Xulqi og'ishganlikning tibbiy-biologik, psixologik, oilaviy dilemmasi reja



Yüklə 17,35 Kb.
səhifə1/3
tarix13.09.2023
ölçüsü17,35 Kb.
#121841
  1   2   3
XULQI OG\'ISHGANLIKNING TIBBIY-BIOLOGIK, PSIXOLOGIK, OILAVIY DILEMMASI


XULQI OG'ISHGANLIKNING TIBBIY-BIOLOGIK, PSIXOLOGIK, OILAVIY DILEMMASI
Reja:
1. Xulqi og`ishgan bolalar psixologiyasi kursi bo‘yicha umumiy tushuncha
2. Xulqi og`ishgan bolalar psixologiyasi fanining o‘ziga xos jihatlari. Xulqi og`ishgan bolalar psixologiyasi fanining predmeti va maqsadi.
3.“Og`ishgan xulq” tushunchasi.
Foydalanilgan adabiyotlar

1.Xulqi og`ishgan bolalar psixologiyasi kursi bo‘yicha umumiy tushuncha.
Psixologiyada axloq atamasidan tur va inson faolligi darajasi, uning faoliyati, mushohadasi, tafakkuri, muloqoti kabi ko’rinishlari bilan bir qatorda belgilash uchun keng foydalaniladi, Inson axloqi to’g’risidagi ilmiy tasavvurlar XX asrning boshlarida bioxevioristlar uni psixologiya fanining predmeti deb e’lon qilgan vaqtdan boshlab, ayniqsa, shiddatli rivojlanish tusini oldi. Dastlab axloq tushunchasi ostida shaxsning istalgan tashqi kuzatiluvchi, "rag’bat— reaksiya" sxemasi bo’yicha ishlaydigan reakqiyasini (harakatlanuvchan, vegetativ, nutqiy) tushundilar. Empirik ma’lumotlarning to’planish darajasi bo’yicha asnosida inson axloqining tabiati yanada chuqurlashdi. 1931 yilda esa axloq psixologiyasining asoschilaridan biri Djon Uoxon axloq to’g’risida "tuxumni mahsuldor qilish lahzasida dunyoga keluvchi va organizmning rivojlanishi darajasi bo’yicha yanada murakkablashib boruvchi faollikning uzluksiz oqimi" haqida gapirgan edi. Axloqning zamonaviy tushunchasi tashqi rag’batga reaksiyalar to’plami doirasidan ancha chetga chiqadi. Shunday qilib, psixologik lug’atda ko’rsatilishiga axloq "tirik mavjudotga xos bo’lgan, ularning ichki va tashqi faolligi vositasidagi atrof-muhit bilan o’zaro ta’sirdir".
Odamning tashqi faolligi ostida har qanday tashqi ko’rinish: harakat, faoliyat, muomala, mulohaza, vegetativ reaksiyalar tushuniladi. Quyidagilar axloqning ichki tarkibi bo’lib hisoblanadi: motivatsiya va maqsad qo’yish, kognitiv ishlov berish, hissiy reaksiyalar, o’z-o’zini boshqarish jarayonlari. Kelgusi muhokamalarda axloq tushunchasi ostida biz shaxsning individual xususiyatlari va shaxsning tashqi harakat hamda muomalasi shaklida ifodalanuvchi ichki faolligi bilan bog`liq muhitdan kelib chiqqan o’zaro harakati jarayoqatni tushunamiz. Ta’rifga ega bo’lgach, o’rganilayotgan reallikning asosiy belgilarini ajratishga urinamiz. Inson axloqining bir muncha muhim xususiyatlaridan biri - bu uning o’z mohiyatiga ko’ra ijtimoiylashishi va u jamiyatda shakllanadi va amalga oshadi. Inson axloqining boshqa muhim xususiyati - bu uning nutqiy boshqaruv va maqsad qo’yishi bilan mustahkam aloqasi hisoblanadi. Yaxlit olganda insonning axloqi uning ijtimoiylashuvi jarayonini - jamiyatga integratsiyasini aks ettiradi. Ijtimoiylashuv, o’z navbatida, individual xususiyatlarni hisobga olgan holda ijtimoiy muhitga moslashishni ko’zda tutadi.
Moslashuv - individuallashuv jarayonlarining nisbati bo’yicha, shuningdek, jamiyatda shaxs mavqei yuzasidan ijtimoiy moslashuvning quyidagi variantlarini ajratish mumkin:
 radikal moslashuv shaxsning mavjud ijtimoiy hayotda o’zgarishi orqali o’zo’zini ro’yobga chiqarishi;
 gipermoslashuv - shaxsning o’z oliy yutuqlari vositasida ijtimoiy hayotga ta’siri orqali o’z-o’zini ro’yobga chiqarishi;
 uyg’unlashgan moslashuv -shaxsning jamiyatda ijtimoiy talablarga yo’nalishi vositasida o’z-o’zini ro’yobga chiqarshi;
 konformistik moslashuv - individuallikni bostirish, o’z-o’zini ro’yobga chiqarishni birlashishi hisobiga;


Yüklə 17,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə