Pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi



Yüklə 1,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/28
tarix25.08.2023
ölçüsü1,19 Mb.
#120906
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
BLI Nodira



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 
ALISHER NAVOIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT 
 O‘ZBEK TILI VA ADABIYOTI UNIVERSITETI HUZURIDAGI 
PEDAGOG KADRLARINI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING 
MALAKASINI OSHIRISH TARMOQ MARKAZI 
 
“Himoyaga tavsiya etaman” 
ToshDO‘TAU huzuridagi PKQTUMO
 tarmoq markazi direktori 
____f.f.d., prof. Z.I.Mirzayeva 
2021- yil “______”___________ 
 
“O‘zbek tili filologiyasi: o‘zbek adabiyotshunosligi” yo‘nalishi tinglovchisi 
Xolmaxmedova Nodira Dilshodjonovnaning 
“O‘TKIR HOSHIMOV ASARLARIDA MILLIY RUH MAVZUSINING 
BADIIY TALQINI” (LITERARY INTERPRETATION OF NATIONAL 
SPIRIT IN THE WORKS OF UTKIR KHOSHIMOV) 
mavzusidagi 
BITIRUV LOYIHA ISHI 
 
 
Ilmiy rahbar: f.f.d., dots. D.Xoldorov
 
 
 
 
Toshkent – 2022 


ANNOTATSIYA 
Milliy qadriyatlar ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan, ming-ming yillar 
davomida shakllanib, sayqal topib kelayotgan har bir xalqning o‘ziga xos belgisi 
hisoblanadi va u xalqning o‘zligini anglashda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu 
bois, yosh avlod tarbiyasida badiiy adabiyotda milliy ruhning ask etishi tadqiqi 
muhim ahamiyat kasb etadi. Badiiy adabiyotda tasvirlanuvchi inson qalbi va 
ongida ro‘y berayotgan evrilish va o‘zgarishlarning sir-sinoatlarini, sabab-
oqibatlarini, ularning jamiyat ravnaqi va zamondosh kamolotidagi o‘rnini, 
binobarin, shularni yuzaga chiqaruvchi yozuvchi mahoratini siyosat va mafkura 
emas, umumbashariy, insonparvar mezonlar va milliy qadriyatlar asosida, badiiy 
ijodiyotning ichki qonuniyatlariga asoslanib o‘rganish, tadqiq etish bugungi 
adabiyotshunoslikning dolzarb vazifalaridan biri bo‘lib kelmoqda.
Ushbu bitiruv loyiha ishida O‘tkir Hoshimov asarlarida o‘zbek xalqining 
qadimiy an’ana, urf-odatlari, qadriyatlari tasvirida ijodkor mahorati xususida 
nazariy fikrlar yuritilgan holda uni o‘qitishda ta’lim jarayonini sifatli tashkil etish, 
talabalar ongida bilim, ko‘nikma va malakalarni singdirishda yangicha 
yondashish usullari, qahramonlar ma’naviy dunyosida milliylik, muallif ijodiy 
niyatlarining badiiy tajassumini, obrazlar tizimi hamda milliy qadriyatlar, milliy 
ruhiyat va milliy qiyofalar talqinini yaxlitlikda ochib berish, yozuvchi asarlari 
orqali o‘zbek adabiyotining ayrim milliy o‘ziga xosliklarini ko‘rsatish kabi 
masalalar to‘g‘risida mulohaza yuritilgan.
Bitiruv loyiha ishi 60230200 – Tarjima nazariyasi va amaliyoti (ingliz tili) 
yo‘nalishi 2-bosqich bakalavr talabalariga “O‘zbek adabiyoti” fanini o‘qitishda 
ta’limga innovatsion yondashuv, ma’ruza, seminar va amaliy mashg‘ulotlar 
mavzularini ilg‘or pedagogik texnologiyalar asosida samarali o‘rgatish 
muammolarini yechishga qaratiladi. 



Yüklə 1,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə