V. M. Rusalovning "Individuallikni rasmiy-dinamik xususiyatlari so‘rovnomasi"ni savollari xususiyatlari



Yüklə 42,61 Kb.
səhifə3/12
tarix28.11.2023
ölçüsü42,61 Kb.
#136047
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
L.I.Bojovich konsepsiyasida har bir ontogeniz bosqichida sotsial vaziyatlar asosida faoliyatning yangi maqsadi va motivlari vujudga keladi. Ular o‘z navbatida shaxsni yangidan xosil qiluvchi determinatsiya tizimi xususiyatlarini anglatadi, tushuntiradi.
Shunday qilib operatsiyalar tizimi yangi individual xususiyatlarni emas, mavjud bo‘lgan xususiyatlar o‘rtasidagi yangi aloqalarni xosil qiladi. Ya’ni individuallikning har xil ierarxik darajalari xususiyatlari asosida xosil qiladi. Ko‘p darajali determinatsiya natijsida individual stil garmoniya xosil qiladi, ya’ni har-xil individuallik darajalarini birlashtiradi. I.X.Pikalov tadqiqotlarida katta maktab yoshidagilarda individual stilni o‘zlashtirishda psixadinamik muloqotsizlik sotsial muloqotni egallash qiyinligini ijobiy kollektivlik yo‘nalganligi disgarmonlashtirgan. SHuning uchun ijtimoiy ishlarda aktiv qatnashish kollektivlik yo‘nalgaligida emas, muloqotmandlikning psixodinomikasida ijobiy qaralgan. Individual stilni izlashtirgandan so‘ng o‘zaro bog‘langanlik umuman teskari xarakterni aks etirdi, bunda esa individual xususiyatlarning garamanizatsiya jarayoni ko‘rina boshlanadi.
Inson individualligi qotib qolgan emas, balki u ijtimoiy-tarixiy rivojlanish xarakteriga ega. Bizga antropologiya fanidan ma’lumki, dastlab inson «homo sapiens» ko‘rinishida bo‘lgan. U ham o‘z individualligini qobiliyati va extiyojlaridan kelib chiqqan xolda rivojlantirgan. Inson avlodi qoldirgan belgilarga nisbatan ham ijtimoiy jamiyatga shaxs individual munosabatini bildirish mumkin. Bola dunyoga kelar ekan u odamlar orasida yashaydi, o‘zaro munosabatga kirishadi. Yangi tug‘ilgan bolani biz individ sifatida ko‘rish imkoniyatiga egamiz. Bola tashqi ta’sirlar yordami bilan o‘zining individualligiga ega bo‘la boshlaydi. Bulardan kelib chiqqan xolda inson individualligiga quyidagicha ta’rif berish mumkin: Insonindividualligi – bu kishining individual rivojlanish sharoiti va turg‘un omillarining birligini qamrab oluvchi ko‘p o‘lchovli va ko‘p darajali bog‘lanishlar, aloqalar sistemasidan iborat.


Yüklə 42,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə