V. M. Rusalovning "Individuallikni rasmiy-dinamik xususiyatlari so‘rovnomasi"ni savollari xususiyatlari



Yüklə 42,61 Kb.
səhifə1/12
tarix28.11.2023
ölçüsü42,61 Kb.
#136047
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA

MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
FALSAFA FAKULTETI PSIXOLOGIYA YO'NALISHI
JO‘RAYEV O‘TKIRJON TASHPULATOVICH
BITIRUV MALAKAVIY ISHI

Mavzu: INDIVIDUALLIKKA DAXLDOR RASMIY DINAMIK SO‘ROVNOMALARNING PSIXOLIK TAVSIFI


Mundarija:






Kirish

3

I-bob

SHaxsning individual-psixologik xususiyatlarini metodologiyasi

6

1.1.

Individuallik psixologik muammo sifatida

6

1.2.

Individuallikni rasmiy–dinamik xususiyatlarini psixologik tadqiqotlarda o‘rganilishi

15

1.3.

Individuallikni psixodiagnostik metodikalari

20



Birinchi bob bo‘yicha xulosa


23

II-bob.

Individuallikni rasmiy-dinamik xususiyatlariga daxldor so‘rovnomalarning psixologik tavsifi



24

2.1.

V.M.Rusalovning “Individuallikni rasmiy-dinamik xususiyatlari so‘rovnomasi”ni savollari xususiyatlari


24

2.2.

Ya.Strelyau “Temperament tuzilishini o‘rganish” so‘rovnomasi

32

2.3.

Mayers-Briggs tipologik so‘rovnomasi


34



Ikkinchi bob bo‘yicha xulosa


40

III-bob.

Individual-dinamiklikni o‘rganishga doir so‘rovnomlarning tatbiq etish bo‘yicha empirik natijalari



41

3.1.

V.M.Rusalovning “Individuallikni rasmiy-dinamik xususiyatlari so‘rovnomasi” so‘rovnomasi tatibiq etish natijalari


41

3.2.

Ya.Strelyauning Temperament strukturasini o‘rganish so‘rovnomasi


48


Uchinchi bob bo‘yicha xulosa


52



Xulosalar


54



Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati


55



Ilovalar



Kirish


Mavzuning dolzarbligi. Xalqimizning milliy ongi, milliy g‘ururi, milliy iftixori o‘sib, ma’naviy dunyosi kundan kunga boyib bormoqda. Bu esa mustaqil davlatimizning ma’naviy asosini yanada mustahkamlashga imkoniyat yaratib bermoqda. Lekin bundan ma’naviyat sohasida hech qanday muammo yo‘q degan xulosani chiqarib bo‘lmaydi. Bugungi kunda erkin fuqaro ma’naviyati, ozod shaxsni shakllantirish masalasi oldimizda turgan eng dolzarb vazifadir. “Boshqacha qilib aytganda, - deydi Prezidentimiz – o‘z kuchi va imkoniyatlariga tayanadigan, atrofda sodir bo‘layotgan voqea va hodisalarga mustaqil munosabat bilan yondoshadigan, ayni zamonda shaxsiy manfaatlarni mamlakat va xalq manfaatlari bilan uyg‘un holda ko‘radigan, erkin jihatdan barkamol insonlarni tarbiyalashimiz kerak”.
Dunyo miqyosidagi hozirgi ijtimoiy-siyosiy hayot kishilik jamiyati taraqqiyotining ayni bosqichi shunday o‘ziga xos xususiyatga egaki, unda harbiy qudrat emas, balki shaxsning psixologik xususiyatlari, intellektual salohiyat, aql-idrok, fikrlash, yangi texnika va texnologiyalar hal qiluvchi ahamiyat kasb-etadi. Yoshlarni mustahkam irodali qilib tarbiyalash, mustaqil ijodiy fikrlashga o‘rgatish tufayli ular kelgusida o‘z oldilarida vujudga kelishi kutiladigan muammolarni ijodiy ravishda hal qilish orqali xalq xo‘jaligining rivojlanishiga, Respublikamizning ilg‘or texnologiyali jahon davlatlari qatoridan munosib o‘rin egallashiga hissa qo‘shishga erishish mumkin.
Davlat va jamiyat tomonidan yoshlarning, ta’lim muassasalari mutaxassislari hamda ota-onalarning oldiga qo‘yilayotgan vazifalar bevosita psixologiya sohasida yaratilayotgan turli psixodiagnostik metodlar (trening, diagnostika, psixoterapevtik suhbatlar, intervyu, anketa usuli, test usuli)yordamida amalga oshirilishi nazarda tutiladi.
Psixologiya sohasi keyingi 10 yillar mobaynida anchagina rivojlandi. Shuningdek, psixologiya sohasining alohida yo‘nalishlari sifatida psixodiagnostika, psixokorreksiya va trening tarmog‘i ham rivojlandi.
Bularning barchasi jamiyatda shaxsning aniq psixologik xususiyatlarini o‘rganish, ularning yutuq va kamchiliklarini bilish va shunga mos ravishda ta’sir ko‘rsatish uchun imkoniyat yaratadi. Mazkur tatqiqot ish aynan aunday dolzarb muammoni o‘rganishga mo‘ljallanganligi bilan xaraktelidir.

Tadqiqot ishining maqsadi. Individuallikka daxldor rasmiy dinamik so‘rovnomalarning psixologik tavsiflash va ular bo‘yicha empirik ma’lumotlar olish.

Tadqiqot ishining predmeti. Individuallikka daxldor rasmiy dinamik so‘rovnomalarning psixologik tavsiflash jarayoni.

Tadqiqot ishining vazifalari:

Individuallikning metodologik masalalarini tahlil qilish orqali, so‘rovnomalarning xususiyatlarini yoritish.

Individuallikka daxldor rasmiy dinamik xususiyatlarni o‘rganish so‘rovnomalarining psixologik tavsiflash

So‘rovnomalarning namunalari asosida psixologik tadqiqotlar o‘tkazib, ularning empirik natijalarini tahlil qilish.

Tadqiqot ishining ilmiy farazi. Agar individuallikka daxldor rasmiy dinamik so‘rovnomalarni o‘zaro aloqadorlikda tatbiq etishga erishish, shaxsning individuallik xususiyatlarini xolisona baholash imkonini berishi mumkin.

Tadqiqot metodlari va metodikalari.
Individuallikka doir materiallarni analitik tahlil usuli yordamida bag‘olash.

So‘rovnoma va test usullari.

V.M.Rusalovning “Individuallikni rasmiy dinamik xususiyatlari so‘rovnomasi” va Ya.Strelyau “Temperament tuzilishini o‘rganish” so‘rovnomasi

Matematik-statistika usullaridan foydalanish.

Tadqiqotning nazariy-metodologik asoslari. Indviduallikning psixologik mohiyatini yortishga xizmat qiluvchi psixologik konsetspiyalar (Gippokrat, Gallen, E.Krechmer, SHeldon, I.P.Pavlov, V.S.Merlin, K.K.Platonov, B.M.Teplov, V.M.Rusalov va boshqalarning nazariy yondashuvchlari); psixologiya fanining prinsiplari: ong va faoliyat birligi, determenizm, shaxsning tarixiy rivojlanishi tadqiqotning nazariy-metodologik asos sifatida xizmat qildi.

Tatqiqot ishining nazariy ahamiyati.


Tadqiqot ishida shaxsning individual xususiyatlarini diagnostikasi va psixokorreksiyasimuammosining nazariy tahlilida keltirilgan ijtimoiy-psixologik fikrlar yuzasidan to‘plangan materiallar umumiy psixologiya, differensial psixologiya, psixodiagnostika, psixokorreksiya, amaliy psixologiya sohalarini nazariy jihatdan boyitishga xizmat qiladi.

Tadqiqot ishining obekti. Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti, Falasfa, Horijiy filologiya va Geografiya fakultetlari talabalari.

Tadqiqot ishining amaliy ahamiyati. BMI tadqiqoti ishining natijalaridan quyidagi sohalarda foydalanish mumkin.
Psixodiagnostika fanini o‘qitishda qo‘llanma.

Individuallik xususiyatlarini tadqiqot metodikalari sifatida;

Shaxslarning individuallik jihatlarini yoritish holatda, ularning kasbiy faoliyatini tashkil etishda.

Kasbiy saralashda.

BMIning ilmiy yangiligi:
1.Individuallikka daxldor rasmiy dinamik so‘rovnomalarni mahalliy muhitga moslashtirishga harakat qilinganligi.
2. V.M.Rusalov so‘rovnomasining natijalarni qayta ishlash tizimini takomillashtirilganligi.
3. V.M.Rusalov va Yа.Strelyau so‘rovnomalari yordamida o‘zaro aloqadorlikda tatbiq etilganligi.

Tadqiqot ishining tuzilishi.


Ushbu ish kirish, uch bob, sakkiz paragraf, xulosasalar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati hamda ilovalardan tuzilgan.

I-bob. Shaxsning individual-psixologik xususiyatlarini metodologiyasi


Individuallik psixologik muammo sifatida

Ma’lumki, shaxs va uning o‘ziga xosligi, individualligi muammosi hozirga qadar umumiy psixologiya, differensial psixologiya, shaxs psixogiyasi kabi fanlarning bahsbop va qiziqarli mavzusi sifatida ahamiyat kasb etmoqda. Bizningcha, individuallik shaxsning xulq-atvor sifatlari, xarakter sifatlari va ularning dinamikasi, oliy nerv sisitemasi va uning namoyon bo‘lish xususiyatlari kabi masalalarni mazmunan ifodalab, shaxsni tadqiq etishning o‘ziga xos yondoshuvini nazarda tutadi.Individuallik tushunchasi lotincha so‘zdan olingan bo'lib, «individium» ya’ni «bo‘linmas» degan ma’noni anglatadi. Individuallik har bir insonning o‘ziga xos psixik xususiyatli ko‘rinishi bo'lib, u o‘zining xayoti va faoliyati davomida shaxsda sub’ekt sifatida ishtirok etadi va ijtimoiy- tarixiy madaniyatni rivojlantirish uchun xizmat qiladi. U inson psixikasining betakror qobiliyati va extiyojining o‘sishida bir butunlik va yagonalik jarayonlari orqali aniqlanadi. Faqatgina faoliyat jarayonida u jonli narsalar bilan munosabatga kirishish tufayli shakllanib boradi. Aynan individuallik madaniyatning qaytarilmas ifodalovchisi (tarqatuvchisi) bo‘lib qoladi.


Munosabatga kirishish uchun zarur bo‘lgan vositalar qatoriga predmetni, forma (shakl)larni,tilni, bilimni, aqlni va boshqalarni kiritish mumkin. Shaxsning ana shu jixatlari uning individualligini ko‘rsatadi.
Insoni to‘laliligicha o‘rganishda 3 ta manbani ajratish mumkin. Ulardan biri falsafadagi dialektik-materialistik tizimlash prinsiplaridir. U xar bir xodisani qandaydir integral butunlikdan, uni ichidagi ko‘plab elementlar orqali – shartli qandaydir tizim xosil qiluvchi funksiya Bilan bog‘langan deb o‘rgangan.
Inson haqidagi ta’limotni boshqa bir manbaii boshqa aralash fanlarning yutuqlari edi: bioximiya, psixofiziologiya, sotsialpsixologiya. Bu tadqiqotlarda individualikning xususiyatlari o‘rganilib, boshqa alohida fanlarda bunchalik to‘liq yoritilmaydi. Bu tadqiqotlar natijasida yangi tizimli qarash va umumiy nazariya yordamida tartiblararo aloqada har qanday reduksionizmni tushuntirishga yordam berdi. Misol uchun: Differensial psixologiyada, psixofiziologiyada insonning psixik xususiyatlarini, asab tizimi xususiyatlaridan ajratish yoki sotsial psixologiyada shaxs xususiyatlarini; shaxslararo munosabatlardan ajratish kabilar.
Va nihoyat individualikning integral tadqintegralik qotlashning 3 chi manbai – umumiy amaliyotni talab qilishdir. Inson individualigiga taluqli bo‘lgan barcha Amaliy masalalarni hal qilishda samatik xilma-xillikni nerv fiziologik, umumiy psixologik va sotsial psixologik individua xususiyatlarni va ularning o‘zaro bog‘liqligini inobatga olish kerak.
Insonning yuqori ierarxik darajasi va shaxslararo munosabatlar tipik hamda sotsial – tipik darajalaribor. Sotsial – tipik shaxsiy xususiyatlari va shaxslararo munosabatlar sotsial qonuniyatlar rivojlanishiga asoslanadi. Shaxsning sotsial tiplari va individual integral xaraktirestikasining bog‘liqligi ikki taraflamadir.
Birinchidan shaxsning sotsial tipik xususiyatlari inson faoliyatida integral individualik orqali amalga oshadi. Uning yaqqol ko‘rinishini biz faoliyatdagi individual stilda ko‘rishimiz mumkin. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki,individual stil barcha kerakli darajalardagi individual xususiyatlarga asoslanadi: asab tizimi xususiyatlari, temperament, shaxs xususiyatlari, sotsial status. Shu ma’noda individual uslub individuallikning integral xarakteristikasini tushuntiradi.
Individual uslub peshqadam ishchilarda, bilimga chanqoq o‘quvchilarda yaxshi ko‘rinadi. Faqat aktiv munosabatlar orqali inson faoliyati uslubini yaratadi va shu orqali individullikni integralligini mos kelishi, kelmasligini aniqlaydi.
Ikkinchidan individuallik ierarxik darajasi sotsial-tipik sharoitlarsiz vujudga kelmaydi. Bioximik individuallikda qondagi steroitlarni ko‘payib ketishi iqtisodiy va siyosiy xayotdagi sotsial – tipik stresli xolatlar Bilan bog‘liqdir. SHuning uchun individual integrallik xar xil sotsial tiplarga bog‘liqdir.
Biz asab tizimiga va temperament xususiyatlariga tegishli xususiyatlarni taqqosladik. Ular 22 ta sovet va xorijiy tadqiqotchilar tomonidan olingan. (B.M. Teplov, V.D.Nebilitsen, B.G.Ananev, Ayzenk – Grel laboratoriyalaridan olingan.) Ular 30ta asab tizimi xususiyatlariga tegishli ko‘rsatkichlarni va 37 ta temperament xususiyatlariga ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga olishgan. Biz asab tizimi xamda temperament xususiyatlari orasida ko‘plab bog‘liqliklarni aniqladik. Masalan qo‘zg‘alish kuchini xavotirlanish boshqaradi u asab jarayonlarini qo‘zg‘alishi va me’yorlashgan kuchi bilan bog‘liq. Boshqa taraflama qo‘zg‘alish kuchini xavotirlanish xam, reaktivlik xam , ekstroversiya-introversiya xam boshqaradi. Shunday qilib asab tizimi xususiyatlari (neyrodinamik) va temperament xususiyatlari (psixodinamik) individuallik xar xil ierarxik darajalarga qarashlidir.

A.D.Erashenko tadqiqotlarida shaxs xususiyatlari va sotsial status bog‘liqligini o‘rgangan.


Ko‘rib chiqilgan faktlardan quyidgicha xulosa chiqarish mumkin. 1) individuallik integral xususiyatlar orasida xama katta tizimlardagidek matematik tiplar mavjud. 2) Xusuiyatlar xar xil individual integrallardagi ierarxik darajaga taluqlidir: a) asab tizimiga (neyrodinamik), b) temperamentga (psixodinamik), v) shaxslikka, g) guruxdagi va kollektivlardagi sotsial muxitga.

V.D.Nibilitsin va V.M.Rusalov tadqintegralqotlarida asab tizimining oddiy elektroeksefalografik faktor strukturasi aniqlangan.




Yüklə 42,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə