. Ijodkor inson ruhiy olamning yuksak ideallarini aks ettirishida ba’zan ojizlanib qolganida folklorga murojaat etadi. Ulardagi soddalik, pokdomonlik, ifoda vositalari va yo‘llaridan donishmandlikdan unumli foydalanadi. G‘. G‘ulom esa umr bo‘yi xalq og‘zaki ijodidagi obrazlardan, badiiy vositalardan poetik asarlarida samarali foydalangan shoirlarimizdan biridir. Zero uning tabiatida xalqqa yaqinlik, hazilga moyillik kuchli bo‘lgan. Xalqimizda «Ikki o‘n besh bir o‘ttiz» iborasi bor. G‘. G‘ulom 1965 yilda Sobir Abdulla tavalludining 60 yilligi munosabati bilan yozgan she’riga shu fikrni rivojlantirib «Ikki o‘ttiz bir oltmish»,-deb sarlavha qo‘ygan. Asar hazilomuz ruhda bitilgan. She’rning tili ham, badiiy vositalari ham, Sobir Abdullaga qiyos qilingan narsalar ham kishida tabassum uyg‘otishga xizmat qiladi. Yuqorida ta’kidlaganimizday she’rning sarlavhasidayoq oddiy xalqga xos yumorning mavjudligi hali folklordan foydalanish degani emas, albatta:
Minbar uzra so‘zlari ayn ul-hayot
Hushsuxanlik poygasida sho‘x G‘irot,
Bulbuligo‘yo qolur gulshanda mot.
Ham Husayn Voiz-la o‘ynab shox-mot
Nomi poki Sobir Abdullohdir,
Suhbatorolik ko‘kida moxdir.
qiyoslarga e’tibor bersak shoir Sobir Abdullani bulbulgo‘yoga G‘irotga, mashhur notiq Husayn Voizga va nihoyat «mox»-oyga qiyoslaydi. G‘afur G‘ulom oddiy folklorning obrazlaridan foydalanib atoqli shoirga xos bo‘lgan xarakterning ma’lum bir qirralarini kashf eta beradi. Ana shunday folklorga xos obrozlardan biri G‘irotdir. G‘irot turkiy xalqlarining «Go‘ro‘g‘li» turkumiga kirgan aksariyat barcha dostonlarida ishtirok etadi. Bu otning barcha xulq-atvori xalqimizga ma’lum. G‘afur G‘ulom G‘irotning poygada hamisha bayroqdor ekanligini nazarda tutib Sobir Abdullani G‘irotga qiyos qilgan. Shoir uni suxondonlik poygasida «sovrindor zot» ya’ni G‘irot deb biladi.
Sobir Abdullaning boshqa adiblardan ustuvor ekanligini ta’kidlashni istagan G‘afur G‘ulom uni folklordagi an’anaviy obraz-«moh»ga qiyoslagan. She’rda Sobir Abdullaning to‘la qonli obrazi yaratilgan:
Ikki o‘ttizga kiribdir yoshlari,
Yalli-yalli aytadir yo‘ldoshlari,
dev tegirmon toshi bo‘lsin boshlari,
Bulduruq tushgan zamondek qoshlari,
Nomi poki Sobir Abdullohdir.
She’r osmonida go‘yo moxdir.
Ko‘rib o‘tganimizdek bandning har bir satrida xalq og‘zaki ijodiga xos yumor ruhi bor. G‘afur G‘ulom huddi kelin salomlardagi yumorlarga monand tarzda ta’riflar keltiradi. «Boshing toshdan bo‘lsin» iborasini o‘ziga xos yo‘sinda qayta ishlagan G‘afur G‘ulom xalq eposiga xos «dev tegirmon» mubolag‘asini ham she’rga kiritib yuboradi. O‘zining do‘stiga bo‘lgan samimiy munosabatini ifodalagan shoir: «Bulduruq tushgan emandek qoshlari», «Dev tegirmon toshi bo‘lsin boshlari», -deyishga jur’at etadi. Ularning bir-biriga haddi sig‘ishligi, hazil-mutoyibalardan ko‘rinib turadi.
She’rda G‘afur G‘ulom xalq iboralari, maqollari, hikmatli so‘zlaridan unimli foydalangan. Xalq ruhini, uning fikrlash tarzini, ijodkorligining asosiy xususiyatlarini yaxshi o‘zlashtirgan. G‘afur G‘ulom an’analarini davom etira oldigina emas, o‘zining navotorligini ham to‘la tarzda namoyon eta oldi.
G‘afur G‘ulomning «Ikki she’r» nomli asari o‘z rafiqasiga bog‘ishlangan. She’rning ushbu bandiga diqqat qaratmoqchimiz:
Qirq yil qirg‘in bo‘lsa, qopqa tubida
Baxting qo‘rig‘ida o‘zim posbon.
Xalqimizda «qirq yil qirg‘in bo‘lsa, ajali yetgan o‘ladi», -degan maqol mavjud. She’rdagi lirik qahramon ham qirq yillik jarayonida turib o‘z mahbubasiga pasbon bo‘lish darajasidagi qudratga ega. Shoir adabiyotda mavjud bo‘lgan obrazni haddan tashqari mubolag‘ali tarzda tasvirlash-grotesk uslidan unimli foydalanilgan holda mubolag‘ani orttirib beradi. Shartli tasavvur orqaligina uning lirik qahramonini, tasvir imkoniyatini tushinish mumkin bo‘ladi. Bu bo‘rttirish yengil kulgi qo‘zg‘ashiga qaramasdan tasvirdagi samimiyat lirik qahramonning mahbubasiga sadoqatini ifoda eta oladi. Shoirning o‘zi ham samimiy muhabbat, vafodorlik va sadoqatni aks ettirish niyatidadir. Bu o‘rinda shoir xalq maqolini ijodiy o‘zlashtirganligini guvohi bo‘lamiz.
Groteskli tasvir juda ham qadimiy bo‘lib, shu asosda tasirlangan obrazlarni biz hamma xalqlarning qadimiy san’ati va mifologiyasida uchratamiz. Muayan maqsadga yo‘naltirilgan bo‘rttirish folklorda ham keng qo‘llanilgan. Xususan alplarning tashqi qiyofasi tasvirlarida bu holni kuzatish mumkin. («Alpomish» nazarda tutilmoqda N. M). Demak, G‘afur G‘ulom xalq maqollarini, obrazli ifodalarini ana shu tariqa o‘zlashtirib, o‘zining ijodiy niyatiga moslab, aytmoqchi bo‘lgan fikrini xalqona soddalik bilan ifodalay olgan.
G‘afur G‘ulom «Olim do‘stimga» nomli she’rini kuzatsak birmuncha boshqacharoq holatga duch kelamiz:
Vatanning olti burchi qadim-qadim muqaddas,
Bir chigitcha bilganing shu tuproqqa tushsa xush
Bu yo‘lda yakka otning changi ham dong‘i chiqmas,
Ilmingni xalq qomusin jildiga keltirib kush.
Bandning uchunchi misrasida «Bu yo‘lda yakka otning changi chiqsa ham dong‘i chiqmas», -degan xalq maqolini uchratamiz. Shoir o‘zining aytmoqchi bo‘lgan fikriga g‘oyatda mos bo‘lganligini nazarda tutib she’rda xalq maqolini o‘zgarishsiz aynan olgan. Bundan shu narsa oydinlashadiki, G‘afur G‘ulom xalq maqollari, ibora va hikmatlarini ayrim hollarda asosiy ma’nosi jihatidan o‘zlashtirsa, ba’zan aynan o‘zgarishsiz holda qo‘llagan ekan. Yuqoridagi she’rda esa maqoldan aynan foydalanish shoirga zaxmatkash olim obrazini yaratish, olimlarning fazilat va qusurlari xususida fikr yurgizish imkonini bergan.
G‘afur G‘ulom oddiy epitetlariga ham yangicha mazmun, yangicha shakl bera oladi. Hayotdan o‘z ishidan mamnun qizlarni tasvirlar ekan shoir ularga qarata: «Tolei quyoshli, chehrasi oyli»,-degan epitetlarni qo‘llaydi.
Bunday fazilatlar shoirning poetik merosida bir qarashdayoq darhol ko‘zga tashlanavermaydi. Ana o‘sha oddiy, ko‘zga tashlanavermaydigan, hamisha har kuni eshitib yurganimiz so‘zlardan yangi mazmun, yangi shakl kashf etishning o‘zi navotorlikdir. Tasvirdagi qizlar folklordagidek tashqi tomonidangina go‘zalligi e’tiborga olinmayotganligi, ular ham tashqi ham ichki tamonidan go‘zal, ma’naviy etuk insonlar ekanligi, mehnati tufayli baxt yaratganligi G‘afur G‘ulomning epitetlariga yangicha mazmun yuklashi tufayli yuzaga chiqadi. G‘afur G‘ulomning «Mohigul» she’ri xalq qo‘shiqlari ruhida yozilgan va qo‘shiq qilib aytishga mo‘ljallangan:
Xalqing kabi jasur afg‘on qizisan,
Mukammalsan, ya’ni zamon qizisan,
Qandaxorlik keksa bog‘bon qizisan,
Shu soatga ammo osmon qizisan.

Yo‘lovchilar qarashadi Mohigul
Kiygan formang yarashadi Mohigul

Talay qizni ko‘rdim qolbul Hirotda
Chodir ichra zulmatda, pul-sirotda
Sen uchasan qush qanotli G‘irotda,
Olmos pora qadri oshar qirotda

Qorachig‘ing chokinsimon, Mohigul,
Umidlaring okinsimon, Mohigul.
Mazkur she’r ana shu tahlitda davom qiladi. Uning ruhi xalq qo‘shiqlariga nihoyatda yaqin, qofiyalanish tartibi bir xil. qolaversa, she’rning ohangi, mag‘zi xuddi xalq qo‘shiqlarining o‘zidek tuyuladi. Chunki G‘afur G‘ulomning aksariyat she’rlari zamirida xalqona ruh yotadi.
G‘afur G‘ulom kurrai zaminning har burjidagi o‘zgarishlarni sinchikovlik bilan kuzatib boradi. Shoirning siyosiy-publitsstik ruhda yozilgan she’rlaridan biri «Ona qizim jamilaga» deb nomlanadi. G‘afur G‘ulom she’rining qahramonlaridan biri sifatida ota tilidan shunday xalq iborasini qo‘llaydi:
Senga keluvchi qilich mening boshimni chopsin,
Zolimlarni qon tutib, mutloq jazosin topsin,
Shoirning ruhi g‘azabga to‘lgan holat. Ehtiroslar ko‘pirib toshgan. Chunki Jazoirlik jabrdiyda qiz taqdiriga lirik qahramon befarq emas. Kelgindi bosqinchilar (Bu o‘rinda frantsuz bosqinchilari nazarda tutiladi N. M)ga bitmas tuganmas nafrat mujassam. Shoir aslida umuman bosqinchilikni, xususan o‘z yurtidaga vaziyatni ham nazarda tutgan bo‘lsa ajab emas. Muhimi mazkur she’rda ham G‘afur G‘ulom o‘z ijodiy kontseptsiyasiga sodiq qoladi. Folklor va yozma adabiyotni go‘zal tarzda uyg‘unlashtiradi. Tubandagi parchadagi xalqchilik ruh va ohang kitobxon diqqatini jalb etadi:
Jazoir zindonida bir qiz uqubatdadir,
Rubobning torlaridek joni jonimga payvand,
Kiprigimdan qon tomib, ko‘zlarim xasratdadir,
Xalxol taqqan beklar butun kishan bilan band. ..
Shoir qo‘llagan tashbeh va iboralarda xalq ruhi, xalq nafasi mujassam emasmi? «Rubobning torlaridek joni jonimga payvand», «. . . Kiprigimdan qon tomib» kabi betakror misralarni yaratmoq uchun haqiqatdan ham chinakam shoirona iqtidorgina kamlik qiladi. Jazoirdaki inson farzandiga «joni payvand» bo‘layotgan bag‘ri keng inson. G‘afur G‘ulom ruhi to‘lqinlarining zamirida ne chog‘lik xalqparvarlik, insonparvarlik, gumanizm mujassam. Bu misralar adabiyotimizda keyinchalik xassos shoir O‘zbekiston qahramoni Abdulla Oripov yaratgan «Rimga nega kelding tunislik bola?» kabi she’rlarga turtki bo‘lsa ajab emas. Muhimi etakchi poetik g‘oyani ifodalashga xizmat qilayotgan bunday tashbeh va iboralar shoirning ruhi qatlamlarida mavjud ekanligi, zinhor o‘ylab topilmaganligiga diqqat qarata bilishdadir. G‘afur G‘ulomning «Xotin» nomli she’rida esa «Supurgi tegmagan xonumon harob», «Yig‘loqi o‘z baxtin dushman axir» singari xalq ibora va hikmatlarini, shu ruhga shoirning kira olganligini yorqin kuzatish mumkindir.
Ularda folklor ta’sirini, uning o‘ziga xos ajoyib ruhini payqash oson.
G‘afur G‘ulom o‘z onasiga atab yozgan she’rlaridan birida «Tanglayim ko‘targan bibiim bechora,»-degan misrani bitadi. Bu o‘rinda shoir xalqimizga xos an’anaviy rasm-rusmlar, odatlardan birini qalamga oladi. Endi tug‘ilgan chaqoloqning tanglayini ko‘tarish taomilini chiroyli tarzda aks ettiradi. Bu esa milliy koloritni ta’minlashda muhim rol’ o‘ynaydi. Demak shoir xalq taomilidan, uning milliy hayotidan yaxshigina xabardor bo‘lgan va poetik asarlari jozibasini ta’minlashda ulardan unimli foydalangan.
Ma’lumki xalq ertaklari qat’iy barqarorlashgan o‘ziga xos ekspoztsiya-boshlamalar bilan muayan shaklda boshlanadi. Bunday majoziy mazmun va go‘zal shakl tinglovchining diqqatini tortish, asarning qishiqarligini ta’minlashga xizmat qiladi. Tinglovchini ertaklar dunyosiga, xayol va orzular olamiga etaklaydi. Bunday boshlamalar adabiyotshunoslikda zachin deb ham yuritiladi. Ular xalq dostonlarida ham uchraydi. Mazkur boshlama asardagi asosiy qahramon, uning mansab va shajarasi, voqeaning boshlanish joyi haqida tinglovchiga xabar berib, uni tasvirlanadigan voqealar ichga olib kiradi. G‘afur G‘ulomning «Ko‘kan» dostoni debocha baydlariga e’tibor qarataylik:
Bir bor ekan, bir yo‘q ekan shu zamonda
Mamaniyoz bo‘lgan ekan Just tomonda.
O‘zi dindor, bir tanobcha eri ham bor.
O‘rtasida ko‘p hayqirib suvlar oqar.
Mamaniyoz yostiqdoshi o‘lib ketib,
Bir o‘g‘ilga qolgan ekan bo‘yi etib. . .
G‘afur G‘ulom dostonning ifodaviy uslubida, voqealarning navbatlashib kelishida folklordan samarali foydalaniladi. Voqealarning bir-biriga monandligi ya’ni birinchi yil piyoz yana ikki yil tariq so‘ngi yil shalg‘om ekishi kabi qatorlashib kelishi aynan folklorga xos bo‘lgan bir xususiyatdir.
Mazkur usulda qahramonning ma’lum bir ruhiy holati ta’kidlab ko‘rsatiladigina emas, uning qiyofasi ham kitobxon ko‘z o‘ngida tabora anq belgilari bilan to‘lib boradi. E’tibor berilsa, G‘afur G‘ulom voqea yoki ish harakatning uch marotaba takrorlanishi vositasidan ham ustalik bilan foydalanganligi oydinlashadi. Agar folklor asarlarida aynan bir xil ish uch bora takrorlanadigan bo‘lsa, ertak yoki doston qahramoni uchinchi gal albatta muddosiga erishsa, G‘afur G‘ulom bu usuldan foydalanishiga qaramasdan uning qahramoni uchinchi gal ham muvaffaqiyatsizlikka uchraydi. Demakki, G‘afur G‘ulom mavjud an’anaga ham ijodiy yondoshgan, muayan darajada individual munosabatda bo‘lgan. U xalqimizning «Uch, uchdan keyin puch»,-degan dona iborasiga amal qilgan ko‘rinadi. Uchinchi bor muvaffaqiyatsizlikka duchor bo‘lgan qo‘qon hayotini yangicha yo‘nalishda sinab ko‘radi.
Anglashadiki, G‘afur G‘ulom liro-epik asarlarida ham folklorga xos an’anaviy ifodaviy shakllarni qo‘llay voqealarni ketma-ket izchillikda berish, xalq hikmatlari, tashbeh va qochiriqlaridan foydalanish («Yakka qozon yolg‘iz uyda hech qaynamas» kabi) unimli foydalanish bilan yuksak poetik ta’sirchanlikka erishadi, poetik fikrni quyma shaklda ifodalashga muvaffaq bo‘ladi.









Yüklə 108,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə