Estetikaning predmeti, maqsadi va vazifalari. Estetikaning asosiy kategoriyalari. Tabiat va texnogen sivilizatsiya estetikasi



Yüklə 75,56 Kb.
səhifə1/26
tarix17.05.2023
ölçüsü75,56 Kb.
#110815
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
7-Mavzu. Estetika. (1)


7-Mavzu. Estetika.


Reja:

  1. Estetikaning predmeti, maqsadi va vazifalari.

  2. Estetikaning asosiy kategoriyalari.

  3. Tabiat va texnogen sivilizatsiya estetikasi.

  4. Dizayn – texnika estetikasi.

  5. Estetik tarbiyaning turlari va yo‘nalishlari.

  6. Ommaviy madaniyat”ning yoshlar estetik didiga ta’siri.



Tayanch so‘z va iboralar: Estetika, nafosat, go‘zallik, san’at, nafosat tarbiyasi, estetik ong, estetik munosabat, estetik faoliyat, estetik bilish, estetik did, estetik ehtiyoj, estetik ideal, estetik faoliyat, kategoriya, estetik kategoriyalar, go‘zallik, hunuklik, ulug‘vorlik va tubanlik, fojeaviylik, forig‘lanish, kulgililik, ekoestetika, dizayn, texnika estetikasi, texnogen sivilizatsiya, badiiy tarbiya.


Estetika yohud nafosatshunoslik eng qadimgi fanlardan biri. Uning tarixi ikki yarim-uch ming yillik vaqtni o‘z ichiga oladi. Biroq u o‘zining hozirgi nomini XVIII asrda olgan. Ungacha bu fanning asosiy muammosi bo‘lmish go‘zallik va san’at haqidagi mulohazalar har xil san’at turlariga bag‘ishlangan risolalarda, falsafa hamda ilohiyot borasidagi asarlarda o‘z aksini topgan edi.
«Estetika» atamasini birinchi bo‘lib buyuk olmon faylasufi Aleksandr Gotlib Baumgarten (Baumgarten / 1714-1762) ilmiy muomalaga kiritgan. Bunda u boshqa bir ulug‘ olmon faylasufi Gotfrid Vilgelm Leybnis (Leibniz / 1646-1716) ta’limotidan kelib chiqqan holda munosabat bildirgan edi. Laybnis inson ma’naviy olamini uch sohaga – aql-idrok, iroda-ixtiyor, his-tuyg‘uga bo‘ladi va ularning har birini alohida falsafiy jihatdan o‘rganish lozimligini ta’kidlaydi. Baumgartengacha aql–idrokni o‘rganadigan fan – mantiq, iroda-ixtiyorni o‘rganuvchi fan esa – axloqshunoslik (etika)ning falsafada ko‘pdan buyon o‘z o‘rni bor edi. Biroq his-tuyg‘uni o‘rganadigan fan falsafiy maqomda o‘z nomiga ega emasdi. Baumgartenning bu boradagi hizmati shundaki, u «his qilish», «sezish», «his etiladigan» singari ma’nolarni anglatuvchi yunoncha aisthetikos – «oyestetikos» so‘zidan «estetika» (olmoncha «yestetik» – «eshtetik») iborasini olib, ana shu bo‘shliqni to‘ldirdi.
Baumgarten estetikani hissiy idrok etish nazariyasi sifatida olib qaradi. Lekin, ko‘p o‘tmay, u goh «go‘zallik falsafasi», goh «san’at falsafasi» sifatida talqin etila boshlandi. Estetika fanining eng buyuk nazariyotchilaridan biri Georg Vilgelm Fridrix Hegel (Hegel / 1770-1831) esa o‘z ma’ruzalarining kirish qismida yozadi: «Estetika» degan nom muvaffaqiyatsiz chiqqani va yuzaki ekani sababli boshqa atama qo‘llashga urinishlar bo‘ldi. So‘zning o‘z-o‘zicha bizni qiziqtirmasligini nazarda tutib, biz «estetika» nomini saqlab qolishga tayyormiz, buning ustiga, u odatiy nutqqa singishib ketgan. Shunga qaramay, bizning fanimiz mazmuniga javob beradigan ibora, bu – «san’at falsafasi» yoki yana ham aniqroq qilib aytganda – «badiiy ijod falsafasi».
Endi «Estetika» fanining mohiyatini anglatadigan «san’at falsafasi» va «go‘zallik falsafasi» iboralariga to‘xtalamiz. Estetika tarixida birinchi ibora tarafdorlari ko‘pchilikni tashkil etadi. Lekin, yuqorida aytib o‘tganimizdek, san’at bu fanning yagona tadqiqot obyekti emas. Hozirgi paytda texnika estetikasi va uning amaliyotdagi sohasi dizayn, atrof-muhitni go‘zallashtirish, tabiatdagi nafosat borasidagi muammolar bilan ham shu fanimiz shug‘ullanadi. Demak, uning qamrovini san’atning o‘zi bilangina chegaralab qo‘yishga haqqimiz yo‘q. Zero bugungi kunda inson o‘zini o‘rab turgan barcha narsa-hodisalarning go‘zal bo‘lishini, har qadamda nafosatni his etishni istaydi: biz taqib yurgan soat, biz kiygan kiyim, biz haydayotgan mashina, biz uchadigan tayyora, biz yashayotgan uy, biz mehnat qiladigan ishxona, biz yurgizayotgan dastgoh, biz yozayotgan qalam, biz dam oladigan tomoshabog‘lar – hammasidan nafis bir ruh ufurib turishi lozim.
Yuqorida aytilganlardan kelib chiqsak, «Go‘zallik falsafasi» degan ibora bu fani mohiyatiga ko‘proq mos keladi. Negaki, u faqat san’atdagi go‘zallikni emas, balki insondagi, jamiyat va tabiatdagi go‘zallikni ham o‘rganadi. Shuningdek, go‘zallikdan boshqa ulug‘vorlik, fojiaviylik, kulgililik, mo‘’jizaviylik, hayolilik uyg‘unlik, noziklik singari ko‘pdan-ko‘p tushunchalar mavjudki, ularni tadqiq etish ham estetika fanining zimmasida. Lekin, bu o‘rinda, shuni unutmaslik kerakki, mazkur tushunchalarning har birida go‘zallik, bir tomondan, unsur (element) sifatida ishtirok etsa, ikkinchi tomondan, ularning o‘zi go‘zallikka nisbatan unsur vazifasini o‘taydi. Ana shu xususiyatlarning voqelikda namoyon bo‘lishini biz nafosat deb ataymiz.
Go‘zallik, ko‘rganimizdek, nafosatning bosh, yetakchi xususiyati hisoblanadi. Shu bois u estetikaning mezoniy tushunchalaridan biri sifatida tadqiq va talqin etiladi. Zero go‘zallikning ishtirokisiz yuqoridagi xususiyatlarning birortasi estetik tabiatga ega bo‘lolmaydi. Masalan, ulug‘vorlikni olaylik. U asosan hajmga, miqyosga miqdorga asoslanadi: Buxorodagi «Arslonxon» minorasi yoxud «Minorai Kalon» ulug‘vorligi bilan kishini hayratga soladi. Unga tikilar ekansiz, qalbingizni nafosat zavqi qamrab oladi. Lekin xuddi shunday balandlikdagi kimyoviy korxona mo‘risidan zavqlanolmaysiz. Yoki yonbag‘irdan turib, toqqa tikilsangiz, estetik zavq tuyasiz, ammo xuddi shunday balandlikdagi shahar chetida o‘sib chiqqan axlat «tog‘i»ga qarab zavqlanmaysiz. Chunki Arslonxon minorasi me’morlik san’ati asari sifatida go‘zallik qonuniyatlari asosida bunyod etilgan; tog‘ esa tabiat yaratgan ulug‘vor go‘zallik. Zavod mo‘risida ham, axlat «tog‘«ida ham hajm, miqdor boru, lekin bir narsa–go‘zallik yetishmaydi. Minora bilan tog‘dagi hajmni salobatga aylantiruvchi unsur, bu–go‘zallik. Fojiaviylik xususiyatida ham go‘zallikning ishtirokini ko‘rish mumkin. Misol sifatida Lev Tolstoyning «Urush va tinchlik» romanidagi Austrlisda bo‘lib o‘tgan rus va fransuz qo‘shinlari to‘qnashuvidan so‘ng, jang maydonida yarador bo‘lib yotgan knyaz Andrey Bolkonskiyni eslaylik: bir qo‘lida bayroq dastasini ushlagancha ko‘m–ko‘k maysada moviy osmonga qarab yotgan, oppoq mundirli botir yigit–bayroqdor zobitning tepasiga kelgan Napoleon uni o‘lgan deb o‘ylab, bu manzaradan hayratlanib: «Mana bu – go‘zal o‘lim!», deydi. Bu o‘rinda asar qahramonining o‘limi – fojiaviylik, o‘limning qahramonlikka aylanishi – ulug‘vorlik; fojiaviylik bilan ulug‘vorlik xususiyatlarining omuxtalashuvi natijasida esa go‘zal manzara, qayg‘uli va ulug‘vor go‘zallik vujudga kelgan. Shuning uchun ham Napoleonning hayrotomuz xitobi bejiz emas. Demak, estetikaning asosiy tadqiqot obyekti – go‘zallik, biroq, san’at ham o‘z navbatida estetikaning go‘zallik kabi keng qamrovli tadqiqot obyekti hisoblanadi.

Yüklə 75,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə