Estetikaning predmeti, maqsadi va vazifalari. Estetikaning asosiy kategoriyalari. Tabiat va texnogen sivilizatsiya estetikasi


Fojeaviylik va kulgililik tushunchalari



Yüklə 75,56 Kb.
səhifə9/26
tarix17.05.2023
ölçüsü75,56 Kb.
#110815
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   26
7-Mavzu. Estetika. (1)

Fojeaviylik va kulgililik tushunchalari
Fojeaviylik muammosi har doim falsafiy-estetik tafakkur sohiblarining e’tiborini jalb qilib kelgan. Deyarli barcha buyuk ijodkorlar yaratgan asarlarda fojeali ohanglar mavjud. Masalan, o‘zbek adibi Maqsud Shayxzodaning «Jaloliddin Manguberdi» va «Mirzo Ulug‘bek» asarlarida fojeali ohanglar boshdan oxiriga qadar sezilib turadi. Mazkur dramalar maxsus fojea asari sifatida yaratilmagan bo‘lsa ham, aslida, fojeali ohanglar ularda ustivor darajada ifodalangan. Shayxzoda kabi ijodkor fojealilik ruhida voqelikni idrok etishga moyildir. San’atning turi namoyon bo‘ladigan fojeali to‘qnashuvlar, qiyofalar, vaziyatlarni eng to‘la va chuqur badiiy in’ikos etish ehtiyojidan kelib chiqadi. Sofoklning fojeiy asarlari, Shekspirnikidan qanchalik farqlanmasin, ular o‘rtasida umumiylik bari–bir mavjuddir. Har qanday fojea zaminida alohida fojiali to‘qnashuv yotadi va uning eng muhim tomoni ko‘lamlilik va ijtimoiy ahamiyatga molikligidir.
Hegel fojealilikni mohiyatli kuchlar to‘qnashuvining natijasi, deb biladi. Chunki, bu to‘qnashuvlar kurashining qanday tugallanishi pirovardida insoniyat istiqboli, taqdiri bilan bog‘lanib ketadi. Bu hol fojia san’atining falsafiy jihatdan eng hajmli turiga aylantiradiki, unda ijodkorga hayotning insoniyatni butun tarixi davomida hayajonlantiradigan tub masalalarni o‘z oldiga qo‘yib, hal qilish imkonini beradi. Fojea qahramoni ko‘pincha ijobiy tusda tasvirlanadi, u o‘z davrining ijobiy orzu-umidlari, u yoki bu qirralarini o‘zida mujassamlashtirgan kuchli, yorqin, ulug‘vor shaxsni namoyon etadi. Lekin fojea to‘qimasida boshqa turdagi qahramonlar kam aks ettirilgan bo‘lib, o‘z taqdirlari bilan tomoshabinda o‘ta ziddiyatli his–tuyg‘ular qo‘zg‘aydi. Ularning mudhish kirdikorlari, sodir etayotgan yovuzliklari insonda qat’iy norozilik, hatto nafratlanishni vujudga keltirishi bilan bir qatorda ularning qilmishlariga achinasan, qabih, jirkanch sharoit ta’siriga tushib, ular o‘zlaridagi go‘zal insoniy fazilatlardan begonalashganligini anglaysan.
Fojeaviylikning san’atdagi ravnaqi Uyg‘onish davridan ko‘zga tashlana bordi. Bu vaqtda abadiy ko‘ringan feodal munosabatlar zamini yemirila boshlagan edi. Bu davrga kelib, insonga munosabat tubdan o‘zgardi, xissiyotli voqea–hodisalarga nisbatan e’tibor bilan nazar tashlaydigan, insonni ulug‘laydigan, uning cheksiz imkoniyatlarini kuylaydigan insonparvarlik estetikasi qaror topdi... Uyg‘onish davriga kelib fojeiy asarlar yangi tarixiy vaziyatni, qadimgiga nisbatan boshqa shaxs mavqeini ifodalaydi. Agar avvallari fojeada shaxs hali o‘zini jamiyatdan ajratmagan va shuning uchun u yoki bu axloqiy g‘oya–ideal namoyondasi sifatida amal qilgan bo‘lsa, Uyg‘onish davri fojeasida shaxsiy ehtiros va iroda bosh ohang sifatida jaranglaydi: tarki dunyo azobidan, o‘rta asr tabaqaviy cheklanganligidan ozod bo‘lgan inson o‘z irodasini, o‘zligini o‘rnatishga unga hali ham qarshi turgan voqelik bilan to‘qnashadi, boshqa odamlarning orzu va intilishlari bilan muqarrar kurashga kirishadi. Bu yerda qismat va taqdirga endi o‘rin qolmaydi, fojea manbai–insonning o‘zi, uning yer kurrasidagi hayoti, o‘z maqsadi sari intilayotgan odamlar to‘qnashuvi, ular boshqalarga va o‘zlariga nisbatan sodir qiladigan yovuzliklardir. Shunday ziddiyatli qarama–qarshiliklarga boy Uyg‘onish davri fojeasining eng to‘la, badiiy qudratli ifodasi Shekspir ijodida o‘z aksini topgan...
San’atda fojea va fojeiy qahramon obrazini ifodalash qo‘yidagi jihatlar bilan belgilanadi:
– fojeiy asar hayot va ijtimoiy aloqalarni qamrab olishi va real tasvirlashi;
– inson shaxsini to‘laqonli ravishda ifodalashi;
– davrining yorqin insonparvar orzulari bilan axloq qoidalari o‘rtasidagi to‘qnashuvning natijasini yoritishi;
– ma’naviy jasorat, g‘ururli, erkparvar inson timsolini yaratishi;
– insoniy idealga intilish va unga bo‘lgan ishonchning mustahkamligi.
San’atdagi fojeaviylik insoniyat va jamiyatning doimiy hamrohi va umr yo‘ldoshi bo‘lishi mumkin degan ilmiy taxminlar anchagina. Chunki u o‘z orzularini ro‘yobga chiqarish uchun intilishi, kurashi doimo obyektiv tarixiy zaruriyat bilan to‘qnashadi. Insoniyat taraqqiyotining u yoki bu bosqichda uning muqarrar tarzda imkoniyatlari tarixiy cheklanganligi san’atda fojeali ohanglar tug‘ilishiga bitmas–tuganmas zamin vazifasini o‘taydi.
Shuning uchun ham ilg‘or tafakkur doim hayotni o‘zlashtirish, o‘lim havfini qisqartirish haqida o‘ylab kelgan. O‘lim qayg‘usidan farqli o‘laroq fojiiy qayg‘u–iztirobning maxsus bo‘lib, ulug‘vorlikning barbod bo‘lishi bilan bog‘liq: u–hayotning yo‘qolishi yoki ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan tarixiy voqelikning barbod bo‘lishidir. Estetik qayg‘urish esa bu yerda yo‘qotishning o‘ziga xos turi sifatida namoyon bo‘lib, u iztirobli qayg‘uning konkretlashuvidir.
Fojiaviylik estetika kategoriyalari orasida ulug‘vorlik bilan qator yaqinlikka ega. Haqiqiy ulug‘vorlik fojiaviylikning davomi, desak mubolag‘a qilmagan bo‘lamiz. Shu bois estetikasida fojiaviylik kategoriyasining ulug‘vorlik kategoriyasidan keyin o‘rganilishi bejiz emas. Ulug‘vorlikning barcha xususiyatlari fojiaviylikning ham u yoki bu ko‘rinishi orqali namoyon bo‘ladi. Fojiaviylik mezoniy tushunchasining estetikasidagi markaziy muammosi–insonning imkoniyatlarini har tomonlama kengaytirish (san’at, badiiy adabiyot, jamiyat va tabatga nisbatan munosabatda), qahramonlik, buyuklik tushunchalarining qat’iy va o‘zgarmas chegaralarini buzib, uning mohiyatini yanada yaqinlashish, tashabbuskor va bunyodkorlikni rag‘batlantirish, hayotda umidvorlik va unga muhabbat tuyg‘ularini rivojlantirishdan iboratdir. Fojeiy qahramon kelajakka yo‘l tashlaydi, u eskirgan chegaralarni daf etadi. U doimo insoniyat kurashining oldida yuradi.
Fojeaviylikning yana bir xususiyati shundaki, u insonga borliqning mazmunini ochib berishda yaqindan ko‘mak beradi. Shaxs rivoji jamiyat va insoniyat o‘rtasidagi munosabatga bog‘liq ekanligini, jamiyat taraqqiyoti inson hisobiga emas, balki inson va inson orqali rivojlanishi zarurligi bevosita fojiaviylik tushunchasi orqali yanada konkretlashtiriladi. Bu esa pirovardida inson va insoniyat muammolarini insonparvarlik yo‘li bilan xal etishga olib keladi. Fojiaviylikda jamiyat va insoniyatning ezguligini himoya qiluvchi xususiyat mujassam. Mahmud Torobiy qo‘zg‘aloni natijasiz tugashi, uning o‘zi esa fitna qurboni bo‘lishi ajdodlarimiz qismatidagi fojiadir. Mahmud Torobiy g‘anim qo‘lida emas, o‘z qavmidan chiqqan–nurga emas, zulmatga talpingan kaltabin johil Olovxon Yusuf qo‘lida halok bo‘ladi. Biroq, Torobiy timsolidagi fojia xiyonat, sotqinlik,diyonatsizlik, zulm va zo‘ravonlik boshidan kechirgan va unga qarshi kurashgan millat, xalq va Vatan fojiasidir. Yoki istiqlol muqaddas tutgan, o‘lkaning milliy, diniy zaminidagi taraqqiyot uchun kurashgan va xalq orasidagi g‘oyat katta mavqega ega bo‘lgan jadid ma’rifatchilarining fojiasi ham jamiyatni to‘qimtabiat «muhabbat»dan xalos etishning natijasi edi.
Fojiaviylik kategoriyasining falsafiyligi shundaki, u:
– insoniy fazilatlardagi yo‘qotilgan narsalarning o‘rnini qoplab bo‘lmasligini ko‘rsatib beradi;
– abadiyatga daxldor shaxslarni tavsiflaydi va baxolaydi;
– sodir bo‘lgan voqea–hodisaning yakuniga qarab qahramon xarakterining ochib beradi;
– dunyo manzarasi va inson hayotining mazmuni bo‘yicha falsafiy mushohada qilishga undaydi;
– man etilgan tarixiy zidditlarni fosh etadi;
– tushkunlik xolati va qayg‘u tuyg‘ularini paydo qilsa–da, Ayni paytda tantana va quvonch, hayotdan umidvorlik, hayotga muhabbat xislarini ham yuzaga keltiradi.
– odamlarni yovuzlik, qabohat va ma’naviyatsizlikdan forig‘ qiladi.

Yüklə 75,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə