Akadem I ya s. A. Isxakov, A. R. Raxmanov musulmon huquqi



Yüklə 0,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/71
tarix26.04.2022
ölçüsü0,75 Mb.
#86062
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   71
islom huquqi

Hanbaliy mazhabiga 
asos solgan ulamo 778-yilda tug‘ilgan Ahmad 
ibn Hanbaldir. U o‘z davrining buyuk muhaddisi va bilimdoni bo‘lgan. 
Hadislarni o‘rganishga bel bog‘lagan imom Ahmad fiqh ilmi va hadislarni 
Abu Hanifaning mashhur shogirdi imom Yusuf hamda imom 
Shofi’iyning o‘zidan o‘rgandi. U zamonasining Mu’tazaliylar falsafasini 
qabul qilgan xalifalari tomonidan ko‘p marotaba ta’qib qilingan. Qur’on 
yaratilgan degan falsafiy oqimga qarshi chiqqani uchun xalifa Ma’mun 
(813–832)ning amriga ko‘ra ikki yil zindonda saqlangan. Zindondan ozod 
etilgach, uni yana ta’qib qilishni boshlagan Vosiq (842–846-yillarda 
hukmronlik qilgan) xalifa bo‘lgunicha Bag‘dodda mudarrislik qilishni 
davom ettirdi. Shundan so‘ng imom Ahmad dars berishni to‘xtatib, besh 
yil davomida, hokimiyat tepasiga xalifa al-Mutavakkil (847–861) 
kelguncha panoh izlab yurdi. Ushbu xalifa Mu’taziliylarni quvg‘in qilish 


59
va ularning falsafasini rasman inkor etish orqali bu masala bo‘yicha 
tortishuvga to‘la-to‘kis yakun yasadi. Imom Ahmad vafotiga qadar (855) 
Bag‘dodda mudarrislik qildi.
Hanbaliy mazhabining tashkil topishi.
Imom Ahmad hadislarni 
to‘plash, hikoya qilish va sharhlashga katta ahamiyat bergan. Uning 
o‘qitish usuli 30000 dan ortiq hadislar kiritilgan va «al-Musnad» nomi 
bilan mashhur bo‘lgan yirik to‘plamida hadislar hamda ularning sharhi 
borasidagi sahobalarning fikrlarini yozdirishdan iborat edi. So‘ngra u 
ushbu hadislar va fatvolarni o‘z davrining turli muammolariga nisbatan 
qo‘llagan. U yoki bu masalani hal etish uchun mos keladigan hadis yoki 
fikr topilmagan taqdirda, shaxsiy fikrini taklif etardi. Biroq, shogirdlariga 
o‘zining shaxsiy mulohazalaridan hech birini yozib olishga ruxsat 
bermagan. Buning natijasida uning mazhabi shogirdlari tomonidan emas, 
shogirdlarining shogirdlari tomonidan yozib olingan.
Hanbaliy mazhabi qo‘llagan huquq manbalari. 
1) Qur’on. 
Qur’onni qo‘llash borasida Ahmad ibn Hanbal va ungacha 
bo‘lgan imomlar o‘rtasida hech qanday farq bo‘lmagan. Boshqacha qilib 
aytganda, Qur’on boshqa manbalardan barcha sharoitlarda ustun qo‘yil-
gan (ya’ni u huquqning boshqa manbalaridan butkul va shartsiz afzal 
ko‘rilgan);
2) sunna. 
Avvalgi imomlar kabi bu maktab asoschisi ham fatvolar 
chiqarishda qo‘llagan asosiy manbalar ichida Muhammad (s.a.v.)ning 
sunnasi ikkinchi o‘rinda turgan. Uning yagona o‘ziga xosligi marfu’ 
tamoyili, ya’ni bevosita Muhammad (s.a.v.)ning o‘zidan olingan 
ma’lumotlar bo‘lgan;
3) sahobalarning ijmolari. 
Imom Ahmad sahobalarning yakdil 
fikrlarini tan olardi va ularni huquqning asosiy manbalari orasida uchinchi 
o‘ringa qo‘yardi. Ammo u sahobalar davriga oid bo‘lmagan ijmolarni, 
islom davlati bo‘ylab tarqalib ketgan ulamolarning soni juda ko‘p 
bo‘lganligi uchun, aniq emas deb hisoblab, ularga ishonmagan. Uning 
fikricha, sahobalar davri o‘tgandan keyin ijmolar qabul qilinishi mumkin 
emas;
4) sahobalarning shaxsiy fikrlari. 
Sahobalar turlicha nuqtai nazar 
bildirgan masalalarga oid muammo paydo bo‘lgan taqdirda, Ahmad imom 
Molik kabi barcha fikrlarni e’tibordan chetda qoldirmagan. Aynan 
shuning uchun ushbu mazhab ichida muayyan masala bo‘yicha turli 
fikrlarni uchratish mumkin;
5) zaif hadislar. 
Yuqorida keltirilgan manbalarning hech birida hal 
etilmagan masalalar bo‘yicha fatvolar chiqarishda imom qiyosga 


60
asoslanib mulohaza yuritishdan ko‘ra, zaif hadislardan foydalanishni afzal 
ko‘rgan. Biroq, zaif hadisning roviylaridan birortasi fosiq yoki kazzob 
(yolg‘onchi) bo‘lgan bo‘lsa, bunga yo‘l qo‘yilmagan;
6) qiyos. 
Bu usul so‘nggi chora sifatida, ya’ni boshqa asosiy 
manbalarni bevosita qo‘llash mumkin bo‘lmaganida qo‘llangan. Ahmad 
qiyos tamoyilini qo‘llashni uncha xush ko‘rmagan, odatda u o‘z 
fatvolarini yuqoridagi manbalarning birortasiga asoslangan holda 
chiqargan.  
Hanbaliy mazhabining asosiy namoyandalari 
imom Ahmadning ikki 
o‘g‘li – Solih (873-yilda vafot etgan) va Abdulla (903-yilda vafot etgan) 
edilar. Yirik hadislar to‘plamlarini tuzgan imom Buxoriy va imom 
Muslimlar ham imom Ahmadning shogirdlari hisoblanadi. Hanbaliy 
mazhabi vakillarining ko‘pchiligi hozirgi kunda Falastin va Saudiya 
Arabistonida yashaydilar. 
Shialik oqimi va uning mazhablari. 
Shialik oqimida quyidagi aqida 
ilgari suriladi: imomat, ya’ni payg‘ambar Muhammad (s.a.v.) 
o‘rinbosarligi yoki islom davlati rahbarligi payg‘ambar vasiyatiga binoan 
faqatgina payg‘ambarning qizi Fotimadan tug‘ilgan Alining erkak 
avlodlariga xos bo‘lib qoladi. 
Ibn Xaldunning ta’kidlashicha, shialar aqidasiga binoan imomat 
masalasi islom qoidasi va dinning asosi bo‘lgani uchun uni belgilash 
hamda tayinlash islom jamoasi (ummat)ga topshirilgan emas. Payg‘ambar 
tomonidan ushbu vakolat ummatga berilmagan. Islom jamoasi uchun 
imomni tayinlash payg‘ambarga vojibdir. Ularning fikricha, sahoba-
larning afzali va payg‘ambar tomonidan birinchi xalifa qilib tanlangan Ali 
ibn Abu Tolib edi. 
Shialar aqidasiga binoan, «imomlar» oddiy insonlar jumlasidan 
bo‘lmay, quyidagi xususiyatlarga ega bo‘ladilar: 
birinchidan,
 faqat 
payg‘ambarning qizi Fotimadan tug‘ilgan zotlar va ularning bolalari 
payg‘ambar oilasi hisoblanib, imomlik vakolatining haqiqiy va qonuniy 
egalaridir. 
Ikkinchidan,
 imom payg‘ambar emas. Ammo payg‘ambar 
bilan oddiy insonlar o‘rtasida turadi. 
Uchinchidan,
 imom har qanday 
gunohdan pok bo‘lib, hech qachon gunoh va xato qilishi mumkin emas. 
To‘rtinchidan,
 imom barcha bo‘lib o‘tgan va qiyomat kunigacha yuz 
beradigan ishlardan ilhom orqali voqifdir. 
Beshinchidan,
 Qur’onni tafsir 
qilish faqat imomga xosdir. 
Shuning uchun shialar imom sunniylar imomi (xalifasi)dan farqli 
o‘laroq birinchi muallif, g‘aybni biluvchi payg‘ambar bilimlarining 
merosxo‘ri bo‘lgan zot hisoblanadi. Doktor Z. Safoning ta’kidlashicha, 


61
Ali zohiriy va botiniy (ichki) bilimlarini payg‘ambardan o‘rgandi. Ushbu 
qobiliyat undan keyin uning avlodlariga o‘tdi. Imomlarning har biri o‘z 
zamonida aholini o‘z ilmlaridan xabardor qilib kelganlar. Shuning uchun 
shialar, imomlardan rivoyat qilinmagan hadislarni qabul qilmaydilar. 
Shialarga, ayniqsa, 

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə