Estetikaning predmeti, maqsadi va vazifalari. Estetikaning asosiy kategoriyalari. Tabiat va texnogen sivilizatsiya estetikasi



Yüklə 75,56 Kb.
səhifə11/26
tarix17.05.2023
ölçüsü75,56 Kb.
#110815
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   26
7-Mavzu. Estetika. (1)

Hazil–mutoyiba. Kulgililikda hazilning o‘rni beqiyos. Hazil insonlarni fikrlashga, so‘zlarni o‘rinli qo‘llashga, qiziqarli iboralar bilan fikrni bayon etishga undaydi. Hazilning qo‘pol ko‘rinishi masxara hisoblanadi. Kinoya, piching, kesatiq so‘zni hazil orqali ifodalashda muhim vositalardir.
Kulgililik estetikaning murakkab mezoniy tushunchalaridir. Agar go‘zallik, ulug‘vorlik va fojiaviylik ham tabiatda, ham jamiyatda, ham insonda namoyon bo‘lsa, kulgililik faqat inson va jamiyatga xosdir. Kulgi muayyan konkret shaxs yoki holatga yo‘naltirilgan bo‘ladi, u kishining eng og‘riq nuqtasiga, kamchiligiga boradi. Bundan tashqari, kulgi o‘zining samimiyligi, beg‘uborligi va demokratik xususiyatga ega ekanligi bilan ham ahamiyatlidir.
Kulgililik rassomlikda, adabiyotda, kino va teatrda oshkora, yaqqol ko‘rinadi. Musiqada esa kulgililik bir qadar kamroq namoyon bo‘ladi. Cholg‘u musiqasidagi kulgililikni idrok etish uchun tinglovchi tayyor bo‘lishi lozim.
Kulgililikni aks etirmaydigan yagona san’at turi bu–me’morchilikdir. Qiyshiq, besunaqay bino insonga xizmat qilmaydi. U tomoshabinga ham, u yerda yashaydiganga ham falokat olib kelishi mumkin. Me’morlik jamiyat ideallarini to‘g‘ridan–to‘g‘ri aks ettirar ekan, biror nimani tanqid ham inkor ham etolmaydi, bevosita kalaka ham qila olmaydi.
Kulgililik–yuksak taraqqiy etgan tanqidnining ibtidosini o‘zida namoyon qiladi. Kulgi – tanqidning estetik shaklidir. Kulgi tabiatiga ko‘ra tabaqalanishga qarshi, mansab va amal oldida bo‘yin egmaydi. Kulgi tengsizlik, zo‘ravonlik, manmanlik, amalparastlik, nodonlikning barcha shakllariga qarshi ko‘rishuvchi buyuk kuch sifatida maydonga chiqadi. Abdulla Avloniyning «Hajviyot»idagi «Ko‘rning uzri», «Bir munofiq tilidan», «Bilimsiz oliftalarga», «Haqiqiy ma’nosi», «Dangasaman», «Soqovraport» kabi maqolalarida asrimiz boshida xalqimiz ahvoli to‘g‘ridan–to‘g‘ri kulgi ostiga olinadi. Yoki buyuk adib Abdulla Qahhor ijodida shunga mos misollar talaygina Masalan, yaxshilikni bilmaydigan yozuvchilar to‘g‘risida «Bu odam» to‘nkarilib qolgan to‘ng‘izga o‘xshaydi, o‘nglab qo‘yadiganlarning qo‘lini sasitadi». Jurnal yoki gazetani o‘z saviyasiga moslab olgan muharrirlar to‘g‘risida bunday deydi: «Redaksiya eshigini o‘z bo‘yiga moslab qurib olgan, katta yozuvchilar bu eshikka sig‘maydi». Talantsiz yozuvchilar to‘g‘risida «Mana bu odam ko‘chadan o‘tib keta turib oyog‘i toyib soyuz eshigining ichkarisiga yiqilgan. Xaligacha chiqib ketmaydi.» va h.k.
Xajviya–jamiyat, inson faoliyatidagi illatlar va ularning oqibatlari, olam mukammalligi va inson ideallariga nomuvofiq kelishini ko‘rsatib beruvchi kulgi turidir. Lekin mashara, mazax kabi kulgi turlari ham borki, ular estetik tarbiya vositasi bo‘lolmaydi. Aksincha, ular mohiyatan insonni qoralashga, uni hafa qilishga, obro‘sizlantirishga qaratilgan bo‘ladi. Bu kulgining o‘ta ziddiyatli va g‘ayriaxloqiy ko‘rinishidir. Shu bois mashara fisqu–fasodning muqaddimasi sanaladi. Mazah qilish ibosiz so‘z bilan insonga daxl etmoq demakdir. Mazah qilish, kalaka qilish, o‘zganing ustidan, jismoniy kamchiligidan kulish masharaning real voqelikdagi ko‘rinishlaridir.
Kulgililikning barcha shakllari ular qanchalik erkin namoyon bo‘lish imkoniyatlariga ega bo‘lib borsalar, shunchalik ko‘p ahamiyat kasb etadilar. Rivojlangan hazil tuyg‘usi, hayotning kulgili tomonlarini nozik ilg‘ab olish va fahmlash qobiliyati rivojlanib borgan sari shaxsning ma’naviy–ruhiy sog‘lomligi hamda barkamolligi yuksalib boraveradi.
Umuman olganda, estetikaning tushunchalari (kategoriyalari) doimiy hamkorlikda mustahkamlanib boradi. Ayniqsa, bu jarayonda go‘zallik kategoriyasi bog‘lovchilik vazifasini bajaradi. Shuning uchun fojiaviylikda, ulug‘vorlikda, hunuklikda ham go‘zallik unsurlarining uchrashi bejiz emas



Yüklə 75,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə