Estetikaning predmeti, maqsadi va vazifalari. Estetikaning asosiy kategoriyalari. Tabiat va texnogen sivilizatsiya estetikasi



Yüklə 75,56 Kb.
səhifə4/26
tarix17.05.2023
ölçüsü75,56 Kb.
#110815
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
7-Mavzu. Estetika. (1)

Semiotika (belgilar va belgilar tizimi haqidagi fan) fani bilan aloqadorligi. Ma’lumki, san’at asarida belgilar va badiiy ramzlar muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, harflar, notalar v.h. Boshqacharoq qilib aytganda, bilish va baholash faoliyati natijalarini, ya’ni semantik va pragmatik axborotni o‘zida mujassam qilgan san’at asari o‘sha axborotni yetkazib berishga ham mo‘ljallangan. Ana shu san’atning belgi bilan bog‘liq tomonini, kommunikativ–vositachilik jihatini semiotika o‘rganadi. Ayni paytda, estetikada tuzilmali–semiotik estetika deb ataladigan nazariya ham mavjud. Unda san’at maxsus til yoki belgilar tizimi, alohida san’at asari esa ana shu tizim belgisi yoki o‘sha tizim belgilarining izchilligi sifatida olib qaraladi. Zero bunda belgi san’at asarini idrok etuvchiga uni yetkazib beruvchi hodisa tarzida o‘rganiladi.
Bundan tashqari, estetika kibernetika, ekologiya va yuqorida aytib o‘tganimizdek, barcha san’atshunoslik fanlari bilan ham yaqin aloqadorlikda ish olib boradi. Chunonchi har bir san’at turining «o‘z estetikasi» mavjud: so‘z san’ati estetikasi, teatr estetikasi, musiqa estetikasi v.h.


Estetikaning amaliy ahamiyati
Har bir fanning inson va jamiyat hayotida o‘ziga xos amaliy ahamiyati bor: estetika ham bundan mustasno emas. Avvalo, u kundalik hayotimizda nafosat tarbiyasini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish borasida katta ahamiyatga ega. Erkin, demokratik jamiyatimizning har bir a’zosi go‘zallikni chuqur his etadigan, uni asraydigan nafis did egalari bo‘lishlari lozim. Haqiqiy badiiy asar bilan saviyasi past asarni farqlay bilishlari, «ommaviychilik san’ati»ni rad qila olishlari lozim. Ana shu nuqtai nazardan qaraganda, estetika jamiyatning barcha a’zolari uchun muhim ahamiyatga ega.
Estetikaning, ayniqsa, badiiy asar ijodkorlari uchun amaliy ahamiyati katta. Chunonchi, biror bir san’at turida ijod qilayotgan san’atkor birinchi galda, ma’lum ma’noda, o‘z sohasining bilimdoni bo‘lishi kerak. Deylik, bastakor notani bilmasdan, musiqali asar yaratish qonun-qoidalarini, shu jumladan, musiqaga ham taalluqli bo‘lgan estetikaning umumiy qonuniyatlaridan bexabar xolda tuzukroq asar yaratishi dargumon. Ba’zilar «Daho san’atkorlar qonun-qoidalarsiz ham ijod qilaveradilar» – degan noto‘g‘ri tasavvurga egalar. Vaholanki, daholarning o‘zlari ko‘p hollarda nafosat nazariyasi bilan shug‘ullanganlar. Bu borada Abduruhmon Jomiy, Alisher Navoiy, Leonardo da Vinchi, Fridrix Shiller kabi buyuklarning nomlarini eslashning o‘zi kifoya qiladi.
Badiiy asarni tadqiq etuvchi olimlar, tanqidchilar–san’atshunoslar va adabiyotshunoslar uchun ham estetikani bilish zarur. Deylik, «sof teatr»ni – faqat sahna san’atinigina yaxshi bilgan san’atshunos u qanchalik iste’dodli bo‘lmasin, yuksak talab darajasida tadqiqot olib borolmaydi, hatto e’tiborga molik maqola ham yoza olmaydi. Chunonchi, u dramaturgiyadan, musiqadan, uslub va kompozitsiya qonun-qoidalaridan, bir so‘z bilan aytganda, estetika qonuniyatlaridan xabardor emas. Natijada uning tadqiqoti, maqolasi yoki taqrizi biryoqlama, falsafiy umumlashmalardan xoli, jo‘n va sayoz jumlalar yig‘indisidan iborat bo‘lib qoladi.
Estetikaning san’atni xalq orasida yoyadigan va targ‘ib etadigan tashkilotlar rahbarlari uchun ahamiyati muhim. Ayniqsa, ma’naviyat va mafkura sohalariga matasaddi rahbarlarning estetikadan bexabar bo‘lishlari mumkin emas. Aksincha ma’naviyat targ‘ibotchilarining estetikaga e’tiborchizligi san’at uchun fojiali holatlarni yuzaga keltiradi.
Shuningdek, dizaynchi–injenerlar, atrof–muhitni obodonlashtirish bilan shug‘ullanadigan mutaxassislar faoliyatiga nafosat ilmining sezilarli ta’siri mavjud. Shuningdek, korxona rahbarlari, sex boshliqlari mazkur korxona yoki sexda dastgohlar dizaynidan tortib, devorlar ranglari–yu, «ichki gulzor»larning joylashtirilishigacha nafosat qonun-qoidalari asosida bo‘lishini ta’minlashlari lozim Zero o‘shandagina ish joyida mehnat unumdorligining oshishi tabiiy. Buning uchun esa mazkur rahbarlar estetikadan albatta xabardor bo‘lishlari shart.
Umuman olganda, estetika hamma uchun ham zarur. Chunki inson zoti baribir hayotda tez-tez san’at asarini idrok etuvchi sifatida maydonga chiqadi. Deylik, siz Samarqandga «o‘ynab kelgani» bordingiz. Agar estetikadan bexabar bo‘lsangiz, Go‘ri Amir maqbarasinig gumbazi, Registondagi madrasalar yonida qad ko‘targan minoralar, peshtoqlardagi ko‘hna arabiy yozuvlar sizda qiziqish uyg‘otmaydi. Bordi-yu, aksincha, nafosat ilmidan xabardor bo‘lsangiz, u holda nafaqat ularning chiroyliligini, balki gumbaz shunchaki gumbaz emas, Xudo go‘zalligining ramzi ekanini, u «jamol» deb atalishini, minoralar – Tangri qudratining timsoli o‘laroq «jalol» deyilishini, peshtoqlardagi go‘zal yozuvlar – oyatlar, Xudoning belgisi, «sifat» deb nomlanishini eslaysiz va olayotgan taassurotingiz bir necha barobar kuchayadi. Zero estetika orqali biz faqatgina ko‘rganlarimizning shakliy go‘zalligini emas, balki ayni paytda shakl bilan birga uning falsafiy mohiyatini ham idrok etamiz. Shu sababli, fermerga yoki temir yo‘l ishchisiga, yoki tadbirkorga estetika haqida bosh qotirib o‘tirish zarur kelibdimi, degan gaplar xato va zararlidir.
Yuqorida ko‘rib o‘tganlarimizdan shu narsa ma’lum bo‘ladiki, bugungi kun estetika fani oldida ulkan vazifalar turibdi. Zotan biz qurayotgan fuqarolik jamiyatining a’zosi har jihatdan kamol topgan, yuksak nafis did egasi bo‘lmog‘i lozim. Qolaversa, hozirgi mashinasozlikni, aviasozlikni, umuman, sanoatni zamonaviy dizaynsiz tasavvur etish mutlaqo mumkin emas. Bunda bevosita texnika estetikasining ahamiyati katta. Bulardan tashqari, ayniqsa yoshlarning nafosat tarbiyasiga alohida e’tibor berish–zamonning dolzarb talabi bo‘lib qarmoqda. Shu bois «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da uzluksiz ta’limni tashkil etish va rivojlantirish tamoyillaridan biri: «Ta’limning ijtimoiylashuvi – ta’lim oluvchilarda estetik boy dunyoqarashni hosil qilish, ularda yuksak ma’naviyat, madaniyat va ijodiy fikrlashni shakllantirish», deb aniq belgilab qo‘yilgani bejiz emas.



Yüklə 75,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə