Xulqi og'ishganlikning tibbiy-biologik, psixologik, oilaviy dilemmasi reja


Xulqi og`ishgan bolalar psixologiyasi fanining o‘ziga xos jihatlari



Yüklə 17,35 Kb.
səhifə2/3
tarix13.09.2023
ölçüsü17,35 Kb.
#121841
1   2   3
XULQI OG\'ISHGANLIKNING TIBBIY-BIOLOGIK, PSIXOLOGIK, OILAVIY DILEMMASI

Xulqi og`ishgan bolalar psixologiyasi fanining o‘ziga xos jihatlari.
Xulqi og`ishgan bolalar psixologiyasi fanining predmeti va maqsadi. "Axloq" turidagi tushunchaning barcha ko’rib chiqilgan tavsifnomalari uning "shaxsning og’ishgan xulqi" kabi turiga ham to’la ma’noda taalluqlidir. Xulqi og`ishgan bolalar psixologiyasi fanini o’qitishdan maqsad – talabalarda og`ishgan xulq, uning sabablari va bolalardagai xulqi og`ishganlikni korreksiyalashning o`ziga xos tomonlariga doir bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirishdir. Hozirgi zamon psixologiyasi bilimlarni egallashga va shaxsni shakllantirish muammolariga hamda etnopsixologik bilimlarni egallashga analitik nuqtai-nazardan yondosha olishga yordam beradi. Hammamiz ham deyarli har kuni ijtimoiy istalmagan axloqning turli-tuman ko’rinshlari - tajovuzkorlik, zararli odatlar, qonunga zid
harakatlar bilan to’qnashamiz. Shu kabi muammolar bilan shug’ullanuvchi mutaxassislar ko’p yillardan beri qator savollarga javob izlamoqdalar. Xulqi og’ishgan bolalar psixologiyasi fanining asosiy maqsadi o’quvchilarda shaxs og’ishgan xulqi muammolarining zamonaviy holati haqida ilmiy asoslangan, yaxlit tasavvurning shakllanishiga yordamlashishda ko’rinadi. Og’ishgan xulqni tushuntirish uchun turlicha psixologak konsepsiyalar qimmatini tan olgan holda biz asos kognitiv-axloqiy yondoshuv bo’lgan konsepsiyalarni ustuvor sifatida ajratamiz. Ushbu fanni o’qitish tajribasi shuni ko’rsatdiki, materialni anglashda ba’zi bir qiyinchiliklar mavjud ekan
“Xulqi og‘ishgan bolalar psixologiyasi” o‘quv fanining vazifalari quyidagi masalalarni belgilaydi:
 Ijtimoiy me`yor va ijtimoiy og`ishish;
 og`ishgan xulq determinatsiyasi;
 og`ishgan xulq turlarini tasniflash;
 tajovuzkor axloq; delikvent axloq; tobe axloq; suitsidal axloq to`g`risida o’rganish;
 Xulqi og`ishgan bolalar psixologiyasi fanining predmetini;
 Xulqi og`ishgan bolalar psixologiyasiga oid nazariyalarni;
 Shaxs og`ishgan axloqining psixodiagnostikasini;
 Shaxs og`ishgan axloqining preventsiyasini;
 Shaxs og`ishgan axloqining interventsiyasini;
 Shaxs og`ishgan xulqining psixologik korrektsiyasini;
 Xulqi og`ishgan bolalarning ota-onalari bilan amaliyotchi psixologning faoliyatini taxlil qiladi;
 Shaxs og`ishgan axloqini diagnostika qilish uchun metodikalarni tanlash;
 Xissiy holatlarni korrektsiyalash usullarini qo’llash;
 Ota-onalar bilan konsultativ ishlarni olib borish;
 Shaxs og`ishgan xulqining psixologik korrektsiyalash usullarini ishlab chiqish va amalda qo’llash;
Deviantlik, og’ishgan xulq psixologlar, shifokorlar, pedagoglar, huquqni ximoyalovchi organlar xodimlari, sotsiologlar, faylasuflarda jonli qiziqish uyg’otib kelgan. Og’ishgan xulq mavzusi sohalararo va munozarali xarakterga ega. Atamaning "ijtimoiy me`yor" tushunchasi bilan bog’liqligi muammoni ko’p marotaba murakkablashtiradi, chunki me`yorning chegaralari o’ta shartli, insonda esa barcha ko’rsatkichlar bo’yicha absolyut me`yorning o’zi mavjud emas. Yondoshuvlarning turli-tumanligi shaxs xulqini og’ishganligini tashxis qilish, uni profilaktikasi hamda ijtimoiy-psixologik yordam ko’rsatish davomida bartaraf etish kabi amaliy vazifalarni yechishda ham ko’zga tashlanadi. Birinchidan, "og`ishgan xulq" tushunchasining ko’p ma’noliligi va bu bilan bog’liq bo’lgan terminologik chalkashliklar. Ikkinchidan, har birimizning ichki dunyomizga xos bo’lgan shaxsiy ozodlik ehtiyoji va jamiyatning cheklashlari orasidagi qarama-qarshilikdir. 4.“Og`ishgan xulq” tushunchasi. Og’ishgan xulq fenomeni mavjudligining o’zi "ozodlik yoki zaruriyat" dilemmasi faktini tasdiqlaydi, hatto jamiyatning umidlariga qarshi har bir odamning shaxsiy tanlovchi predmeti hisoblanadi. Yana bir ma’lum murakkablik shundaki, og’ishgan xulq muammosi bo’yicha ma’lumotlarni turli fanlar, masalan, sotsiologiya, tibbiyot, xuquq, psixologiya, pedagogikadan izlash lozim bo’ladi. Mavjud bo’lgan adabiyotlar, qoidadagidek, yoki o’ta ixtisoslashtirilgan, yoki o’ta ommaviy xarakterga ega. Og’ishgan xulq psixologiya bo’yicha adabiyotlar unga ta’sir qilishning samarali texnologiyalari ozligi kabi shubhasiz, yetishmaydi. Ushbu qismning asosiy vazifasi "shaxsning og’ishgan xulqi" tushunchasini ta’riflash hisoblanadi. Tushunchani ta’riflash -uning mazmunini ochish, ya’ni mavjud belgilar to’plamini ajratish demakdir. Ta’rifning birinchi bosqichi tur orqali tur tushunchalarining hajmi bo’yicha aniqlanayotgan tushunchani bir muncha keng yoritishdir.
Og’ishgan xulq - bu, avvalo, shaxs axloqining allaqanday shakli, albatta, unga insoniy axloqning barcha xususiyatlari xos, biz ham o’z taxlilimizni aynan shuni ko’rib chiqishdan boshlaymiz. Dеviаnt vа kriminаl хulq ko’p bоsqichli ijtimоiy jаrаyonlаr vоsitаsidа sаqlаnib turаdi. Dеviаnt hоdisаlаrning fаqаt individuаl muаmmоlаrigа to’хtаlib, jinоyat хulqining ijtimоiy sаbаblаrini ko’rsаtmаslik to’g’ri bo’lmаydi. Rоbеrt Mеrtоnning fikrichа hоzirgi istе`mоlchilik jаmiyatidа ko’pchilik оdаmlаr nimа qilib, bo’lsа hаm dаrоmаd, istе`mоl vа muvаffаqiyatgа intilishаdi. Jаmiyat tоmоnidаn inkоr qilingаn, tаn оlinmаgаn, chеtgа surib qo’yilgаn оdаmlаr uchun bu mаqsаdlаrgа qоnuniy yo’l bilаn еtish judа оg’ir. Shuning uchun ulаr muvаffаqiyatgа kriminаl yo’l bilаn erishishgа chоg’lаnishаdi, yoki shungа mаjbur bo’lishаdi. Bundаy оdаmlаr kаmоmаd qilishаdi, аldаshаdi, yoki tаlаshаdi, qisqаsi qоnun yo’li bilаn оlishlаri mumkin bo’lgаn nаrsаgа jinоyat yo’li bilаn egа bo’lishаdi.


Yüklə 17,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə