Estetikaning predmeti, maqsadi va vazifalari. Estetikaning asosiy kategoriyalari. Tabiat va texnogen sivilizatsiya estetikasi



Yüklə 75,56 Kb.
səhifə7/26
tarix17.05.2023
ölçüsü75,56 Kb.
#110815
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   26
7-Mavzu. Estetika. (1)

Chiroylilik – narsalarning tashqi ko‘rinishini, holatini, bajarilgan ish yoki qilingan harakatdagi o‘zaro hamohanglikni ifodalovchi tushuncha. Chi­roylilik insonlarda yoqimli taassurot qoldiradi, ammo ayni bir paytda o‘sha chiroyli bo‘lgan narsa–hodisa yoqimsiz holatlarni ham vujudga keltiradi. Masalan, «Bangidevona» o‘simligining guli oppoq, chiroyli bo‘ladi. Ammo, gulining hidi yoqimsiz, tanasidan sassiq xid chiqadi. Shu ma’noda aytishimiz mumkinki, chiroylilik narsa–hodisaning yoki shakl yoki mazmunidagi xususiyatni aks ettirishi bilan kishida yoqimli taassurot qoldiradi. Shuning uchun ham narsa–hodisalarning faqat shakl (tashqi) yoki faqat mazmun (ichki) mohiyatiga qarab unga go‘zallik iborasini ishlatish o‘rinli emas. Zero, go‘zallik narsa–hodisalarning faqat bir tomoninigina aks ettirmaydi, aksincha u mazmun bilan shaklning uyg‘unligi, mosligi, hamoxangligi, maqsadga muvofiqligi asosida shakllanadi. Shu ma’noda go‘zallik ham obektiv ham subektiv xususiyatga ega. Tabiat go‘zalligi obekt (inson) va subekt (o‘simlik va hayvonot dunyosi)ning tartibi va uyg‘unligiga asoslanadi. Uyg‘unlik va tartibning buzilishi esa tabiat va inson uchun zararli oqibatlarga olib kelishini bugungi kundagi ekologik muammolar orqali ko‘rishimiz mumkin...
Inson go‘zalligi. Insondagi go‘zallik aksariyat xollarda uning xulqi, odobi, axloqi va fazilatlari bilan belgilab kelinadi. Avval ham bugun ham inson borliq – jamiyat – texnika o‘r­tasidagi munosabat masalasi ko‘plab ilmiy sohalarning tadqiqot obyekti bo‘lib kelmoqda. Nafosat falsafasi inson go‘zalligining mohiyatiga doir muammolarni tadqiq etishni o‘zining muhim vazifasi qilib belgilaydi.
Estetik tafakkur tarixida inson go‘zalligi jism (tana) va ruhiyat masalalari bilan izohlangan. Bu boradagi fikr–mulohazalarning asosida insonning tashqi ko‘rinishi hamda axloqiy fazilatlariga bo‘lgan munosabat masalasi yotadi.
Inson go‘zalligiga bu tariqa yondashuvning muayyan sabablari bor. Birinchidan, go‘zal­likning inson shaklidagi ko‘rinishida yagona, mutlaq va tugal timsol mavjud emas. Agar mavjud bo‘lganda edi, u barcha xalqlarga go‘zallik timsoli sifatida namuna qilib ko‘rsatilardi. Olaylik, ayol go‘zalligining mezonlari patriarxat va matriarxat davri odamlarining tasavvurida katta qorin, keng dumg‘aza hamda ko‘krakning bo‘rtib turishi bilan ifodalangan.
Ikkinchidan, insonlarning go‘zallik haqidagi qarashlari turlicha bo‘lib, ular vaqt o‘tishi bilan o‘zgarib boradi. Kishilar­ning estetik xususan, go‘zallik haqidagi ideali ana shu o‘zga­rishlarning birlamchi sababidir. Inson voqelikni estetik tarzda o‘zlashtirar ekan, unga dastlab o‘z estetik ideali va estetik di­didan kelib chiqib munosabat bildiradi. Tabiat, jamiyat va in­sondagi go‘zallikni idrok etish ham bevosita
Insonning botiniy go‘zalligi uning odob, xulq va axloqiy fazilatlari bilan belgilanadi. Buni nafosat ilmiy xulqiy go‘zallik deb nomlaydi.
Insonning amaliy xatti–harakati, axloqiyligi, nafosatga munosabati ayni paytda uning botiniy tuyg‘ulariga, qalb kechin­malariga bog‘liq. Bu kechinmalar, odatda shaxs faoliyatidagi yaxshi a’mollarga qarab – fazilatlar, yomon qilmishlariga qarab – illatlar deb ataladi.
Inson xulqiy go‘zalligining takomillashuvida axloqdagi eng muhim mezoniy tushuncha hisoblangan muhabbat va ezgulik alohida ahamiyat kasb etadi. Bundan tashqari, xulqiy go‘zallikda bevosita inson hatti–ha­rakatining sababi bo‘lgan niyat muhim o‘ringa ega. Zero ezgu niyatli inson go‘zaldir. Niyatning reallikka aylanishi uchun insonda avvalo, istak, xohish, maqsad bo‘lishi shart. Chunki, kishi o‘ylagan har bir niyatiga erishishi uchun o‘z oldiga maqsad qo‘yadi. Shuningdek, niyat individuallik xususiyatiga ega. Shu jihatdan qaraganda, niyat ijobiy va salbiy ma’noga ega bo‘ladi. Ijobiylik kasb etuvchi niyatning asosida go‘zallikka muhabbat, ezgu­likka e’tiqod yotadi. Aksincha, salbiy ma’nodagi niyat mohiyatan yovuzlikka daxldordir. Shu bois insonning oriyatli, nomusli ekani uning qilgan qilmishlari bilangina emas, balki, ko‘nglidagi niyati qandayligiga qarab ham belgilanadi. Zotan, niyati buzuq odamlarning qilgan ishlari yaxshilik bo‘lib ko‘rinsa–da, mohiyatan yovuzlikka yo‘naltirilgan.
Bugungi kunga kelib hayotni faqat moddiy yoki ma’naviy tomoninigina o‘zgartirishga intilish, e’tiborni faqat bir sohaga qaratish bilan ko‘zlangan maqsadga erishib bo‘lmasligi oydinlashmoqda. Zotan, inson­ning faqat ma’naviy go‘zalligiga e’tibor berish, uning jismoniy go‘zalligiga putur yetkazadi. Ayni paytda, ma’naviy go‘zallik hi­sobiga jismoniy go‘zallikni ulug‘lash insoniyatni muqarrar tarzda muvaffaqiyatsizlikka olib keladi. Biz hozirda insonning ma’naviy va jismoniy go‘zalligini uyg‘unlashtirish masalalari dolzarb bo‘lgan davrda yashayotganligimizni unutmasligimiz kerak. Ana shuni teran xis qilganimizdagina ko‘zlagan maqsadlarimizga yetishishimiz mumkin bo‘ladi.
Bir so‘z bilan aytganda, go‘zallik – ma’naviy va moddiy xususiyatga ega bo‘lgan, ijtimoiy hayotda favqulodda aha­miyat kasb etuvchi hamda narsa–hodisalarning uyg‘unligi, hamohangligi, mutanosib­ligi, maqsadga muvofiqligiga asoslangan qadriyatdir.
Go‘zallikka qarama-qarshi bo‘lgan xunuklikni go‘zallikning aksi deb yuritamiz. Biroq, bunday yondashuvda qisman noaniqlik bor. Chunki uyqash va bir–biriga yaqin, yoki bir–birining aksi bo‘lgan tushunchalardagi unsurlar u yoki bu ko‘rinishda har ikala tushunchada ham ishtirok etishi mumkin.
Gohida shakl va mazmun go‘zalligi bir-birini dialektik tarzda inkor etadi. Shunday bo‘lsa–da, buning ijobiy tomonlari ham mavjud. Chunki, mazmun o‘z vaqtida shaklning kamchiligini ko‘rsatib, uning go‘zallashuviga turtki berib turadi yoki aksincha: ko‘rinishi chiroyli bo‘lgan insonlarning hammasi ham ma’naviyati boy bo‘lmaganidek, yuksak fazilat sohiblarining barchasi ham husn va chiroyda barkamol emaslar. Xunuklik bir paytning o‘zida ham go‘zallikning, ham nafosatdan lazzatlanishning ziddi­dir. Chunki, xunuklik lazzatlanish tuyg‘usi mavjud bo‘lgan jarayondan uzoqroq joyda vujudga keladi; u insonga hayrat baxsh etishdan, uning vujudini forig‘lashdan mahrum.



Yüklə 75,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə